1991-yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi.
1991-yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan „Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot“ imzolandi. Bu hujjat „9+1“ (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikrmulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |