Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
1. Quyida ko‘rsatilgan rasm asosida so‘zlashuv uslubiga xos matn yarating.
2-topshiriq. O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobiga kiritilgan “Mushtipar” hikoyasidan olingan quyidagi parchani o‘qing. Og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos jihatlarni topib, izohlang.
- Mumkinmi? Gud moning! Salom!
Ruxsatingiz bilan o‘zimni tanishtirsam. Jonetta Kabulovna Xoltayeva... Men, k sojeleniyu, sizning sochineniyalaringizni o‘qigan emasman. Xotya eshitganman. Mamashkalar to‘g‘risida yozarkansiz...
Mening ham to‘rtta bolam bor... Nima? “Unaqaga o‘xshamaydi-ku”, deysizmi? Rahmat, komplement uchun! Hamma shunaqa deydi. Men mamamga o‘xshayman. Mamam oltmish yoshidayam appetitniy edi. Kak kukolka!
Kechirasiz, olovingiz bormi?... Yo‘q-yo‘q, men “More” chekaman... Senkyu! Zajigalkangizga gap yo‘q!
Itak, to‘rtta bolam bor. Maratik-Nukusda. Internatda. Yoshi... minutochku... Yoshi po moyemu... o‘n to‘rtda. Shu yil o‘n to‘rtga kiradi. Papasiga o‘xshagan krasavchik, Maratik!
Nazorat savollari:
1. Og‘zaki va yozma nutqning farqli jihatlari nimada?
2. So‘zlashuv uslubi boshqa uslublardan nimasi bilan farq qiladi?
3. Og‘zaki nutqda faol ishlatiladigan so‘zlar?
4. So‘zlashuv uslubining fonetik, leksik, morfologik, sintaktik o‘ziga xosliklari deganda nimani tushunasiz?
Testlar:
1. Og‘zaki nutqning xususiyatlariga nimalar kiradi?
a) og‘zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi
v) og‘zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum; yozma nutqqa nisbatan ancha kambag‘al bo‘ladi
s) so‘zlovchining faol nutqiy harakati, to‘xtam, ohang, urg‘u, turli xil imo-ishoralar fikrining tinglovchiga yetib borishida ahamiyat kasb etadi
*d) a, v, s javoblar to‘g‘ri.
2. Yozma nutq og‘zaki nutqdan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
a) muallif bemalol fikrlash imkoniyatiga ega
v) yozma nutkni kayta-kayta tahrir qilish imkoniyati mavjud
s) fikr uchun eng mos imkoniyatlar tanlanadi;
*d) a, v, s javoblar to‘g‘ri.
3. Monologga berilgan to‘g‘ri ta'rifni toping.
*a) monolog so‘zlovchining o‘ziga yoki tinglovchilarga qaratilgan nutqidir
v) sintaktik jihatdan sodda tuzilgan nutq
s) monolog - ikki kishining suhbati
d) ikki va undan ortik kishilarning suhbati;
4. Dialog qanday tashkil topadi?
a) dialog sodda gaplardan tashkil topadi
v) so‘roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi
s) qo‘shma gaplardan tashkil topadi
*d) a va v javoblar to‘g‘ri
5. Polilog nima?
a) ikki kishining nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir
*v) ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir
s) bir kishining nutkidan tuzilgan suhbat polilogdir
d) polilog xuddi dialog kabi tuziladi.
6. Borolmadim, ishim chiqib qoldi. Erta boraman, gaplari qaysi uslubga xos?
a) badiiy uslub
b) ilmiy uslub
v) publitsistik uslub
*g) so‘zlashuv uslubi
Do'stlaringiz bilan baham: |