To‘rtinchi bosqich Chor Rossiyasi va sobiq sho‘rolar davri Turkistonda madaniyat, ilmfan, adabiyot, san’at, pedagogik fikr, maktab, ta’lim sohasidagi ishlarga o‘z siyosatini o‘tkazgan, milliy madaniyat, ma’rifat, pedagogik fikrlarni tazyiq ostiga olgan davrlarni o‘z ichiga oladi.
Chor mustamlakachilari XIX asrning ikkinchi yarmidan, sho‘rolar hukumati XX asrning 20yillaridan to XXasrning 90yillariga qadar o‘lka madaniyati, ta’lim, fan, san’at, pedagogik g‘oyalari va turmush tarzini yevropacha qurishga intildilar va bunga ma’lum darajada erishdilar ham. Shunga qaramay o‘lkaning ilg‘or kishilari, ma’rifatparvarlari o‘zlaridan oldin o‘tgan ajdodlarining insonparvarlik, adolatparvarlik, pedagogik g‘oyalarni davom ettirdilar. Natijada XXasrning boshlarida “Usuli jadid”, “Usuli savtiya” nomlari bilan yangi maktablar tashkil etildi. Bu maktablar uchun darsliklar yaratildi, ta’lim tarbiyani tashkil etish bo‘yicha pedagogik asarlar yozildi. Bular Ahmad Donish, Dilshod Otin, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Ishoqxon Ibrat, Abduqodir Shakuriy, Said Ahmad Siddiqiy va boshqalar edilar. Ayniqsa, Ahmad Donishning “Navodirul vaqoi”, Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq”, Dilshod Otinning “Tarixi muhojiron”, Fitratning “O‘quv”, “Ona tili” darsliklari, Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adibi avval”, “Adibi soniy” kitoblari, Hamzaning “Yengil adabiyot”, “O‘qish kitobi” kabi darsliklari, Ishoqxon Ibratning “Lug‘ati Sittaal Sina”, “San’ati Ibrat qalami”, “Mirrajab Bandiy” o‘quv qo‘llanmalari, Abduqodir Shakuriyning “Jomi’ ulhikoyat”, “Zubdat ulash’or” o‘qish kitoblari bu davr maorifi uchun muhim pedagogik asarlar sirasiga kiradi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyolik adabiyot namoyandalarining asarlarida odobaxloq, ta’limtarbiya, ilm olishga da’vatlar mavjud. Buni Furqat, Muqumiy, Avaz O‘tar, Zavqiy ijodida kuzatish mumkin. Furqat o‘zining “Gimnaziya”, “Ilm xosiyati”, “Vistavka xususida”, “Suvorov haqida” kabi asarlarida ilm xususiyatlari, ta’limtarbiya to‘g‘risida pedagogik fikrlarni bayon etgan. Avaz O‘tar “Til” nomli she’rida ona tilini egallash, uni bilishning afzalikklari to‘g‘risida fikr yuritgan.
Xullas, o‘zbek pedagogikasining nazariyasi va tarixi shunday xilmaxil jarayonlar, oqimlar bilan rivojlanib, shakllanib keldi. To‘rtinchi bosqichning keyingi taraqiyoti sho‘rolar davri pedagogikasi nazariyasining rivojlanishi bilan bog‘langan. Chunki XX asrning 90yillarigacha O‘zbekiston respublikasi sovet Ittifoqi degan davlat tarkibida edi.
Beshinchi bosqichbu bosqich pedagogika fanlari to‘g‘risida so‘z yuritganda, uning yuksak ma’naviy yuksalishlar va umuminsoniy qadriyatlar asosida mustaqil vatanimizning milliy asosda rivojlanishini qamrab oladi.
Ma’lumki, mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimizda uzluksiz ta’limni milliy asosda qo‘rish uchun ikki marta (1992yil 2iyul va 1997yil 29avgust) “Ta’lim to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Uzluksiz ta’lim, uning mazmuni yo‘nalishlari tarkibi, 29avgust 1997yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida rivojlanmoqda. Chunki, bu qonunlar jahon ta’limi yutuqlari va milliy tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish asosida tuzilgan bo‘lib, ularning mazmuni mamlakatni ijtimiyiqtisodiy, ma’naviyma’rifiy taraqqiy ettirishni nazarda tutib, yuksak ma’naviy axloqiy salohiyat, kasbkor madaniyatiga ega bo‘lgan, ijodiy va ijtimoiy faollikni o‘zida shakllantirgan, ijtimoiy siyosiy hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlaydigan mamlakat ijtimoiyiqtisodiy, madaniyma’rifiy vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlashning milliy tuzimini yaratishni nazarda tutilgan. Shunga asosan uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatadigan pedagogik xodimlar ta’lim tarbiya ishlarini islohot talabalari asosida tashkil qilishlari va ularga mustaqil respublikadagi “Pedagogika” fanlari yaqindan ham ilmiynazariy, ham amaliy jihatdan ko‘maklashishlari kerak. Shunga binoan respublikamiz pedagog olimlari pedagogika fanining asosiy kategoriyalari ta’limtarbiyaning O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchanlik xususiyatini shakllantirish omillari ekanligini inobatga olib pedagogika fanlari sohasi bo‘yicha darslik va qo‘llanmalar yaratdilar. Shular jumlasiga “O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi” (1995) “Pedagogika tarixi”(1994) “O‘zbek pedagogikasi tarixi”(1997) “Pedagogika kursi” (1997) “O‘rta Osiyoda pedagogik fikr taraqiyotidan lavhalar” “Mustaqillik ma’naviyati va yoshlar tarbiyasi” (1995) “An’anaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” “O‘quvchilar axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari ”, “Milliy tarbiya”, “Kasbhunar kollejlari o‘quvchilarini ma’naviyaxloqiy tarbiyalash”, “Didaktika” (1997; 2016), “Oila pedagogikasi” (2007) “Oliy maktab pedagogikasi” (2008), “Pedagogika” (2010) “Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” “Pedagogika nazariyasi va tarixi” (2011) “Maktabgacha pedagogika” va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
“Talim ro‘g‘risida”gi Qonun vazifalarini bajarish “Pedagogika” fanlari oldida turgan muhim hodisa bo‘ldi. Zero, ilm fan, texnikaning tez rivojlanib borishi, yangi ijtimoiy ma’rifiy zaruriyatlarni paydo qildi. Natijada moddiy ishlab chiqarish, xom ashyoni qayta ishlash sohalari (qishloq xo‘jaligi, sanoat transport, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar)da mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuv an’anasi yuzaga keldi, natijada hayot surati shiddatligida, axborotlar oqimi kengaydi. Bu hol axborotlarni tezkor sur’atga qabul qilib olish, ularni tahlil qilish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim oldida turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ta’limtarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi. Buni chuqur anglagan respublika pedagog olimlari ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim tarbiya jarayoniga tadbiq etishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritish bo‘yicha monografiya, o‘quv qo‘llanmalarini yozdilar va nashr etirdilar. Bularga M Ochilovning “Yangi pedagogik texnologiyalar” (2000), N Saidahmedovning “Yangi pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot” (2003), Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. “Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot” (2005), Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. “Pedagogika texnologiya asoslari” (2004), Xo‘jayev B.Q., Olimov Sh.Sh. “Yangi pedagogik texnologiyalar” (2004), Avliyoqulov N.H. “Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari” (2001), Ziyomuhammedov B., Abdullayeva Sh. “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot” va hokazolarni ko‘rsatish mumkin.
Ko‘rib o‘tganimizdek pedagogika fan sifatida besh bosqich asosida rivojlanib bordi. Barcha bosqichda pedagogikaning markazida inson va uning ta’lim tarbiyasi, shaxs sifatida shakllanishning muhim jihatlarini ko‘rsatib turibdi. Ma’lumki, har bir davlat o‘zining ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviysiyosiy taraqqiyotning kelajagini belgilar ekan, u, avvalo ma’naviyaxloqiy salohiyati yuksak, malakasi yuqori, har qanday qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan kadrlarni tayyorlashni bosh maqsad qilib oladi va uning markaziga shaxsni hamda uning ma’naviyaxloqiy kamolotini qo‘yadi. Uning bunday yuksalishini uzluksiz ta’lim asosida birinchilardan bo‘lib ta’minlash lozimligi belgilangan. Uzluksiz ta’limning muvaffaqiyatini ta’minlashda pedagogikaning ham o‘quv predmeti, ham o‘quv fani sifatida roli ortdi. Bu fan hozirgi kunda ilmiyamaliy, iqtisodiy, ma’naviyaxloqiy, tabiatni asrabavaylash, kabi histuyg‘ularni insonlarda, avvalombor yoshlarga singdiruvchi tarbiya fani tarzida e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |