O‘zbekistonda qog‘oz pullar - 1918 yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida muomalaga chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000, va 10000 qog‘oz pullar tanga deb atalgan.
Pulning funksiyalari - Pulning mohiyati uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani bajarishi iqtisodchi olimlar, nazariyachilar va iqtisodchilar o‘rtasida juda uzoq davrdan buyon tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.
- Iqtisodiyotni markazdan boshqarish sharoitida nashr etilgan adabiyotlarda, pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli funksiyalarini bajarishi ta’kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |