Uskunalarni yuklanish koeffitsienti ham uskunalardan vaqt bo`yicha foydalanishni tavsiflaydi. Smenalilik koeffitsientidan farqli ravishda,
mahsulotning mehnat sig`imini hisobga oladi. U mazkur uskunada tayyorlangan barcha mahsulotlar mehnat sig`imining uning ishlash vaqti fondiga nisbati orqali aniqlanadi. Mazkur misolda ushbu koeffitsient quyidagicha bo`ladi:
Kyuk= =0,72
Uskunadan integral foydalanish koeffitsienti uskunadan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffitsientlarining ko`paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo`yicha band bo`lishini (foydalanilishini) kompleks xarakterlaydi.
Bizning misolimizda Keks q 0,71 va Kint q 0,8 bo`lganligi tufayli, uskunadan integral foydalanish koeffitsienti quyidagiga teng bo`ladi:
Kintegr= Keks*Kint=0,71*0,8=0,57
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning umumiy va qiymat ko`rsatkichlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, avvalo fond qaytimi haqida to`xtalib o`tish kerak. U asosiy fondlar birligiga (qiymati bo`yicha) to`g`ri kelgan mahsulot ishlab chiqarishni xarakterlaydi.
U mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumning (V) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi:
Fk = ;
Mahsulotning fond sig`imi - fond qaytimiga teskari qiymat bo`lib, quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Fs= ;
Fond sig`imi kapital qo`yilmalari (investitsiyalar)ni tejash yoki ko`paytirish bilan uzviy ravishda bog`liq bo`ladi. Masalan, mahsulot fond sig`imi pasayib, uning ishlab chiqarish hajmi doimiy yoki o`suvchi bo`lganda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish sharoitlari yaxshilanadi, demak, kapital qo`yilmalarini tejash uchun imkoniyat tug`iladi. Uni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ek = Fe x V
Bu yerda:
Ek – kapital qo`yilmalarni tejash, so`m;
Fe – hisobot yilida mahsulot fond sig`imining o`tgan yildagiga nisbatan o`zgarishi, so`m.
Har bir korxona o`z tasarrufidagi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan iloji boricha unumli foydalanishga intilishi lozim. Bunga fondlarni ish bilan tahminlashni yaxshilash tufayli ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish hajmini oshirish, nisbiy xarajatlarni kamaytirish, foydani oshirishdan tashqari asosiy fondlarda jamiyatning o`tmishda narsa holiga aylangan mehnati mujassamlanganligi ham zaruriyat tug`diradi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo`nalishlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;
uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish;
bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
ta`mirlash va profilaktika tadbirlarini o`z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;
uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan tahminlashni yaxshilash.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Asosiy fondlar nima va ularning kengaytirilgan ishlab chiqarishdagi roli qanday?
2. Asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasi deganda nima tushuniladi hamda ularning sanoat tarmoqlari bo`yicha farqlanishiga nima sabab bo`ladi?
3. Zamonaviy amortizatsiya siyosatining mohiyati va ahamiyati nimada?
4. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning ekstensiv va intensiv ko`rsatkichlari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |