2.AMIR TEMUR FAOLIYATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI HAQIDA
Brinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berdi, el-yurtni o’z tug’i ostida birlashtira oldi. Markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo –sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi.
Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo’lishga yordam berdi. Masalan o’sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni (1389-1402) tor-mor keltirib (1402), Usmonli turklarning istibdodligi turub qolgan “Bolqon” yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarga ozodlik bag’ishlanadi. Oltin O’rda xoni To’xtamishni (1376-1395) ikki hukumronligidan qutulishini 300 yilga tezlashtirdi.
Uchinchidan Turkiston zaminini hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg’or mamlakatlarga aylantirdi. Amir Temurning sa’y-harakati bilan obod etilgan shaharlar kasabalar qishloqlarni Shahrisabz, Buxoro, Yassi (Turkiston) shaharlarda qad ko’targan imoratlar “Temur va temuriylar davlati”, “Temuriylar madaniyati”, “Ulug’bek va Samarqand”, “Observatoriya maktabi” kabi ulug’ tushunchalarni dunyoga kelishi va xalqlari tarixiga oltin harflar bilan yozilishi ham Amir Temur nomi bilan bog’liqdir.
Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur odob-axloq, iymon, e’tiqod, ta’lim-tarbiyada o’zi yuksaklikka, mukammalikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun bobomizning o’zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o’gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko’zdan kechirish kifoya. Bular “Tuzuki Temuriy” (“Temur tuzuklari”), “Maloruzotiy Temuriy” (“Temuriyning aytganlari”) va “Voqioti Temuriy” (“Temuriyning boshidan kechirganlari”) nomi bilan jahonga mashhur bo’lgan asarlarni, XV asr muarrixi Fosih Ahmad Havofiyning “Muljal-I Fosishiy”, Nizomiddin Shomiy (tug’ilgan va vafot etgan yili ma`lum emas) va Sharofiddin Ali Yazdiylarning mashhur, “Zafarnoma”si ibn Arabshoh (1389-1450) ning “Ajiyib ulmoqdur ori axbori Temur” (Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari), Salohiddin ibn Mullo Aloviddin Hoji Eshonning (Salohiddin Toshkendiy) qalamiga mansub “Temurnoma” (Amir Temur ko’ragon jangnomasi, 1908) kabilar shular jumlasidandir.
“TEMUR TUZUKLARI” HAQIDA
Amir Temurning nomi bilan bog’liq bo‘lgan uning “Temur tuzuklari” (Tuzukiy Temuriy), ya’ni Temurning boshidan kechirganlari nomlari bilan atalib kelgan. “Temur tuzuklari” Temur kodeksi, ya’ni Amir Temurning davlatni boshqarish va uni idora qilish bayon etilgan bo‘lib, xandalar to‘plamidir.
“Temur tuzuklari” ikki qismdan iborat: birinchi qism Amir Temurning yetti yoshidan tortib, to so‘nggi kunigacha bo‘lgan hayoti tasvirlangan.
Ikkinchi qismi Jahongir Sohibqiron Temur nomidan shahzodalarga qarata aytilgan vasiyatlar, pand-nasihatlar o‘rin olgan. Unda Jahongir o’z vorislariga qarata davlatini idora qilish san’atini nozik sirlari, qoidalari haqida amir, vazirlar, hokimlarni tanlash ularni joy-joyiga qo‘yish, qo‘shin boshliqlari, ularning xizmatlarini taqdirlash haqida vasiyat qilgan edi. Sohibqiron Amir Temurning ibratli hayotiy pand-nasihatlari va purma’no o‘gitlarning har biri mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi ta’siri umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, ular hadsiz xazina, odob-axloqqa oid dasturlar uchun amaldir.
Sohibqiron Amir Temurning bergan nasihat va saboqlari uning o‘z davri qanchalik muhim bo‘lgan bo‘lsa, bugun mustaqil O‘zbekistonni rivojlanishida ham uning ilgari surgan g’oyalari o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bugungi Turkiston xalqlarining birlashishida, o‘zaro munosabatlarning rivojlanishida Temur tuzuklaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |