2-mavzu: O‘rta osiyo xalqlarining IX-XII asrlar davri madaniyati
Reja:
1. Markaziy Osiyoda ilk uyg’onish davri, uning vujudga kelish sharoitlari va omillari.
2. O’lkamizda ilm-fan, madaniyat, adabiyot, san’atning yuksalishi.
3. 9-12 asrlarda O’rta Osiyoda yetishib chiqqan qomusiy olimlar va ularning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi.
1. Tarixdan ma’lumki ijtimoiy taraqqiyot doim bir yo’sinda ravon bo’lmagan. Insoniyat umumiy rivojlanish bilan birga qancha-qancha to’siqlarni, tanazzul va tangliklarni boshidan kechirgan va so’ng ularni bartarf etib o’z moddiy va madaniy darajasini qayta tiklagan, yangi taraqqiyot sari astoyidil intilgan. Fanda bunday yirik salmoqli yuksalishni tiklanish, uyg’onish, renessans ham deb aytiladi. Xususan G’arbiy Yevropada bunday renessans 15-17 asrlarda deyarli 700 yillik xurofotdan so’ng yuz bergan. Markaziy Osiyoda ilk uyg’onish davri 9-12 asrlarga to’g’ri keldi va o’zgacha shart-sharoitlarda kechdi. Uning ko’lami, oqibatlari, jahon sivilizatsiyasiga ko’rsatgan ta’siri ham bo’lakcha bo’lgan.
IX-XP asrlarda O’rta Osiyoda feodal munosabatlarning taraqqiy etishi, markazlashgan davlatlarning paydo bo’lishi, bu davrda ilm-fan, madaniy hayotning rivojlanishi uchun zamin yaratdi.
O’rta Osiyoning arablar tomonidan istilosidai so’ng iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarda keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat bilan bevosita bog’lik bo’lgan xalq ommasiga zulm o’tkazish tobora takomillashib bordi. Xuddi shu murakkab tarixiy sharoitda ham O’rta Osiyoda fan va madaniyat taraqqiyotiga o’lkan hissa qo’shgan buyuk olimlar yetishib chikdi. Bu yerda fan va madaniyat bobida nodir obidalarning, buyuk fan kashfiyotlarining va tadqiqotlarning yaratilishi jahon madaniyati xazinasiga bebaho hissa bo’lib qo’shildi. Shunday qilib, Uyg’onish davriga turtki bo’lgan omillar quyidagilardan iborat:
Markazlashgan mustaqil davlatlarning tarkib topishi;
Buyuk daholarning yetishib chiqqanligi va ularning ilmiy kashfiyotlari;
Turkiy elatlarning to’liq shakllanganligi;
Islom madaniyatining tarkib topganligi;
Mamlakatning tinch iqtisodiy taraqqiyoti.
2. O’rta Osiy xalqlari o’rtasida islom dinining tarqalishi rasmiy-amaldorlik olamida Sug’d, Shosh, Farg’ona, Xorazm zodagonlari orasida arab tili va yozuvining keng yoyilishiga olib keldi. Qadimgi yunon olimlari - Platon(Aflotun), Ariototelь(Arastu), Sokrat(Suqrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Yevklid (Iklidus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Arab tili Yaqin Sharq Eron, Afg’oniston, Shimoliy Hindiston, O’rta Osiyo, Shimoliy Afrikaga va qisman, Janubiy Yevropaning qadimgi xalqlari orasiga tarqaldi, ular uchun qariyb xalqaro til bo’lib qoldi.
Bu davrga kelib turkiy xalqlar ittifoqining shakllanish jarayoni tezlashdi. Qoraxoniylar xukmronligi davrida turk adabiy tili paydo bo’ldi. Ish yuritish xujatlar turkiy tilda yozila boshladi.Chig’atoy tili (eski o’zbek tili) Movarounnahr, Xuroson, Farg’ona, Shosh va Xorazm asosiy tillardan bo’lib yetisha bordi.
Bu davrda ko’p tilda ijod qila olidigan olimlar va ko’plab mutafakkirlar yetishib chiqdi. Qasida davrning dohiysi Ro’dakiy o’z she’rlari bilan katta shuhrat keltirdi. Uning zamondoshi Firdavsiy (X-XI asr boshlari, Xurosonning Tus shaxridan) o’lmas “Shohnoma” asrini yaratdi. Yirik tarixiy asarlar, masalan, Gardiziyning “Go’zal xabarlar” asari, Bayxakiyning o’ttiz tomlik kitobi, Majiddin Admonning “Turkiston tarixi” paydo bo’ldi. Muhammad Narshaxiy “Buxoro tarixi” kitobini yozdi. Nizomulkning “Davlatni idora qilish to’g’risidagi kitobi”, Yusuf Xos Hojibning “Kutadg’u bilik” asari, Maxmud Qoshg’ariyning ulkan ijtimoiy-siyosiy, klassik asari hisoblangan “Devonu lug’ati turk” (Turk tillari lug’ati) maydonga keldi. Bu davrda O’rta Osiyodan buyuk olimlar yetishib chikdi.
Mashhur riyoziyotchi va falakiyotchi Abu Abdullo Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy (780 - 850) dastlabki ma’lumot va turli sohadagi bilimlarni asosan o’z yurtida, O’rta Osiyo shaharlarida ko’pgina ustozlardan olgan. U katta iliiy ishlari uchun IX asrning boshlarida Bag’dodga taklif qilinadi. Bag’dodda Xorazmiy Sharqning dastlabki akademiyasi "Bayt ul-Xikma" (Donolar uyi)da faol ishtirok etgan. Bu yerda uning raxbarligida arablar va boshqa xalqlar qatori Ahmad Farg’oniy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi O’rta Osiyolik olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Xoraziy diniy mafkuraviy dunyoqarash hukmronligiga qaramay, ilg’or ijtimoiy-falsafiy tafakkurga yo’l oldi.
Algebra faniiing asoschisi bo’lgan Xorazmiy riyoziyotda abstraksiya tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo’li bilan umumiy yechish usullarini hal qildi va deduksiya yo’li bilan umumiy usullar yordami - turli masalalarni yechdi, Xorazmiy dunyo faniga g’oyat katta xissa qo’shdi. Uning asarlari dunyoviy fanlarning islom dinidan mustaqil rivojlanshiga yo’l ochdi. Muso al-Xorazmiyning "Astronomiya jadvallari", "Quyosh soatlari", risolalari va boshka asarlari Sharq va G’arbning riyoziyot va falaqiyot fanlari rivojlanishi tarixida muxim axamiyatga ega bo’ldi va ilm-fannint ravnaqiga katta ta’sir ko’rsatdi. Xorazmiy o’zining "Al-jabr val muqobala" risolasida olimlarni, ularning ishlari xarakteri bo’yicha uch guruhga buladi: 1)"Ulardan birlari o’zlarigacha qilinmagan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib, o’zgalardan o’zib ketadilar". 2) "O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni yengillashtiradilar, qulflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa tushunishni yengillashtiradi". 3) "... yoki bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilganlarni o’ylaydi". Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha etib kelgan.
3. O’rta Osiyolik turkiy harbiy zodagon oilasidan chiqqan Abu Nasr Forobiy (873 -950) avval Buxoroda, so’ngra Bag’dodda tahsil ko’rib, o’z zamonasining qomusiy allomasi darajasiga ko’tarildi. Uning yunon faylasufi Aristotelning mashxur “Metafizika” asariga ilmiy sharhlari ilm-fan dunyosida katta qizikish uyg’otdi. Forobiy materialistik falsafaning yirik namoyandasi sifatida moddiy dunyoning ob’yektiv ravishda mavjudligini e’tirof etdi, inson olamni bilishi mumkinligini isbot etdi. U O’rta Osiyoning ko’plab mashxur olimlari va mutafakkirlariga, jumladan, Abu Ali ibn Sinoning ham falsafiy dunyoqarashiga katta ta’sir ko’rsatdi. O’rta Osiyo ilm-fani va madaniyati tarixida qomusiy bilimlar sohibi Abu Ali ibn Sino (980-1037) ning o’rni beqiyosdir. U Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida moliya amaldori oilasida tug’ilib, yoshlik yillarida o’z ma’lumotini oshirish uchun qunt bilan o’qidi. 16-17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib - hakim bo’lib tanildi. Ibn Sinoning "Kitob al-qonun fit-tibb" eng yirik asarlardan bo’lib, 5 ta mustaqil asarlardan tashkil topgan: ularning har biri ma’lum sohani izchil, har tomonlama yoritib bergan. Bu kitob olti asr mobaynida(XI asr dan XVP asrning o’rtalarigacha) Yevropa meditsinasida yagona qo’llanma bo’lib keldi. U 30 martadan ko’proq nashr etildi. O’rta asrlarda "Qonun" fakat Sharqdagina emas, balki G’arb mamlakatlarining dorilfununlarida ham talabalar uchun meditsinadan yagona qo’llanma bo’lgan, Ibn Sino tabiatshunos, faylasuf, astronom, matyomatik, musiqashunos, huquqshunos, axloqshunos, filolog, yozuvchi va shoir xam edi. Ibn Sino yaratgan asarlarning soni 450 tadan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Ibn Sino asarlarining 40 dan ortig’i meditsinaga, 30 ga yaqini tabiiy fanlarga, 3 tasi musiqaga, 185 risola falsafa, mantiq, psixologiya, teologiya, etika va ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag’ishlangan. Asarlarning asosiy qismi arab tilida, ba’zilari fors - tojik tilida yozilgan. Uning ko’p asarlari o’rta asrlarda Yevropada ilmiy til hisoblangan lotin tiliga va u orqali Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilingan. Ibn Sinoning bizga ma’lum bo’lgan katta asari "Kitob ush-shifo" 22 jilddan iborat bo’lib, u “falsafiy bilimlar qomusi" degan nom oldi. Mislsiz qiyinchidiklarga bardosh berib, fan chirog’ini baland ko’targan yana bir daho Abu Rayhon Muhammad Beruniy (973-1048)dir. U Xorazm tilidan tashqari arab, sug’diy, fors, yunon, hind va qadimgi yahudiy tillarini bilgan. Qomusiy bilimlar sohibi Beruniy o’z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabi fanlarni chuqur o’rgandi. Beruniy butun xayoti davomida 150 dan ortiq ilmiy asar yozgan; bular orasida "O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Mineralogiya" kabi yirik asarlari bor. Uning "Hindiston " asari hindlar adabiyoti, falsafasi, geografiyasi, etnografiyasi, urf-odatlari, dini, tarixini o’rganishda bekiyos axamiyatga egadir. U tabiiy fanlarga xam o’z xissasini ko’shdi. Beruniy o’z ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishida Ptolemey sistemasiga suyansada, lekin yerning harakati hakida Ptolemeyga zid xulosalarga keldi. Geologiya faniga kushgan xissasi bilan, bu soxaning buyuk nazariyotchisi va asoschisi darajasiga ko’tarildi. Uning "Yodgorliklar" nomli kitobi podshohlar va mashhur shaxslarning tarixini yorituvchi yirik etnografik asardir. O’rta asrlarda yashab ijod etgan O’rta Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg’oniy salmoqli o’rin egallaydi. Al-Fargoniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy yerlardagi muovini, ug’li Abdullohning Marvdagi olimlari sirasiga kirgan. Uning tug’ilgan yili 798 deb, o’lgan yili esa 861 yil deb taxmin kilinadi.Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi XP asrda Yevropada lotin tiliga ikki marta va XSh asrda boshqa Yevropa tillariga xam tarjima qilingandan so’ng, uning lotinlashtirilgan nomi "Alfraganus" shaklida G’arbda keng tarqaldi. Uning bu kitobi Yevropa universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini bir necha asrlar davomida o’tab keldi. Hozirgi kunga kelib al-Farg’oniyning sakkizta asari bizga ma’lum bo’lib, ularning hammasi astronomiyaga aloqador va hech biri xozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan. Al-Farg’oniy asarlarining qo’lyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij,Tehron, Rampur, Patna, Qohira, Gota, Xalab va boshqa shaharlarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |