Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari.
Abu Ali ibn Sino (980, 8-1037-18,6) jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan mashhur entsiklopedist olim, tabiatshunos, faylasuf, astronom, matematik, muzikashunos, huquqshunos, axloqshunos, fiolog, yozuvchi va shoir, O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini, O’rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Evropa Avetsena nomi bilan mashhur.
U 980 yil avgustda Buxoroning Afshona qishlog’ida tug’ilib, asosiy bilimni Buxoroda oladi. Juda ziyrak, o’tkir qobiliyati bilan ajralib turadi. U yosh bo’lishiga qaramay, falsafa, tabiat ilmini tezda o’rganadi. U yoshligidan tabib, hakim bo’lib tanildi. 999 yil qaroxoniylar Buxoroni egallaganidan keyin 1000 yilda Buxorodan chiqib ketdi. Xorazmda ko’p olimlarni birlashtirgan «akademiya» ga bordi. Beruniy bilan hamkorlikda ishladi. Bu davr uning ilmiy kamolotiga yanada ta’sir ko’rsatdi. 1019-21 yillarda Hamodonda vazir lavozimida ishlaydi. 280 dan ortiq ilmiy asar yozgan, bizgacha faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan. Ayniqsa, «Kitob ul-insof», «Donishnoma» asarlari dunyoga mashhurdir. XVII asrga qadar Evropa mamlakatlarida meditsinaning asosiy qo’llanmasi bo’lib xizmat qilgan 5 kitobdan iborat «Qonun» asarini alohida ko’rsatish mumkin. Ibn Sino meditsinani turli sohalarini boyitdi, turli kasalliklarning sababini aniqladi, yangi dori-darmonlar topdi.
Ibn Sino tilshunoslik, poeziya nazariyasi, muzikashunoslik va boshqalar bilan ham shu-ullanadi. «Arab tili», «SHe’r to’g’risida kitob», «Muzika haqida risola» kabi asarlar yaratdi.
Asarlari: «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Donishnoma» va boshqalar.
Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari:
Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir.
U fanlar tavsifi haqida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini ko’yadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va amaliy guruhga bo’ladi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritgan.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib aktabda o’kitish zarurligini ko’rsatadi va ta’limda kuyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib ko’ymaslik; 2) ta’limda engildan qiyinga ori shorkali bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |