Arpapoya so`zi aslida arpaning poyasi yoki arpa ekiladigan joy bo`lmasa kerak. H. Hasanov ma`lumotiga ko`ra, Aropa deganda o`rda chetidagi xandaq tushunilgan. Aropa astasekin Arpapoya bo`lib o`zgarib ketgan bo`lishi mumkin. Aropa (Arofa) «balandlik» ma`nosidagi «arfa» so`zining ko`pligi bo`lishi ham mumkin.
Anhor atamasi arabcha nahr (daryo, kanal) so`zining ko`pligi. Akademik YA. G`. G`ulomovning fikricha, Bo`zsuv kanali shahar ichkarisiga kirgan hozirgi Semashko nomli shifoxona yonida g`arbga — Kaykovus nomi bilan, janubga — Anhor nomi bilan ikkiga bo`linib ketgan. Har ikkala kanal milodning V — VI asrlari mobaynida qazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |