2-mavzu: MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
1.
Omborga 360 ta detal keltirildi. Bulardan 300 tasi I korxonada tayyorlangan bo’lib,
ularning 250 tasi yaroqli. 40 tasi II korxonada tayyorlangan bo’lib, ularning 30 tasi yaroqli,
20 tasi III korxonada tayyorlangan bo’lib, ularning 10 tasi yaroqli.
Tavakkaliga olingan
mahsulotning yaroqli bo’lish ehtimolini toping.
2.
Yuqoridagi masalada tavakkaliga olingan detal yaroqli ekanligi ma’lum bo’lsa,
uning I korxonada tayyorlangan bo’lish ehtimolini toping.
3.
Sportchilar guruhida 20 chang’ichi, 6 velosipedchi va 4 yuguruvchi bor. Saralash
normasini bajarish ehtimoli chang’ichi uchun 0.9 ga, velosipedchi uchun 0.8 ga,
yuguruvchi uchun 0.75 ga teng. Tavakkaliga ajratilgan sportchilarning
normani bajara
olish ehtimolini toping.
4.
Birinchi qutidagi 20 ta detaldan 15 tasi, ikkinchi qutidagi 30 ta detaldan 24 tasi,
uchinchi qutidagi 10 tadetaldan 6 tasi standart. Tavakkal tanlangan
qutidan tavakkaliga
olingan detalning standart bo’lish ehtimolini toping.
5.
Ichida 2 ta shar bo’lgan xaltaga
yana bitta oq shar solinib,
shundan keyin undan
tavakkaliga bitta shar olindi. Sharlarning rangi bo’yicha dastlabki tarkibi haqidagi mumkin
bo’lgan gipotezalar teng imkoniyatli bo’lsa, olingan sharning oq rangda bo’lish ehtimolini
toping.
6.
Benzokolonka yonidan o’tadigan yuk mashinalar sonining yengil mashinalar soniga
nisbati 3:2 kabi. Yuk mashinasining benzin olish ehtimoli 0.1 ga,
yengil mashinaning
benzin olish ehtimoli esa 0.2 ga teng. Benzokolonka yoniga benzin olish uchun mashina
kelib to’xtadi. Uning yuk mashina bo’lish ehtimolini toping.
7.
Piramidada 10 ta miltiq bo’lib, ularning 4 tasi optik nishon bilan ta’minlangan.
Merganning optik nishonli miltiqdan o’q uzganda nishonga tekkizish ehtimoli 0.95 ga teng;
optik nishon o’rnatilmagan miltiq uchun bu ehtimol 0.8 ga teng.
Mergan tavakkaliga
olingan miltiqdan nishonga o’q tekkizdi. Qaysi birining ehtimoli aniqroq: mergan optik
nishon miltiqdan o’q uzganmi yoki optik nishonsiz miltiqdan o’q uzganmi?
8.
Har birida 20 tadan detal bo’lgan uch partiya detal bor.
Birinchi,
ikkinchi va
uchinchi partiyalardagi standart detallar soni mosh ravishda 20, 15, 10 ga teng.
Tavakkaliga tanlangan partiyadan tavakkaliga olingan bitta detal standart bo’lib chiqdi. Bu
detalni joyiga qaytarib qo’yib, ikkinchi marta tavakkaliga bitta detal olingan edi, u ham
standart detal bo’lib chiqdi. Detallarning uchinchi partiyadan olinganlik ehtimolini toping.
9.
Uchta to’pdan bir yo’la o’q otildi va ulardan ikkitasi nishonga tegdi. Agar birinchi,
ikkinchi va uchinchi to’pning nishonga tekkizish ehtimoli mos ravishda 0.4, 0.3, 0.5 bo’lsa,
birinchi to’pning nishonga tekkizgan bo’lish ehtimolini toping.
10.
Uch mergan bir yo’la o’q uzishdi, bundan ikki o’q nishonga tegdi. Agar birinchi,
ikkinchi, uchinchi merganlarning nishonga tekkizish ehtimoli mos ravishda 0.6, 0.5, 0.4 ga
teng bo’lsa, uchinchi merganning nishonga tekkizganlik ehtimolini toping.
11.
Hisoblash qurilmasining bir-biridan erkli ishlaydigan uchta elementinidan ikkitasi
ishlamay qo’ydi.
Agar birinchi, ikkinchi va uchinchi elementlarning ishlamay qo’yish
ehtimoli mos ravishda 0.2, 0.4 va 0.3 ga teng bo’lsa, birinchi va ikkinchi elementlarning
ishlamay qo’yish ehtimolini toping.