2-Mavzu: Rangli va foto printerlarni Plotterni nusxalovchi aparatni, faksni qo`llanishi



Download 1,66 Mb.
bet53/57
Sana03.04.2022
Hajmi1,66 Mb.
#526621
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Pereferiya maruza

BLUETOOTH HAQIDA
Blutus(bluetooth) bu haqda ko'p gapiramiz lekin uning o'zi qachon paydo bo'lgan ekan. Blutus (Bluetooth) mobil qurilmalarni bir-biriga simsiz ulash vositasi. Bu texnologiya 10-100 m. masofadan radio to`lqinlari yordamida ma`lumot almashish imkoniyatini yaratadi. Bluetooth inglizchadan "Ko`k tish" ma`nosini anglatib, qadimgi Daniya qiroli Harold I ko`k tish laqabi nomiga qo yilgan. Texnologiyaga blutus nomining berilishi bejiz emas. Aslida u qadimgi tarix bilan bog`liq. 900- yillarda Daniyada Harold I Gormsson podsholik qilgan. U qorachadan kelgan, juda baquvvat, kelishgan, iymonli (Daniyadagi butparast xalqqa xristianlikni joriy qilgan) podsho bo lgan. Qabiladoshlari o`z tillarida uni Blatand qorachagina deb chaqirishgan. Harold I o`zining afsonaviy yurishlari, skandinav xalqlarini birlashtirishi bilan jahon tarixiga kirgan. Ingliz tarixchilari skandinav qirolining nomini Bluetooth (ingl. blue - ko`k, tooth - tish) deb qadimgi yozuvlarda qayd qilishgan. Shunday qilib, qorachagina ko`k tishga aylanib qolgan. skandinavia Skandinaviya xaritada 1994 yilda shvedlar kompaniyasi Ericsson skandinav xalqlarining o`tmishini eslagan holda, afsonaviy qirol Harold I Blutus nomini tiklash maqsadida yangi ixtiro qilinayotgan loyihaga Bluetooth nomini bergan. 1998 yilda Ericsson , Nokia , IBM , Toshiba va Intel kompaniyalari birlashib, mobil qurilmalarni simsiz bog`lash texnologiyasini yaratishga qaror qilishadi, 1999 yilda esa Bluetooth1.0 texnologiyasi ro`yobga chiqadi. Hozirda qo`l telefonidan boshqa apparatlarga ma`lumot yuborish muammo emas. Quloqqa taqib yuradigan qo`ng`iz -eshitgich, simsiz sichqonchalar, maishiy jihozlarni boshqarish blutus qurilmalari yordamida insonlar faoliyatini yanada qulaylashtirib boryapti. Masalan, mobil qurilmalari yordamida aqlli uylar ning darvozasini ochib-yopish, konditsioner, kir yuvish mashinalarini boshqarish. Harold Blutus Skandinaviyani birlashtirgandek, Bluetooth texnologiyasi dunyoning 4 000 yaqin kompaniyalarini birlashtirib, umumjahon
“Blutus – ko’k tish” g’oyibona aloqa
Maqolalar February 18, 2009
B lutus (Bluetooth) mobil qurilmalarni bir-biriga simsiz ulash vositasi. Bu texnologiya 10-100 m. masofadan radio to’lqinlari yordamida ma’lumot almashish imkoniyatini yaratadi. Bluetooth– inglizchadan “ko’k tish ma’nosini anglatib, qadimgi Daniya qiroli Harold I – “ko’k tish” laqabi nomiga qo’yilgan.
Texnologiyaga blutus nomining berilishi bejiz emas. Aslida u qadimgi tarix bilan bog’liq. 900-yillarda Daniyada Harold I Gormsson podsholik qilgan. U qorachadan kelgan, juda baquvvat, kelishgan, iymonli (Daniyadagi butparast xalqqa
xristianlikni joriy qilgan) podsho bo’lgan. Qabiladoshlari o’z tillarida uni “Blatand” – “qorachagina” deb chaqirishgan. Harold I o’zining afsonaviy yurishlari, skandinav xalqlarini birlashtirishi bilan jahon tarixiga kirgan. Ingliz tarixchilari skandinav qirolining nomini “Bluetooth” (ingl. “blue” – ko’k, “tooth” – tish) deb qadimgi yozuvlarda qayd q ilishgan. Shunday qilib, “qorachagina” – “ko’k tishga” aylanib qolgan.

Skandinaviya xaritada


1994 yilda shvedlar kompaniyasi “Ericsson” skandinav xalqlarining o’tmishini eslagan holda, afsonaviy qirol Harold I Blutus nomini tiklash maqsadida yangi ixtiro qilinayotgan loyihaga “Bluetooth” nomini bergan.
1998 yilda “Ericsson”, “Nokia”, “IBM”, “Toshiba” va “Intel” kompaniyalari birlashib, mobil qurilmalarni simsiz bog’lash texnologiyasini yaratishga qaror qilishadi, 1999 yilda esa “Bluetooth 1.0” texnologiyasi ro’yobga chiqadi.
Hozirda qo’l telefonidan boshqa apparatlarga ma’lumot yuborish muammo emas. Quloqqa taqib yuradigan “qo’ng’iz”-eshitgich, simsiz sichqonchalar, maishiy jihozlarni boshqarish blutus qurilmalari yordamida insonlar faoliyatini yanada qulaylashtirib boryapti. Masalan, mobil qurilmalari yordamida “aqlli uylar”ning darvozasini ochib-yopish, konditsioner, kir yuvish mashinalarini boshqarish.
Harold Blutus Skandinaviyani birlashtirgandek, “Bluetooth” texnologiyasi dunyoning 4 000 yaqin kompaniyalarini birlashtirib, umumjahon tarakkiyotiga katta xissa qo’shib kelmoqda.
TransferJet texnologiyasi
23.03.2010 — Muallif: Sharofiddin Abasxanov
Rukn: Texnologiya


Sony korporatsiyasi kelajakda simsiz ma’lumotlarni uzatish qurilmalari bozori qismini egallash maqsadida o‘zinining TransferJet texnologiyasini namoyish etdi. TransferJet to‘g‘ridan-to‘g‘ri W-USB va Bluetooth 3.0 texnologiyalarining raqobatchisi hisoblanadi. TransferJet simsiz interfeys orqali ma’lumotlarni 560 mbit/s tezlikda uzatish xususiyatiga egadir Bu qurulmani audio va video texnolgiyalarda, uyali aloqa tizimlarda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan.


Sony korporatsiyasi bu texnologiyani portativ qurilmalar orasida ma’lumotlar almashish uchun ishlab chiqqan, biroq texnologiya qayta ishlab chiqilib o‘zining hozirgi holatiga kelgunga qadar, bu qurilmaga jahonning yetakchi grant korporatsiyalaridan takliflar tushgan edi.
Jumladan Samsung, Toshiba, NTT DoCoMo, Kodak, Canon, Nikon, Panasonic, Sharp, Olympus, Pioneer va Sony Ericsson shular jumlasidandir. Hozirgi paytda TransferJet texnologiyasini qo‘llaydigan quyidagi CXD3267AGG va CXD3268AGW chip turlari sotuvdadir [Viktor Demidov «Mobilnye sistemy», 51, 2009 god].
TransferJet chiplari 4, 5 GGs chastota oralig‘ida ishlaydi, bu bilan turli xil turdagi ma’lumotlarni 375 mbit/s dan 560 mbit/s gacha uzatish tezligi imkonini beradi. Lekin bu texnologiyaning kamchiligi shundaki, ma’lumot uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi masofa 3 sm dan kam bo‘lishi kerak emas. Bu kamchilikni ustun taraflari ham bor, ya’ni qurilmalar orasidagi masofa kamayishi bilan qurilma tok manbaining tejalishi, ulanish jarayonining intuitiv oddiyligini ko‘rsatishimiz mumkin.

TransferJet texnologiyasi standartiga mansub bo‘lgan W-USB texnologiyasi bilan solishtiradigan bo‘lsak, quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz:


W -USB yordamida kompyuter perifiriyasiga ulanishni vujudga keltirish uchun qo‘llanilsa, TransferJet multimedia-kontentlari bilan ishlashga mo‘ljallangan.TransferJet texnologiyasini qo‘llanilganda uni alohida bir uzatish nuqtasiga to‘g‘rilash shart emas. Faqatgina uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi masofa texnologiya standarti bo‘yicha bo‘lishi zarur. TransferJet turli xil elektron qurilmalarda universal interfeys vazifasini ham bajaradi.
Agar W-USB, Bluetooth 3.0, TransferJet qurilmalarining qulayliklari va kamchliklarini o‘zaro taqqoslaydigan bo‘lsak, quyidagilarni bilish mumkin:
• W-USB, Bluetooth texnologiyalari uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi masofasi uch metrdan oshmagan holatda ma’lumot uzatish tezligi (nazariy jihatdan) 480 mbit/s tezlikda bo‘la oladi.
• Transferjet texnologiyasida esa bu tezlik, albatta, masofasi uch santimetrdan oshmagan holda 560 mbit/s ga ega.
TransferJet qurilmasi yuqorida keltirilgan texnolgiyalardan faqat tezlik bilan ustivorligi bilan cheklanmay, quyidagi ustunliklarga ega:
• ma’lumotlarni shifrlash extiyoj yo‘qligi (ma’lumotlar uzatilayotganda va qabul qilinishda tashqi hujumni ta’siri eng ozligi)
• qurilmalarning o‘zaro avtorizatsiyalanishi va protokllarning sinxroniztsiyalanishi hamda TransferJet texnolgiyasi yuqori sifatli tasvir va HD-audio, video turidagi ma’lumotlarni simsiz aloqa orqali tez uzatish imkoniyatlarini beradi.

CEATEC 09 bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Toshiba kompaniyasi o‘zining namoyishlarida TransferJet texnologiyasini qo‘llagan holda bir qurilmadan ikkkinchi qurilma ma’lumot almashinishini ko‘rsatib berdi, ya’ni cho‘ntak personal kompyuteri orqali noutbuk bilan ulanib, ma’lumot almashish jaroyonini namoyish etildi. [Arseniy Gerasimenko «Sony TransferJet:560mbit/s bez provodov»]. Bu ko‘rgazmada Toshiba kompaniyasi TransferJet texnolgiyasini qo‘llanilgan audio, video texnikalarini ommaga namoyish etdi.


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi davrda shubhasiz, TransferJet texnologiyasi infokommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida o‘zining ma’lumot uzatish tezligi yuqoriligi va sifatligi, ishonchligi, yuqori samaradorligi bilan turli texnologiyalarda keng qo‘llaniladi. Bo‘lajak mutaxassislar sifatida bizning vazifamiz esa uning ustunlik va kamchiliklarini o‘rganish va afzal jihatlarini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishdan iborat.



Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish