- miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‘irligi 8,4 grammni tashkil etgan bo‘lib, “darik” deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. O‘sha vaqtlarda, ya’ni miloddan ilgarigi VI – IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, ya’ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida bo‘lganini hisobga olsak, ushbu “darik”lar O‘zbekiston zaminida amal qilgan bizga ma’lum birinchi tangalar bo‘lgan desak xato qilmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |