Uchinchi bosqich – sun’iy faol tuyish.
Tekshiriluvchi asta-sekinlik bilan o’ng qo’lining ko’rsatkich barmog’i bilan shaklning konturini bir necha marta aylantirib ko’radi. So’ngra idrok qilingan shaklni chizib beradi.
To’rtinchi bosqich – faol tuyish.
Tekshiriluvchi bir qo’li bilan unga tavsiya etilgan shaklni paypaslab ko’radi va idrok qilingan shaklni chizib beradi.
Beshinchi (taqqoslash uchun) bosqich – bimanual (ikki qo’l bilan) tuyish.
Tekshiruvchi tekshiriluvchiga shaklni berib, uni ikki qo’l bilan paypaslab ko’rishga ruxsat beradi. Bunda tekshiriluvchiga uni tuyish jarayonida o’zini qanday his qilganligini, o’ng va chap qo’li ko’proq qanday xususiyatlarni bilayotganligini aytib turadi. So’ngra idrok qilgan shaklini chizib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |