2-mavzu: O’zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonlari va uning huquqiy-me’yoriy asoslari Zamonaviy ta’lim tizimiga qo’yiladigan asosiy talablar. Ta’lim muassasasi menejmenti. Tarbiya nazariyasi va tarbiya turlari Reja


Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari



Download 336,44 Kb.
bet13/16
Sana29.05.2022
Hajmi336,44 Kb.
#617464
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2-мавзу

Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Ushbu vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
b) o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;
v) umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, kamtarlik, o‘zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, alodatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o‘quvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;
g) o‘quvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg‘usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish;
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas’uliyatni tarkib toptirish;
j) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg‘usini qaror toptirish;
z) mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o‘rgatish va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari ana shulardan iborat.
Shu bilan birga ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator vazifalar amalga oshiriladi. Chunonchi,
Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda yetakchi o‘rin tutadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Ahliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi:
- shaxs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o‘zlashtirilishiga erishish;
- bilishga bo‘lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish;
- aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
- bilishga bo‘lgan faollikni kuchaytirish;
- mavjud bilimlarni muntazam ravishda boyitib borish, umumiy o‘rta ta’lim va maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish.
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
Muhammad alayhissalom o‘z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo‘li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganinglar. ... Ilm egallang. Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘iz damlarda yo‘ldosh baxtsiz daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir» deydi.
Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar.
Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli bo‘lganligini tasvirlaydi.
1) axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlar (talab va ta’qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish;
2) aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida – o‘quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashini rivojlantirish;
3) jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarni o‘z sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to‘rlari borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o‘quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigiyenani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash;
4) estetik tarbiyani olib borish jarayonida – o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;
5) ekologik tarbiyani olib borish chog‘ida – o‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, tabiatni asrash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish kabi tuyg‘ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish;
6) iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamalakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish;
7) huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga davlat Konstitusiyasi, davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, ular ogiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish;
8) g‘oyaviy-siyosiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarga siyosiy bilimlarni berish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati mazmunini o‘rganishni ta’minlash asosida o‘quvchilarda siyosiy faoliyat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish, siyosiy madaniyatni shakllantirish va hokazolar.
9) tadbirkorlik tarbiyasi
10) toleranlik tarbiyasi
11) fuqarolik tarbiyasi
Jamiyatdagi maktablar avlodlarning qobiliyatsizlik, ishsizlik va ijtimoiy tabaqalanishdan zarar ko‘rganligidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ota-ona, bolalar va o‘qituvchilarning intilishlarini o‘stiruvchi to‘sqinliklarni yengishda boshqa organlardan yordam kutishadi. (DE 2007)
Shunisi qiziqki, hukumat tomonidan ta’limda qobiliyatsizlikka olib keluvchi (aytishimiz mumkinki, muammoga odatiy moslashuv tizimli o‘zgarishlarni ta’lab qiladi) ishsizlik, ijtimoiy tabaqalanish va tizimli bareralarni bartaraf etishga xech qanday takliflar bildirilmagan, balki bu e’tibordan chetdagi va imtiyozsiz bolalarni avvalgi baxtsizligidan ijobiy tomonga o‘tkazishda yordam berishdagi modernizasiya bo‘lib xizmat qiladi. Brunuyerning fikricha, o‘qituvchilarga turli ta’lim uslublari haqida tushunchaga ega bo‘lish cheklanmagan. Bruner uchun maktab o‘quvchisi ham o‘rganayotgan mavzuda qanday ta’lim olish va fikrlash haqida habardor bo‘lishi kerak. Bruner baxs yuritgan bu metakognitiv ta’lim olish aspekti- ta’lim haqida ta’lim olish obyektivlikdan ko‘ra ichki subyektivlikni rivojlantirishni ta’lab qiladi. Obyektivlik nazariyalari go‘yoki, nazariyachi to‘liq, mustaqil, barcha bilimlarga ega va o‘z fanini haqiqiy, tarbiyadan xolis baxolay oladigan shaxs (o‘qituvchi) nazariyachi va (o‘quvchi) subyekt o‘rtasidagi ajratishlarni belgilab beradi. Intersubyektiv nazariyachilar, aksincha, mijozlari uchun qo‘llanadigan nazariyalarni o‘zlari uchun ham qo‘llashni ta’kidlashadi; bunda aytiladiki, intersubyektivlik nazariyasi o‘z-o‘zini tushunish orqali boshqalarning ham fikrini anglashga yoki aksincha intilish kelib chiqishiga ko‘ra refleks ekanligini tushuntiradi. Xolden va Klaf yuqorida ta’kidlangan “refleksiv pedagogika” tushunchasi “o‘z javoblarimizni e’tiborga olganimizdek bolalarnikini ham qadrlashga undaydi” degan baxsni keltirishadi.
Ichki subyektiv nazariyalash uchun Brunerning sinfxonaga daxldor asosiy bir munozarasi shuki, talabaning o‘zlashtirishi ishonchsizdek tuyulsa, o‘qituvchilar o‘sha talabaning xulqidagi kamchiliklarni qidirish o‘rniga o‘zlaririning shaxsiy tajriba uslubi va qarashlariga e’tiborli bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari ular talabalarning qanday qilib tajriba olishi va o‘zlashtirishi haqidagi o‘zlarining o‘rganuvchi sifatdagi tushuncha va qarashlarini taqdim etishlari kerak. Buning yo‘lga qo‘yishning yana bir yo‘li – Blok va Villiam o‘zlarining ta’lim olishni baxolash qaydnomasida baxslashganidek o‘quv mashg‘ulotlarini ifodalashga izoh sifatida o‘zlarining talabalari bilan bo‘lgan pedagogik jarayondan yig‘ib olingan ma’lumotdan foydalanishda qo‘shimcha ravishda o‘qituvchilar bunday ma’lumotdan o‘zlarining shaxsiy o‘qitish uslubini ifodalash va baxolashda foydalanishi mumkin.
Aslini olganda ular Fiyeldinggning shaxsiy tadqiqot pedagogikasini rivlantirish uchun talabalar bilan birga tadqiqotchi va amaliyotchi sifatida ishlash nazariyasini amalga oshirishlari mumkin6

Download 336,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish