3.Qiymatning umumiy shakli. - Bu sharoitda umumekvivalent sifatida e’tirof etilgan tovarlar eramizdan oldingi V – IV asrlarga qadar pul vazifasini bajardi. Qiymatning umumiy shakli davrida, ishlab chiqarish kengaydi va uning asosiy maqsadi barcha uchun zarur bo‘lgan tovarni o‘zlashtirishga qaratildi.
4.Qiymatning pul shakli. - Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi, jahon bozorining vujudga kelishi, kumush va oltinning barcha tovarlar ichidan umumekvivalent vosita sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ushbu metallarning tabiiy xossasi (yagona jismligi, qiymatining o‘zgarmasligi, sifatining buzilmasligi) uzoq davr jamiyatda pul vazifasini bajarishiga xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |