Kotib bilimli, zakovatli bo‘lishi kerak,
Xati chiroyli, so‘zga usta, ezgu fol bo‘lishi kerak.
Maktubda xat chiroyli bo‘lsa, ko‘ngil ochiladi,
Boqsa o‘qigisi keladi, ko‘ngil quvonadi.
Agar fasohat bilan (xush) xat tenglashsa,
Bu yozma nutq tili juda ezgu til bo‘ladi.
Ilaning sirga yaqini nima deydi, eshitgin:
Yozma nutq usuli juda yaxshi usuldir.
Barcha ezgu so‘zlar yozuvda bo‘ladi,
Yozilgan bo‘lganligi uchun so‘z unutilmaydi, (abadiy) qoladi9.
Shu bilan birga, Yusuf Xos Hojib hamma el ishini xat izga solishi, yozuv tufayli barcha daromadlar qo‘lga kiritilishi, davlat boshqarilishi ham qalam bilan bo‘lishini ta’kidlaydi. Shoir kotib tilni, yozuvni buzsa, xo‘jasining boshini eydi yoki boshini olgudek bo‘ladi, deb aytish orqali kotibning mas’uliyati qanchalik katta ekanligini ko‘rsatadi. Yusuf Xos Hojib bunday fikrlarini quyidagicha bayon etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |