Shahar hududini vazifasiga ko‘ra mintaqalash
Shahar hududini vazifasiga ko‘ra mintaqalash har qanday aholi joyining strukturasini belgilovchi vazifalarini 5 ta asosiy toifaga bo‘lish mumkin: yirik savdo markazlari, mehnat maishiy ishlar, jamoat hayoti, dam olish, ular o‘z navbatida kommunikatsiyalar tizimiga birlashadilar. Jumladan-transport, tizimi–odamlar va yuklarni bir joydan, ikkinchi joyga olib borishga xizmat qiladi, muhandislik tizim-ular orqali energiya va axborot yuboriladi. Bu vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan mintaqalarning tashkil etilishi va makonda o‘zaro joylashuvi ularning har birini amalga oshishi uchun, boshqasi tashkillashtiriladigan muhit ma’lum vazifani zararli ta’sirini yo‘qotish orqali eng yaxshi sharoit taminlanishi lozim. Bunda tizimdagi aloqalarning taminlovchi kommunikatsiya uzunligining minimal darajada bo‘lishiga intilish kerak.
Vazifa bo‘yicha mintaqalash – bu shahar hududini foydalanish tavsifiga ko‘ra, ya’ni vazifasiga ko‘ra differensatsiyalash.
Vazifalarni shaharsozlik bo‘yicha toifalash va ular uchun ma’lum mintaqalar barpo etish g‘oyasi XIX asr va XX asrlar orasida yuz berdi. Uni birinchi marta fransuz me’mori Toni-Garne «Sanoat shahri» eksperimental loyihasida (1901-1904) shakllantirdi. Bu loyihada mehnat qilish joyi, yashash va dam olish joyi uchun kommunikatsiyalar bilan bog‘langan (shunisi ham borki, transport harakat qiladigan yo‘llar, piyodalardan ajratilgan) aniq chegaralanagan hududlar ajratilgan.
Vazifalash bo‘yicha mintaqalash tamoyili zamonaviy shaharsozlikda ham qabul qiligan. Uning nazariy asoslarini Le Karbyuze 1933 yilda bo‘lib o‘tgan me’morlarni xalqaro uchrashuvi materiallari bo‘yicha yozilgan «Afina xartiyasi» kitobida yoritib bergan.
Shahar hududi vazifasiga va foydalanish tavsifiga ko‘ra mintaqalarga bo‘linadi:
Seliteb - turar joy tumanlarini, jamoat markazlarini (ma’muriy, ilmiy, o‘quv, tibbiyot, sport va boshqalar), umumiy foydalanadigan ko‘klamzorlarni joylashtirish uchun;
Sanoat - sanoat korxonalari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlarni, tramvay depolari, trolleybus va avtobus parklarini va shu kabi boshqa ob’ektlarni joylashtirish uchun;
Tashqi-transport transport vositalari va inshootlarini (yo‘lovchi va yuk stansiyalari, portlar, pristanlar va boshqalar) joylashtirish uchun;
Aholining dam olish joylari-sport va sport-sog‘lomlashtirish majmualari, madaniyat va istirohat bog‘lari, o‘rmon parklari va obodonlashtirilgan suv havzalarini joylashtirish uchun;
Sanitariya–himoyalash - atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlardan (sanoat korxonalari, transport vositalari va inshootlari) va mintaqalardan himoyalovchi ko‘kalamzorlar va ochiq makonlar hosil qilish uchun;
Shu bilan birga katta va yirik shaharlarda umumshahar jamoat markazi mintaqasi ham ajratiladi (kichik va o‘rtacha shaharlarda bu markaz seliteb mintaqaga kiradi).
Ilmiy yo‘nalishdagi shaharlarda asosiy mintaqalar soniga ilmiy-tekshirish va o‘quv institutlar, konstruktorlik byurolari, kurort shaharlarda esa davolash-sog‘lomlashtirish va ularga bog‘liq bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar, bog‘lar, parklar, cho‘milish joylari va boshqalar joylashadi.
Shaharlarga yondashuvchi hududlarda mikroiqlimni va havo havzasini yaxshilash uchun kerak bo‘lgan yirik ko‘kalamzorlarga, ommaviy dam olish joylarga, hamda shahar massivini keyinchalik o‘sishi uchun rezerv sifatida saqlanuvchi joylarga ega bo‘lgan shahar-atrof mintaqasi tashkil etiladi.
Shaharning istiqbolda o‘sishi uchun (30-40 yil) ko‘zda tutilgan rezerv-hududi shahar chegarasiga qo‘shilish lozim va bo‘lishi ko‘zda tutiladigan o‘zgarishlarda nazoratga olish kerak.
Shahar atrof mintaqasi chegarasini shahar va qishloq ahlining ma’muriy chegaralarini, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalarning o‘zaro bog‘liq ravishdagi taraqqiyotini hisobga olgan holda aniqlanadi. Joylashuvning shakllantirilayotgan guruhli tizimiga kiruvchi shaharlar uchun, umumiy shahar atrof mintaqasi ko‘zda tutilmog‘i lozim.
Funksional mintaqalarni shakllantirish va ularga ob’ektlarni joylashtirish tartibi KMK 2.07.01-94 da ko‘rsatilgan.
Mintaqalarning o‘zaro joylashuvi sanoat tavsifiga, shahar o‘lchamiga va mahalliy, muayyan sharoitga bog‘liq.
Seliteb mintaqalar shaharning quruq, balandlik, ko‘kalamzorlashtirilgan va suv mintaqasiga nisbatan shamolga qaragan tomonda va daryo oqimi bo‘yicha yuqorida joylashtirish kerak.
Sanoat mintaqalarini relefi sokin va temir yo‘l magistraliga yoki suv yo‘llariga yaqinroq joylashtirish lozim.
Transport mintaqalari shaharning seliteb va boshqa mintaqalarini kesib o‘tmasligi lozim. Ular sanoat bilan qulay bog‘langan bo‘lishi kerak. Yo‘lovchi vokzallar shaharning me’yordagi hayotiga halal bermasligi, va shu bilan birga uning barcha nuqtalari bilan qulay aloqasi bo‘lishi kerak.
Dam olish mintaqalari relefi murakkab, past-baland qurilish uchun noqulay bo‘lgan joylarda, ko‘m-ko‘k massivlarda va suv havzalari yaqinida joylanishi maqsadga muvofiq. Ularni shahar chekkasiga yaqinroq, ammo qulay transport aloqasini hisobga olgan holda joylashtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |