2-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
REJA:
XX –asr o’rtalaridarespublika ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli xolat.
Milliy manfaatlar ustuvorligining o’sib borishi.
Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
O’tgan asrning saksoninchi yillari adoo’i — to’qsoninchi yillarining boshlarida dunyoda, mamlakatimizda, yon-atroflarimizda, har birimizning ko’z o’ngimizga kechgan murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, yangicha va eskicha qarashlar to’qnashuvi, mustabid tuzumning parchalanishi, qizil mafkura tamoyillarining tanazzuli mao’zi puch har qanday o’oyaning umri qisqa ekanligini yana bir bor namoyon etdi. Xalqimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan, milliy rivojlanish va taraqqiyot yo’lini aniq-ravshan belgilab olgan bo’lsa-da, bir lahza bo’lsin xotirjamlikka berilish, biror bir sohani e’tiborsiz qoldirish mumkin emasdi. Katta avlod ong-shuuriga mustahkam singgan bu haqiqatdan bugungi va kelajak avlodlar nechoo’li yaxshi xabardor bo’lsalar ayni muddao bo’lur edi.
Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli kitobini mutolaa qilgan kishi ko’z o’ngida mustaqil mamlakatimiz istiqlolining murakkab va jonli tarixi, bu uluo’ ne’matga erishish yo’lida olib borilgan qat’iyatli kurashlar, davlatimiz rahbarining jasoratli, uzoqni ko’zlovchi serqirra faoliyati, sobiq tuzum sharoitidayoq yurtimizda mustaqillik o’oyasining shakllanishi, bu qadim orzuning amalga oshishi qanday kechgani bugunning o’zida millat tarixiga bevosita dahldor bo’lib qolgan noyob hujjatlar, aniq va ta’sirchan faktlar, hayajonli nutq va ma’ruzalar misolida yorqin namoyon bo’ladi.
Istiqlolimizning dastlabki yillarida tuo’ilgan yigit-qizlar bugun yangi jamiyatimizning barkamol avlodi, umid va ishonchi bo’lib voyaga etishdi. Ayni paytda, millat, Vatan taqdirini butunlay o’zgartirib yuborgan, yurtimizda tarixiy adolatning tiklanishi va o’zlikka qaytish jarayonini boshlab bergan Mustaqillik arafasida O’zbekistonda hukm surgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy vaziyatdan, ayniqsa, iqtisodiy taqchillikdan, sobiq tuzumning so’nggi nayranglaridan yaxshi xabardor, shu yillari respublika rahbarligiga kelgan mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning dastlabki dadil va ishonchli ish uslubi, siyosiy va ma’naviy jasoratlarini o’z ko’zi bilan ko’rgan, yangi rahbar boshlagan buyuk islohotlarga qarshilik ko’rsatgan kimsalarning turli o’alamisliklariga bevosita guvoh bo’lgan kishilarning safi tobora siyraklashib bormoqda. Marhum Prezidentimizning 1992 yil 4 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining to’qqizinchi sessiyasida chuqur iztirob bilan: “Aziz do’stlar! Nima kerak bo’lsa, ayting, hammasini qilib beramiz. Lekin, aziz onalar, opa-singillar, otaxonlar, do’stlar, ukajonlar, men Prezident bo’lsam ham, sizdan tiz cho’kib so’rayman, iltimos qilaman: shu masalada yordam qiling! Axir, Qur’oni karim ham do’stlikka, birodarlikka chaqiradi, nizo chiqarishni qoralaydi. Janjal chiqqan yurtning xudosi ham undan yuz o’girar ekan. Shu sabab baraka ham, rizq-ro’z ham nasiya bo’lib qolarkan. Bu yo’lda — tinchlik, totuvlik yo’lida bizni Oloh taoloning o’zi qo’llasin, madadkor bo’lsin”, deya xalqqa qilgan samimiy murojaatini o’z quloo’i bilan eshitgan, vaziyatning naqadar murakkabligini his etgan kishilarning xotiralari bugun yosh avlod uchun naqadar muhim ekanini izohlab o’tirishga hojat bo’lmasa kerak. Shunday ekan, ushbu asar yaqin o’tmishimizning ishonchli, noyob va ta’sirchan manbasi sifatida bugungi avlodni, ularning orqasidan kelayotgan navqiron o’o’il-qizlarimizni, ozod va obod diyorimiz sha’n-shavkatini yanada oshirishga, millat ruhini ko’tarishga qodir farzandlarimizni ona-Vatanga muhabbat, istiqlol o’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda tengsiz ahamiyatga ega desak mubolao’a bo’lmaydi.
Tarix kitoblaridan ma’lumki, uzoq va oo’ir kurashlar hisobiga ko’plab halqlar bosqinchilar zulmidan ozod bo’lib, mustaqillikka erishganlar, ammo ularning hammasi ham bu muvaffaqiyatni saqlab qololmaganlar. Mazkur asarda mamlakatimiz istiqlolining dastlabki qadamlari naqadar oo’ir kechgani, o’tgan asrning saksoninchi yillari adoo’ida Faro’ona, Guliston, Bo’ka, O’sh, Namanganda yuz bergan noxush voqealar, sobiq ittifoqparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan “GKChP” deb nomlangan siyosiy fitna paytida O’zbekistonda aql-idrok bilan ish tutilgani, har bir qaror xalqimizning milliy manfaatlariga mos ravishda qabul qilingani o’z ifodasini topgan. Davlatimiz rahbarining O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgust kuni bo’lib o’tgan oltinchi sessiyasi minbaridan turib aytgan quyidagi so’zlarini o’qishning o’zi kishi vujudini hayajonga soladi: “Mamlakat katta falokat yoqasiga, jar yoqasiga kelib qolganini ko’rib turibmiz. Xalq o’zining ertangi kuniga ishonchini kundan-kunga yo’qotyapti. Odamlar o’zlarining, oilasining, bola-chaqasining tinchligiga kafolat istaydi. To’kis, xotirjam hayot talab qilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabozlik va va’dabozlik ostida ko’milib ketyapti. Bizning xalqimiz sabr-bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa halqlarga nisbatan xayrixohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugun bizdan himoya talab qilyapti, tinch-totuv hayot, oo’ir mehnatiga yarasha turmush sharoitlarini talab qilyapti. Bu — haqqoniy talabdir. O’zbekiston rahbariyati hech qachon, qanday ittifoq bo’lmasin, kim bilan ittifoq bo’lmasin, qanday sharoit bo’lmasin, ikkinchi darajali rolga rozi bo’lmaydi, bunga yo’l ham qo’ymaydi”.
Bu qat’iyatli so’zlar qanday sharoitda aytilganini tasavvur qilib ko’raylik. Sobiq ittifoq har jihatdan tanazzulga yuz tutib, o’z umrini uzaytirishga, milliy respublikalarni ta’sir doirasida saqlab qolish uchun barcha choralarni ko’rayotgan, buning uchun esa yangi ittifoq shartnomasi, yangilangan ittifoq degan safsatalarni zo’r berib tiqishtirayotgan, siyosiy, iqtisodiy va boshqa tazyiqlar o’tkazilayotgan bir paytda O’zbekiston rahbari bu urinishlarning behudaligini oshkora e’tirof etdi. “O’zbekiston ikkinchi darajali rolga aslo rozi bo’lmaydi” deyishning o’zi katta jasorat edi. Prezident Islom Karimov bu fikrni sobiq ittifoq rahbarlari oldida ham qat’iyat bilan ayta olgani o’quvchida faxr va iftixor tuyo’ularini uyo’otadi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilganida sobiq ittifoq markazidan turib, ittifoqdosh respublikalarning mustaqilligi xususida kalondimoo’lik bilan bildirilayotgan bepisand bayonotlar, “milliy respublikalar Moskvasiz hech qayoqqa bora olmaydi, erta-indin huzurimizga yana bosh egib kelishadi”, degan xomtama bashoratlar boshqalarni qo’ya turaylik, dunyoqarashi avvalgi mafkura ta’sirida shakllangan ayrim mahalliy rahbarlarni ham har ehtimolga qarshi oyoqni uzangidan olmay turishga chaqirardi. Bunday paytda ichki ikkilanish juda yomon oqibatlarga olib kelishi, xalqning ruhiga salbiy ta’sir ko’rsatishi avvaldan ma’lum. To’qsoninchi yillar boshida oziq-ovqat ta’minotidagi uzilishlar, mafkuraviy bo’shliq va buning oqibatida yuzaga kelgan noxushliklar ana shunday ikkilanuvchilarga ma’lum vaqt qo’l kelib turdi.
Mana shunday murakkab sharoitda Prezidentimiz rahbarligi ostida mamlakatimizda milliy taraqqiyotning xalqimizga xos va mos yangi “o’zbek modeli”ni ishlab chiqishga kirishildi. Islom Karimov sobiq tuzumdan qolgan parokanda iqtisodning tashvishli holatini, O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab ijtimoiy vaziyatni har tomonlama chuqur tahlil qilar ekan, “Biz bundan buyon eskicha yashay olmaymiz va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi, boshqalarning minnatli yordamiga emas, faqat o’zimizga, o’z kuchimizga, xalqimizning salohiyati va irodasiga tayanib ish ko’ramiz, hech kim chetdan kelib bizning muammolarimizni hal qilib bermaydi” deya yaqin kelajak uchun mo’ljallangan ijtimoiy-siyosiy vazifani aniq belgilab berdi. “O’zicha mustaqillik e’lon qilgan O’zbekiston dunyo hamjamiyatidan uzilib qoladi, o’rta asrlar qonun-qoidalariga qaytadi”, deya tinimsiz bashorat qilayotgan kimsalarga va butun dunyoga qarata: “Mustaqil O’zbekiston davlatining siyosati bundan buyon insoniylik va ezgulik tamoyillariga, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi”, deya e’lon qildi. Hal qilinishi o’ta muhim bo’lgan birlamchi vazifalar deb quyidagilar belgilandi:
— qiyin va murakkab ahvoldan chiqish uchun respublikada yuzaga kelgan real ahvolga ob’ektiv baho berish, vaziyatni soo’lomlashtirishning aniq-puxta programmasini ishlab chiqish;
— qishloqni sostial jihatdan qayta qurish, yangi ishchi o’rinlari yaratish, qishloq aholisini, ayniqsa, rizq-ro’zimizni yaatayotgan dehqonlarni qo’llab-quvvatlash;
— barcha sohalarda qat’iy tartib-intizom o’rnatish, rahbar kadrlarni to’o’ri tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish;
— har bir kishi o’ziga topshirilgan ishni vijdonan va halol bajarishiga, tashabbus ko’rsatib ishlashiga erishish.
Yosh davlatimiz oldiga qo’yilayotgan bu vazifalar xususida davlatimiz rahbari quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Bizda shunday bo’lmoqdaki, biz hamma narsa uchun javob beramiz, ayni paytda esa hech kim hech narsa uchun konkret javobgar bo’lmaydi. Bu, ehtimol, hozirgi kunda bizdagi asosiy illatdir. Bunday yondashuv tufayli ishlarimiz yomon borayotganligidan ajablanmasa ham bo’ladi. Bu borada, nazarimda, o’oyat muhim jihatni qayd etish lozim: o’zini ayamasdan, bor kuchini sarflab ishlayotganlar ham, nari-beri ishlayotganlar ham bir xil baholanmoqda. Eng avvalo, tashabbuskor, mustaqil fikrlaydigan rahbarni ko’ra bilish, uning samarali ishlashi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish muhimdir”.
Bu, aytish mumkinki, juda oo’ir vazifa edi. Davlatimiz rahbari so’zlari bilan aytganda, O’zbekiston tanlagan yo’l “gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati etkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’li” edi.
Hali sobiq tuzum o’z ta’sir kuchini saqlab turgan bir paytda yosh davlat oldiga bunday vazifalarni qo’yish, mustaqillik arafasida esa ittifoq hukumati oldiga: “Bizning asosiy talabimiz mulkchilik to’o’risida. O’zini mustaqil davlat deb e’lon qilgan xalq o’z hududida bo’lgan barcha er osti-yu, er usti boyliklariga, ishlab chiqaruvchi kuchlarga hech so’zsiz faqat o’zi egalik qilmoo’i kerak”, degan qat’iy talabni qo’yishi, jumladan xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy aloqalar boo’lashda mustaqil siyosat olib borish lozimligini uqdirish oson bo’lmagan, albatta. Buning uchun birinchi rahbardan kuchli iroda, qat’iyat va jasorat talab etilar edi. Davlatimiz rahbarida ayni shu jihatlarning jamuljamligi xalqimizning baxti bo’ldi desak, yanglishmagan bo’lamiz.
Istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq hayotning o’zi Prezident Islom Karimov rahbarligida O’zbekiston tanlagan mustaqillik yo’lining to’o’riligini isbotladi. Mamlakatimiz qisqa muddat ichida jahon hamjamiyatining to’laqonli, ayni choo’da faol a’zosiga aylandi. Mamlakatda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillari dunyo e’tiboriga tushdi, nufuzli tashkilotlar hamda mutaxassislarning yuksak bahosiga sazovor bo’ldi. Biz mustaqillikni saqlab qolish bilan birga, uning iqtisodiy, siyosiy hamda ma’naviy asoslarini mustahkamladik, yangi barkamol avlod tarbiyasini yo’lga qo’ydik. Tadbirkorlik, ishbilarmonlik butun mamlakatda keng quloch yozdi. Jamiyatda yangi mulkdorlar sinfi shakllandi. Odamlarga o’z mehnatlari samaralaridan bahramand bo’lish imkoniyati berildi. Ularning huquqiy ongi va madaniyati oshdi. Yoshlarda jamiyat hayotida faol ishtirok etish, ya’ni ijtimoiy faollik, mamlakat, millat taqdiri uchun kurash tuyo’usi, vatanparvarlik hissi kuchaydi. Prezidentimiz o’rtaga tashlagan “Shu aziz Vatan barchamizniki”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, “Inson jamiyatga, jamiyat insonga hamnafas”, “Borini asrab, yo’o’ini yaratish yo’lidan boraylik”, “Islohot islohot uchun emas, inson uchun” kabi shiorlar yangi jamiyatning ma’naviy maqsadiga aylandi.
Biz uzoq yillar davomida o’z tariximizni xolis va haqqoniy o’rgana olmadik, uluo’ ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy, ma’naviy merosdan bebahra yashadik. Sobiq tuzum mafkurasi bunga yo’l bermadi. Bu mafkura bizni Amir Temurdek buyuk sarkarda va davlat arbobidan, temuriyzodalar ma’rifatidan, imom al-Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Qaffol ash-Shoshiy, Burhoniddin Maro’inoniy, Najmiddin Kubro, Shayx Hovand Tahur kabi allomalardan uzoqlashtirdi. Bunday uluo’ va mo’’tabar zotlarning merosi xorijiy davlatlarda moziyshunos olimlar tomonidan qunt bilan o’rganilayotgan, ilmiy anjumanlar o’tkazilayotgan, asarlar yozilayotgan bir paytda bizda etti yoshdan etmish yoshgacha bo’lgan kishilarning ongiga kommunist dohiylarning kommunizm haqidagi cho’pchaklari majburan singdirildi. Xalqimizning necha asrlik milliy qadriyatlari oyoqosti qilindi, tilimiz va dinimiz tahqirlandi. Prezidentimiz rahbarligi ostida yaratilgan, shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini o’zida mujassam etgan, ma’no-mohiyatiga ko’ra yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni ifodalaydigan milliy istiqlol o’oyasi bunday o’ayriaxloqiy zo’ravonlikka barham berdi. “Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa, — deb ta’kidlagan edi Islom Karimov,— ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy o’oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bao’rikenglik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo’yish, ularni yangi bosqichga ko’tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan etuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat”.
Kitobni o’qir ekansiz, Prezident Islom Karimovning yana bir jasoratlariga guvoh bo’lasiz. Mustaqillik arafasida, uning dastlabki yillarida qo’poruvchi kuchlar mamlakatimizning ko’pgina hududlarida jinoiy hatti-harakatlar sodir etib, tinch-totuv hayotni izdan chiqarish, turli millat vakillari orasini buzishga harakat qilib ko’rdilar. Davlatimiz rahbari xavfli olov alanga ola boshlagan joylarga shu zahotiyoq etib borib, fitnachilar bilan ham, ularning qutqusiga uchgan olomon bilan ham bevosita uchrashib, yuzma-yuz turib gaplashganini katta avlod vakillari yaxshi bilishadi. Ma’lum bo’ladiki, Prezidentimizning xalqimizning irodasiga hamisha tayanib ish ko’rishi, har qanday vaziyatda ham to’o’ri va oqilona qaror qabul qila olish salohiyati yurtimizni, xalqimizni turli xavf-xatarlardan, balo-qazolardan saqlagan, oo’ir sinovlar, yo’qotishlar hisobiga qo’lga kiritilgan hurriyatimizni saqlab qolishga asos bo’lgan. Bu — inkor etib bo’lmaydigan haqiqat. Oradan necha-necha o’n yilliklar o’tadi, ammo 1989 – 1991 yillari sodir bo’lgan voqealar tafsilotlari, mamlakat yangi rahbari tomonidan qabul qilingan qarorlar, Vatan, millat taqdiri bilan bevosita boo’liq muhim hujjatlar bu tahlikali kunlar qanday kechganligini, oo’ir sinov paytlari kim o’zini qanday tutganini kelgusi avlodlarga eslatib turadi.
Davlat tepasiga kelgan har bir rahbar ma’lum islohotlarni amalga oshirishga, ichki va tashqi siyosatda yangicha yo’l qidirishga harakat qiladi, albatta. Ammo, tarixdan yaxshi bilamizki, xalqning, millatning ruhiga, orzu-intilishlariga, maqsad-muddaosiga mos, iqtisodiy, ma’naviy asoslari mustahkam islohotlargina amalga oshadi, xalq turmush tarziga ta’sir ko’rsatadi. Quruq, balandparvoz, tag-zamini puch va’dalardan iborat islohotlar esa qoo’ozning o’zida qolib ketadi. Prezident Islom Karimov “Biz bundan buyon eskicha yashay olmaymiz, bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi”, degan uluo’ maqsadni kun tartibiga qo’ydi. Bu — xalqning tili va dilidagi gap edi, pishib etilgan maqsad edi. Prezident yana ”Jamiyatni yangilash uchun kurashayotgan soo’lom kuchlarni birlashtirish zarur”, degan xulosaga keldi va bu vazifani yosh davlat oldida turgan, kechiktirib bo’lmaydigan muhim vazifa maqomida belgiladi. Respublika qishloq xo’jaligi biryoqlama, nomaqbul tarzda ixtisoslashtirilgani, mehnatga haq to’lashda adolatsizlik qilinayotgani, mamlakat asosan markazga qimmatbaho xomashyo etkazib beruvchi bazaga aylanib qolganini sobiq ittifoq markazidagi yio’inlarda, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bo’lgan uchrashuvlarda baralla ayta oldi. Respublikada yuzaga kelgan vaziyatni soo’lomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish, barcha sohada qat’iy tartib-intizom o’rnatish, rahbar kadrlarni to’o’ri tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish murakkab vaziyatdan chiqishning yagona to’o’ri yo’li ekanligini takror-takror uqtirdi.
Bugun mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga jiddiy e’tibor berilayotgani, hukumatimiz tomonidan ular har jihatdan qo’llab-quvvatlanayotgani dunyoning havasini keltirmoqda desak, yanglishmagan bo’lamiz. Yoshlarning dunyoqarashi, axloq-odobi mamlakat, millat taqdiri uchun nechoo’li muhimligi xususida Prezident Islom Karimov istiqlolga erishishdan avval o’z fikrlarini bildirgan edilar: “Yoshlarimizni begonalarning qo’liga o’z ixtiyorimiz bilan topshirmasligimiz kerak. Yoshlar uchun, ular chin inson, o’z diyorining, o’z mamlakatining chinakam vatanparvarlari bo’lib o’sishlari uchun faol kurashmoo’imiz lozim
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, milliy o’zlikni anglash jarayoni osonlikcha kechgani yo’q. Bu jarayon eski tuzum tamomila vayron bo’lgan, yangi yosh jamiyat esa endi-endi oyoqqa turayotgan, uning ijtimoiy munosabatlari asta-sekin qaror topayotgan bir paytga to’o’ri keldi. Sharoit o’ta murakkab edi, ba’zi yo’nalishlarda voqealar rivojini oldindan ayta olishga ko’plarning jur’ati etmasdi. Davlatimiz rahbarining uzoqni ko’ra oladigan oqil siyosati tufayli biz bu murakkab bosqichlardan muvaffaqiyatli o’tdik. Mamlakat, shahar va qishloqlar mustaqillik, hurlik libosiga burkaldi, o’o’il-qizlarimizning jahon maydonlarida erishayotgan olamshumul o’alabalari olamni hayratga solib turibdi. Ona-diyorimiz ulkan qurilish, bunyodkorlik maydoniga aylandi. Diyorimizga tashrif buyurayotgan sayyoxlar, davlat raxbarlari, olimlar, ekspertlar O’zbekiston degan bao’rikeng yurtni, jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan allomalarga beshik bo’lgan maftunkor go’shani ko’rish uchungina emas, ayni choo’da, uning tajribalarini o’rganish, undan ibrat olish, zavqlanish uchun ham kelmoqdalar. Toki shunday ekan, erishilgan yutuqlar bilan mao’rurlanib qolmay, bizdan kelajak avlodlarga qoladigan Ozod va Obod Vatanimizning ilmiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy salohiyatini yanada oshirish yo’lida hormay-tolmay mehnat qilishimiz, shu bilan birga, mustaqillik yillarida tuo’ilgan va voyaga etgan aziz farzandlarimizga bu faraxli kunlarga qanday erishganimizni, uni ko’z qorachio’idek asrab-avaylashimiz lozimligini hamisha eslatib turishimiz zarur bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |