2-Mavzu: sharq uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi sharq uyg‘onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji mashg’ulot rejasi



Download 38,74 Kb.
bet3/7
Sana26.06.2022
Hajmi38,74 Kb.
#707121
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-ma`ruza m

Didaktik qarashlari:

  • Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.

  • U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.

  • Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.

  • Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.

Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.
O’rta Osiyoning emas, balki umuman Yaqin va O’rta sharqning mashhur mutafakkirlari bo’lgan Abu Nasr Forobiy IX-X asrlarda iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar ko’chaygan, feodal to’qnashuvlar avj olgan. Turli ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi kurashlar keskinlashgan, davrda yashadi va ijod etdi.
Abu Nasr Forobiy yashab ijod etgan davrda O’rta Osiyo arab xalifaligiga bo’ysundirilgan edi. Bu davrda hindchadan, forschadan va grekchadan turli ilmiy va falsafiy, badiiy asarlar arabchaga tarjima qilindi. Galen, Gippokrat, Ptolomey, Evklid, Aristotel kabi qadimgi grek olimlarining asarlari tarjima qilindi. O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida halifalikka bo’ysundirilgan xalqlarning boy madaniyati ta’sirida tabiatshunoslik ilmlarining yutug’i va ig’or grek falsafasi ta’limoti ta’sirida original va progressiv ijtimoiy-falsafiy oqim vujudga keldi.
Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar.
Pedagogik qarashlari:

  • Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.

  • Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilhomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.

  • Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.

  • Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi.

Abu Nasr Fo,robiy o’z davridagi barcha ilmlarni ilg’or madaniy yutuqlarni o’zlashtirib, ular asosida orginal ijtimoiy-siyosiy va falsafiy sistemasini olg’a surgan, ta’lim-tarbiya sohasida ham ko’p ilg’or fikrlarni aytib o’tgan, zamonasining mashhur faylasufi, etuk olimi edi.Forobiyning ilmiy biografiyasi yaratilmagan, uning xayot yo’li haqida biror maxsus asar yo’q.Forobiyning to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon ibn O’zlik bo’lib, u 260 hijriyda, ya’ni 873-874 melodiy yilda hozirgi Toshkentning g’arbiy-shimolida, Ares suvining Sirdaryoga qo’yiladigan erda Farob (so’ngroq O’tror) degan joyda tug’ilgan. Abu Nasr boshlang’ich ma’lumotini o’z yurtida oladi, so’ng o’qishini davom ettirish uchun markaziy shaharlarga jo’naydi. U Samarqandda, Buxoro, Marv, Rey shaharlaridan o’tib, Bog’dodga boradi.Bu davrda arab halifaligining markazi Damashqdan yangi qurilgan Bog’dod shahriga ko’chirilgan va Sharqning madaniyati va markazlaridan biriga aylangan edi. Forobiy bilim olish maqsadida diniy tafofud va e’tiqodga e’tibor bermay, arab, fors, grek,xristian olimlaridan ta’lim oladi. Farobiy muallimlari va ustozlaridan ayrimlarining nomi manbalarda saqlanib qolgan. U meditsina va mantiq ilmini Xirron shahriga borib, xristian vrachi Yuxanna ibn Xaylan Kunnoidan, hikmat va grek ilmini xristian Abu Bashar Maytodan o’rganadi. U ayniqsa, nazariy ilmlar mantiq, matematika, nazariy meditsina va falsafaning umumiy masalalari bilan qiziqdi. Forobiy ayniqsa grek falsafasini, xususan, Aristotelning asarlarini izchil va chuqur o’rganib chiqadi. Bog’dodda u arab tilini va boshqa tillarni o’rgandi. X asrga kelib arab halifaligining markazi Bog’dod juda notinch bo’lib qoldi. Qo’zg’olonlar feodal urushlari avj oldi. Farobiy Bog’doddan Damashqqa bordi. Manbalarda umumiy Xalab va Misr shaharlariga borganligini ham hikoya qilinadi. Ba’zi manbalarda Farobiyning O’rta Osiyoga kelib ketganligi ham qayd etiladi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda Said-ud-Davla saroyida zamonasining elkparvar shoiri va mutafakkiri Mutannabiy bilan birga o’tkazdi va 339 hijriyda ya’ni 950 melodiy yilda vafot etdi. Manbalarda uning Damashqda ko’milganligi ko’rsatiladi. Forobiy asarlarining umumiy soni 100 bilan 120 nom atrofida faraz qilinar edi.
1950 yilda Farobiy vafotining 1000 yilligi munosabati bilan Farobiy haqida Turkiyada chiqqan maqolalarda birining avtori Ahmad Otash Farobiyning 152 ta asari bo’lganligini nomma-nom sanab o’tadi.
Ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumot va fikrlar har doim ma’lum metodologiyaga, dunyoqarash sistemasiga falsafaga asoslanadi. Bu nazariy asoslari bilan olam haqidagi falsafiy ta’limot hamda va insonning ruhiy hayoti haqidagi ta’limotdan iboratdir. Forobiyning ruhiy protsesslari haqidagi ta’limoti, ya’ni psixologiya ilmining rivojlanishiga qo’shgan hissalari uning falsafiy ta’limoti bilan uzviy bog’langan. Forobiy ta’limoticha to’rt element-olov, tuproq, suv, havo ya’ni sodda substantsiyalarning o’zaro aralashuvi, qo’shiluvi protsessida murakkab substantsiyalar vujudga keladi.
Forobiy o’simlik, hayvon va insonga oid bo’lgan xususiyat va qobiliyatlarni bir butun holda quvvat deb atab, uni o’sish quvvati, hayvoniy quvvat va insoniy quvvat deb 3 ga ajratadi. Hozirgi ilmiy termenologiya bo’yicha, Farobiyning quvvatlari haqidagi klassifikatsiyasini organizmdagi protsesslarni biologik, fiziologik-psixik va fikrlash protsesslariga ajratish deb tushinmoq lozim. Biologik protsess barcha tirik organizmga fiziologik-psixik protsess hayvonlarga aqliy intelektual protsess, ong faqat insonlargagina xosdir. Farobiyning inson va uning psixikasi haqidagi fikrlari, «Ideal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Jism va agtsidentsiyalarning shakllariga qarab bo’linishi», «Shaharlardan», «Hikmat ma’nolari», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi qator asarlarida bayon etilgandir.
«Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida bilimlarni o’rganish tartibi birma-bir sanab o’tiladi.
«Bundan keyin,-deb davom etadi Farobiy-insonni o’rganishga kirishamiz va shuning natijasida insonning kim va qanday narsa ekanligini bilib aniqlab olamiz. Shundan keyin biz insonning kamolotga erishuviga sabab bo’lgan narsalarni o’rganishga boshlaymiz. Bu narsalar esa xayri-ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlar bo’lib, bu fazilatlarni insonni shu kamolotga erishuvidan mahrum qiladigan salbiy xislatlarni o’rganish yo’li bilan ajratib olamiz. Bu salbiy xislatlar har turli yomon odatlar, nuqsonlar va bema’ni hatti-harakatlardir. Biz bu yomon hulq-atvor, bema’ni hatti-harakatlarning o’zi bilan tanishib chiqamiz».
Forobiy «Ixso al-ulum» (Ilmlarning tartibi) asarida ham o’rta asrda ma’lum bo’lgan barcha ilmlarni sanab o’tar ekan, madaniy ilmlarni, ya’ni insonning ijtimoiy hayoti to’g’risidagi ilmlarni barcha boshqa ilmlardan, grammatika, logika, matematika (falsafa) ilmlaridan so’ng tahlil qiladi va xarakterlab beradi. U barcha ob’ektiv reallikdagi narsa hodisalarning vujudga kelish tartibi, materiyaning rivojlanish tartibi asosida tartibga solib chiqishga harakat qiladi.
«Aql va nafs»,-deb yozadi Farobiy. «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida» degan risolasida,-o’zining cheksiz kamoloti bilan borliqda inson bilan gavdalanadi, ammo bu boshlang’ichlar odamzotning shu tabiiy boshlang’ichlar ta’siri ostida kamol topib, insonga aylanishi uchun kifoya qilmaydi. Chunki inson inson bo’lib, insoniy kamolotga erishuvi uchun so’zlash va kasb-hunarga muhtojdir.
Inson bilimi, umumiy dunyoqarashning o’zgarishida tarbiyaning rolini ta’kidlab, Forobiy «Ixso al-ulum» asarida bunday deydi: «Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmaydi va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar noo’rin ko’rinadi ... U bilim va tajribaga ega bo’lganidan so’ng, fikri o’zgaradi, noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi».
Forobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan uning ikki tomoniga-aqli-axloqiga (xulq-atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya, uning fikricha insonni aqliy tomonidan ham etuk, mukammal kishi qilib etishtirishga qaratilmog’i lozim: demak, ta’lim-tarbiyaning bir-biridan vazifasi-jamiyat talablariga to’la-to’kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. Farobiyning «Ideal shahar aholisining fikrlari» hamda «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolalarida shular to’g’risidagi fikr yuritiladi, bu risolalar aqliy va axloqiy jihatdan etuk, ideal insonlar etishtirish va etuk, ideal insonlardan iborat ideal jamiyat vujudga keltirish vazifalarini bayon qilish bilan yakunlanadi.
Forobiyning insonning ma’naviy jihatdan etuk va mukammal bo’lib etilishi zarur bo’lgan tarbiya turlari, xususan jismoniy-tarbiya, aqliy intelektual tarbiya, estetik va axloqiy tarbiya haqidagi fikrlarga alohida to’xtalib o’tishdan avval uning umuman ijobiy insoniy xislatlari nimadan iborat ekanligi, bu xislatlarni tarbiyalash usullari, tarbiya etiladigan insonning fazilatlari to’g’risidagi fikrlarni ko’rib o’tish lozim. Forobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida xususan pedagogika, ta’lim-tarbiyaning vazifasi va metodlariga oid qimmatli fikrlar juda ko’p. Bu fikrlardan ma’lum xulosalar chiqarishdan avval Farobiy pedagogikasi haqida ma’lum darajada izchil tasavvurga ega bo’lish uchun ulardan ayrimlarini to’liq keltirishni lozim ko’rdik.
Forobiy insoniy quvvatlar va ularning vujudga kelishi hamda bunda tarbiyaning ahamiyati haqida to’xtab bunday deb yozadi: fikriy fazilat yordamida sodir bo’ladigan narsa kashf ixtirosining sifatida qarab, o’ta ketgan foydali va go’zal bo’lishi mumkin. Chunki odatda, go’zal va manfaatli ish-harakatining o’zi ham yaxshi fazilatdir, o’ta ketgan foydali narsa esa g’oyatda go’zal hamdir.
Mana bu fikriy fazilat madaniy (ya’ni ijtimoiy) fikriy fazilatdir.
Fikriy quvvat ham qismlarga bo’linadi, masalan, fikriy fazilat natijasida vaqti-vaqti bilan bir yangilik yoki eng go’zal va foydali biron narsani kashf etuvchi quvvat mana shu quvvatlar jumlasidandir.
Insonda ma’lum kasb-hunar fazilati raislik qiladi va bu mazkur san’at (yoki kasb-hunar) shunday san’atki, uni yuzaga chiqarish uchun unga muvofiq tushadigan hamma narsa ish-harakatni demak, hamma san’atlarda bo’ladigan usul va harakatlarini qo’llamasdan ilojimiz yo’q. Demak, bu san’at barcha san’atlarning boshlig’i, kasb-hunar fazilatlari ichida eng kuchlisi, quvvatda ham boshqa hamma san’atlarning kuchlirog’i. Uni amalga oshirishga yordam beruvchi tug’ma fazilat esa quvvatda hamma tug’ma fazilatlarning eng zo’ri va kattasidir.
Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish tajriba bilan amalga oshiriladi, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan, ish-harakat, kasb-hunarga o’rganishidir. Agar ular shu kasb-hunarga berilgan bo’lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni kasb-hunarga butunlay jalb etsa, demak, ular shu kasb-hunarni chinakamiga egallaydilar.
Ikkinchi yo’l (yoki usul)-majbur etish yo’lidir. Bu usul gapga ko’nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlariga nisbatan ishlatiladi. Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emaslar.
Odamlarga tarbiya berish usuli ikki turli bo’ladi. Avvalgi usul-san’atni o’z ra-batlari bilan o’rganuvchilarga ishlatiladigan usul. Ikkinchi usul esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa muallim bo’lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usulidan foydalanadi».
Tarbiyalanuvchining xarakteri, hohish, intilishlarga, ruhiy mayllarigaqarab ta’lim-tarbiya yo asta-sekin tushuntirish, anglatish yo’li bilan olib boriladi, yoki majburiy etish, chora ko’rish, mo’ljallangan maqsadga bo’ysundirish va unga yo’naltirish yo’li bilan olib boriladi. Bu har ikki metod ham bir maqsadni-etuk va mukammal inson etishtirishni nazarda tutadi. Forobiyning ta’lim-tarbiya metodlari haqidagi fikrlari bu bilangina chegaralanmaydi.
Forobiy hatto muallim va shogird-o’quvchi o’rtasidagi munosabatning nimaga asoslanishi va qanday bo’lishligi haqida ham fikr yuritadi va etuk inson tarbiyalab etishtirishning eng natijali yo’lini qidiradi.
Forobiyning «Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida» risolasidagi quyidagi fikrlar bu jihatdan e’tiborga loyiqdir:
«... Muallim shogirdga nisbatan o’ta hokimlikka ham, bo’shlikka ham yo’l qo’ymasligi lozim, chunki o’ta hokimlik shogird muallimga nisbatan nafrat uyg’otadi, agarda shogird muallimning bo’shligini sezsa, unda muallimga va uning o’qiyotgan ilmiga nisbatan sovish va mensimaslik paydo bo’ladi».
Insonni har tomonlama mukammal qilib etishtirish unda ijobiy xislatlar tarbiyalash shu yuqorida ko’rsatilgan yo’llar yordamida salbiy xislatlarning ta’siriga qarshi kurash natijasida amalga oshiriladi.
Fogobiy fikricha «O’zida o’n ikki tug’ma xislatni-birlashtirgan» kishigina axloqli odam bo’la oladi.

  • (Birinchidan), bunday odamning barcha organlari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo’lishi zarurki, u bu organlari bilan bajarmoqchi bo’lgan ishlarni osonlik bilan amalga oshira olsin;

  • (Ikkinchidan), barcha masalani, muhokama va mulohazani tezda va to’g’ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan;

  • (Uchinchidan), xotirasi juda baquvvat bo’lsin, ko’rgan, eshitgan, sezgan narsalarning birortasini ham esidan chiqarmay yodda saqlab qoladigan bo’lsin;

  • (To’rtinchidan), zehni tez va o’tkir bo’lsin;

  • (Beshinchidan), so’zlari aniq bo’lsin, fikrini va aytmoqchi bo’lgan mulohazalarni ravon va ravshan bayon eta olsin;

  • (Oltinchidan), bilish va o’qishga muhabbati bo’lsin;

  • (Ettinchidan), ovqatlanishda, ichimlik iste’mol qilishda ochko’z bo’lmasin, tabiati qimor o’yinlarini o’ynashdan yiroq bo’lsin;

  • (Sakkizinchidan), haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo’lsin, yolg’on va yolg’onchilarga, nafrat bilan qaraydigan bo’lsin;

  • (To’qqizinchidan), ruhi g’ururli va o’z vijdonini qadrlaydigan bo’lsin;

  • (O’ninchidan), dirham, dinar va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin;

  • (O’n birinchidan), o’z tabiati bilan adolatli va adolat uchun kurashuvchilarni sevadigan, adolatsizlikka hamda jabr-zulm o’tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin;

  • (O’n ikkinchidan), adolatli bo’lsin va qaysar bo’lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib o’zbilarmonlik qilmasin, jasur bo’lsin, qo’rqish va ojizlikni bilmasin.

  • Forobiy bu fazilatlar ichida ayniqsa donolikka, aqllilikka katta e’tibor beradi. Forobiy estetik tarbiya haqida qimmatli fikrlar ilgari so’radi. «Muzika to’g’risidagi katta asar» kitobida muzikaning kishilar hayotidagi rolini asoslab beradi. Estetik zavqlanishning ruhiy jismni salomatlikni saqlashdagi tutgan o’rnini ko’rsatishga harakat qiladi.

  • U mehnat tarbiyasi va kasbiy tarbiyaning kishining hayotidagi o’rnini ulug’lab uni «fazilatlarning raisidir» deb baholaydi: «Insonda ma’lum kasb-hunar fazilati raislik qiladi»-deb yozadi. «Endi insonning kasb-hunar va san’atdagi fazilatiga kelsak, bu fazilat tug’ma emasdir». Bu ikki yo’l bilan, ya’ni ta’lim va tarbiya yo’li bilan hosil qilinadi.


Download 38,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish