1. So’zlashuv uslubi- ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanadi.
2. Rasmiy-idoraviy ( ish qog’ozlari uslubi)- shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan davlat idoralari orasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi: ariza, tilxat, adres, xat, telegramma, farmoyish, tarjimai hol rasmiy uslub ko’rinishlaridir.
Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog’ozlari uslubining asosiy belgilaridir. Ibora va jumlalar bir qolipda bo’ladi. So’zlar ko’chma ma’noda ishlatilmaydi.
3. Ilmiy uslub-fan-texnika tilidir. Ilmiy uslubning asosini atama, ta’rif, qoida, qonun va shartli belgilar tashkil etadi. Bu uslub termin ( atama) lar bilan ish ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |