2-mavzu: Sayyoramizdagi global ekologik muammolar.
Reja:
Ekologik krizis. Energetik muammolar.”Issiqxona” effekti va uning oqibatlari. Iqlim o’zgarishining asosiy sabablari. Issiqxona gazlari.
Iqlimning global o’zgarishida antropogen va tabiiy omillarning roli. Iqlim o’zgarishi rivojlanishining senariylari.
Iqlim o’zgarishining ijtimoiy-ekologik va iqtisodiy oqibatlari.Iqlim o’zgarishini yumshatishda adaptatsion mexanizmlarning roli.
Tayanch so‘z va iboralar: “Issiqxona” effekti, muammo, krizis, antropogen omoi, tabiiy omil, regional, global, lokal, ozon, tinchlik va qurolsizlanish, ekologik, demografik, energetik, iqlim, biologik, cho‘llashish.
Ekologik muammo deganda insoning tabiatga kursatayotgan ta’siri bilan boglik xolda tabiatning aks ta’siri, ya’ni uning xayotida xujalik axamiyatiga molik bulgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan boglik xar kanday xodisa tushiniladi. Ekologik muammolarni 3 guruxga ajratish mumkin:
1. Umumbashariy (global)
2. Mintaqaviy (regional)
3. Maxalliy (lokal)
1977- yilda M. L Budikoning «Global ekologiya» nomli risolasi nashr etildi. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, muallif o'zining ilmiy qiziqishlariga ko'ra, global ekologik muammolarning iqlimiy yo'nalishlariga katta e'tibor beradi. Holbuki, ona sayyoramizning resurslari miqdori, tabiiy muhit ifloslanishining global ko'rsatkichlari, kimyoviy elementlarning o'zaro ta'sirida global aylanishlar, kosmosning erga ko'rsatadigan ta'sirlari, atmosferadagi ozon «qalqoni»ning holati, butun kurrayi zaminning yaxlit bir organizm sifatida faoliyat ko'rsatishi masalasi va boshqalar ham o’ta muhim global muammolar qatoriga kiradi. Ayni yo'nalishdagi har qanday tadqiqotlar esa dunyo miqyosidagi xalqaro hamkorliklarni taqozo etadi.
XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko‘p va murakkab muammolar vujudga keldiki, ularning asosiy qismi ta’sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko‘ra global muammolar nomini oldi.
Butun dunyoni qamrab olgan, insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, echimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb ataladi.
Global muammolar aholi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot va atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar natijasidir. Global muammolar, birinchidan — jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga tansir ko‘rsatuvchi; ikkinchidan — iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talafotlarga, inqirozlarga sabab bo‘luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga ham xavf soluvchi; uchinchidan — yechimini topishda umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni, barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab etuvchi muammolardir.
Global muammolarning soni taxminan o‘ntadan qirq-elliktagacha boradi. Lekin shularning ichida asosiy, eng muhim integral muammolarning soni o‘ntadan oshmaydi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi.
2. Tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish muammosi.
3. Ekologik muammo.
4. Demografik muammo.
5. Energetik muammo.
6. Xomashyo muammosi.
7. Oziq-ovqat muammosi.
8. Dunyo okeanidan foydalanish muammosi.
9. Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish global muammolarning eng muhimidir. Mazkur muammoning dolzarbligi dunyo siyosiy xaritasida qoloq mamlakatlar soni va salmog‘ining kattaligi hamda mavqeining sezilarli holda oshganligi bilan bog‘langan.
Hozirgi vaqtda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foizga yaqini qoloq hisoblanadi. Shularning 3/4 qismi Afrikada, 1 tasi Janubiy Amerikada va qolgani Osiyoda joylashgan. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.
Urush va tinchlik muammosi XX asr ikkinchi yarmining deyarli 40 yili mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim muammosi bo‘lib kelgan. 80- yillarning ikkinchi yarmi va 90- yillarda dunyo siyosiy xaritasida bo‘lib o‘tgan chuqur va miqyosli o‘zgarishlar G‘arb bilan Sharq o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan global yadro urushi xavfini amalda yo’q bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bunday holat ushbu xavfni tarqatuvchi mamlakatlar Rossiya va AQSH hamda NATO davlatlarida harbiy-siyosiy sohada aniq amaliy tadbirlarni hayotga tatbiq etish bilan bog‘langandir.
Hozirgi vaqtda global ekologik tizimning degradatsiyalanishi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Ushbu jarayonni shartli ravishda uch tarkibiy qismga: 1) ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda tabiatdan foydalanish oqibatida atrof-muhitning degradatsiyalanishi; 2) atrof-muhitni inson faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishi; 3) atrof-muhitni ushbu chiqindilar bilan «zaharlanishi»ga bo‘lish mumkin.
Demografik muammo global muammolarning eng muhimi hisoblanadi. Fan –texnika tarahiyoti sanoat, qishloq xo‘jaligi va tibbiyotdagi barcha yutuqlar kompleksidan iborat ekanligi sababli “ Demografik portlashni” vujudga keltiradi. Natijada hozirgi vaqtda aholining yillik o‘sish sur’ati 2% dan oshdi. 1974 yil yer yuzi aholisi minutiga 150 kishiga yoki sutkasiga 216 ming kishiga ko‘paygan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra jahon aholisining soni 5,2-5,3 mlrd. kishidan iborat. BMT mutaxasislarining hisobiga ko‘ra aholi soni 2000 yilda 6,4 mlrd. kishidan ortdi.
Tabiiy resurslarning iste’mol hajmi ortib bormoqda. Masalan, 1970 yilda tabiiy boyliklarining jon boshiga iste’mol hajmi 1940 yilga nisbatan 2,5 barobar ortdi, 2005 yilga kelib, bu kishi boshiga 35-40 tonnaga yetdi. Hozirgi vaqtda insoniyatning xo‘jalik ehtiyojlari uchun yiliga daryolar suvining taxminan 13 foizi foydalaniladi.
Ushbu muammolar rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori darajada tug‘ilish va tabiiy ko‘payish bilan, rivojlangan mamlakatlarda esa juda past darajadagi tug‘ilish va tabiiy ko‘payish bilan bog‘langan. Buning oqibatida birinchi guruh mamlakatlarida aholi va mehnat resurslari soni tez o‘smoqda, ikkkinchi guruh mamlakatlarda esa aholi va mehnat resurslari soni past sur’atlarda o‘smoqdaki, ular murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Global ekologik muammolar:
Iqlimning o‘zgarishi;
Ozon tuynuklari muammosi;
Kislotali yomg‘irlar;
Dunyo okeanining ifloslanishi;
O‘rmonlar maydonining qisqarishi;
Cho‘llashish;
Biologik xilma-xillikni kamayishi:
Atmosferaning dimiqishi.
“Atmosferaning dimiqishi” xodisasi keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO2 miqdori ortib borayotganligi ma’lum bo‘lib qoldi. Natijada yer yuzasining xarorati 100 yil ichida 0, 5 - 1,0 OC ga ortdi. Iqlimning keng kulamda uzgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotransportlardan chiqayotgan gazlar bilan bog‘liq. Er yuzasining global isishi ya’ni “Atmosferaning dimiqishi” SO2 ning xavo tarkibida ortib ketishi, o‘rmonlarning kesilishi, toshko‘mir va benzin kabi yokilgilarni yonishidan atmosferada to`planadigan SO2 gazi tufaylidir. Ana shunday zaylda axvol o‘zgarmasa XXI asrga kelib yer yuzasining xarorati 1,5-4,5OC ga ortishi mumkin. Natijada:
1. Iqlimning o‘zgarishi ayniqsa, cho‘llanish jarayonining kuchayishi;
2. Yog‘ingarchilikni o‘zgarishi.
3. Geografik zonalarni siljishi.
4. Dengiz va okeanlar satxini ortishi.
5. Muzliklarni erishi va kamayishi xamda boshqa xodisalar kuzatiladi.
Nazorat savollari:
Ekologik krizis deganda nimani tushunasiz?
Energetik muammolar haqida nimalarni bilasiz?
”Issiqxona” effekti va uning oqibatlari haqida tushuncha bering.
Iqlim o’zgarishining asosiy sabablari nimada deb bilasiz?
Iqlimning global o’zgarishida antropogen va tabiiy omillarni sanang.
Do'stlaringiz bilan baham: |