2-mavzu: ms powerpoint dasturida ishlash



Download 2,07 Mb.
Sana28.05.2022
Hajmi2,07 Mb.
#612711
Bog'liq
2 мавзу


2-MAVZU: MS POWERPOINT DASTURIDA ISHLASH

PowerPoint taqdimoti grafikli dasturlar sirasiga kiradi. Bunday dasturlar o’zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va hokazolardan iborat slaydlar hosil qilish imkonini beradi.


Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo’lgan taqdimotni Kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot yaratish – bu slaydlar ketma-ketligini qurish va bezagini berishdir. Quyidagi rasmda siz POWERPOINT dasturining ekrani va uning asosiy elementlarini ko’rib turibsiz:
Jihozlar javoni Menyu satri

Ekranda qaysi elementlar ko’rsatilishini belgilash uchun bosh menyuning
SERVIS (Xizmat) bo’limini oching va undagi Parametrы (Xususiyatlar)
buyrug’ini tanlang.
S layd tuzilishini o’zgartirish
Slaydning asosiy formatini o’zgartirishning eng oson usuli
avtorazmetkadan foydalanishdir. Unda 24 ta standart ko’rinish bor, buni siz
ma’lum bir slaydga yoki slaydlar guruhiga qo’llashingiz mumkin. Bundan keyin
slaydning alohida qismlarini tahrir qilsa bo’ladi.
Slaydlar holati yoki slaydlarni saralash holatiga o’ting. Slaydlarni
saralash holatida o’zgartirish kerak bo’lgan slaydlarni belgilang. Bosh menyuning
Format bo’limini oching va undagi Razmetka slayda (Slaydlarni hoshiyalash)
buyrug’ini tanlang. Keyin quyidagilarni bajaring:

Maslahat: slaydlarni saralash holatida birdaniga bir nechta slaydni


belgilash uchun Shift tugmasini bosib turib, kerakli slaydlarni belgilash etarli.
Yangi format qo’llanilguncha slayddagi mavjud barcha elementlar o’z joyida
qoladi, chunki ularni ko’chirish yoki o’lchovini o’zgartirishga ehtiyoj paydo bo’lishi
mumkin.
Maslahat. POWERPOINTda matnli ob’ektlarni ko’chirishda yoki ularning
o’lchovlarini o’zgartirishda sichqondan foydalanish mumkin.
Slaydlarga matn kiritish.
Yangi slayd yaratishda (agar yangi taqdimotni tanlamagan bo’lsangiz)
POWERPOINT har bir slaydni namunaviy matn bilan to’ldiradi. Bu matnlarni siz
o’zingizning matningiz bilan almashtirishingiz lozim. Quyidagi rasmda siz o’zgartirishingiz kerak bo’lgan namunaviy matn
ko’rsatilgan:
O ’z matningizni kiritish uchun bu maydonlardan biri ustida sichqon
tugmasini bosing. POWERPOINT matnning kiritilishini ta’minlaydi. Keyin esa
quyidagini bajaring:
Oxirida esa matnning kiritilganligiga amin bo’lish uchun maydonning
tashqaridagi istalgan joyida sichqon tugmasini bosing.
Siz matnga har xil formatlash elementlarini qo’llashingiz mumkin. Sizda
quyidagi imkoniyatlar mavjud:
1. shrift yoki uning o’lchamini o’zgartirish;
2. shriftning ustiga chizish yoki maxsus effekt qo’llash;
3. rangini o’zgartirish;
4. matnni tekislash;
5. satrlar orasining intervalini o’zgartirish.

Kerakli matn ustiga kelib sichqon yordamida formatlash kerak bo’lgan
qismini ajrating. Bosh menyuning Format bo’limini ochib, SHrift buyrug’ini
bering.
Maslahat: rang tanlaganda, agar sizga bu ranglar yoqmasa, Drugoy tsvet
(Boshqa rang)ni bosing. Yangi paydo bo’lgan muloqot oynasida oyna markazidagi
olti burchakdagi kerakli rangni tanlang. Keyin OK tugmasini bosing.

Agar sizning Kompyuteringizda Clip Art Gallery rasmlar to’plami mavjud


bo’lsa, siz quyidagi imkoniyatlarga egasiz. Clip Art to’plamidan rasm qo’ymoqchi
bo’lgan slaydga o’ting. Bosh menyuning Vstavka (Joylash) menyusini ochib, Grafika
(Clip Art) buyrug’ini bering. Clip Art to’plamidan tanlangan rasmni slaydga
joylang:
Zamonaviy grafikali rasmlar slaydlarga juda ko’p kerak bo’ladi. Ular
quyidagilar bo’lishi mumkin:
1. Boshqa dasturlar yordamida hosil qilingan grafik tasvirlar (masalan,
rasm va chizmalar);
2. Clip Art rasmlari;
3. Fotosuratlar.
POWERPOINT ko’p zamonaviy grafik tasvirlarni o’zgartirishi mumkin.
Maslahat: rasmni slaydga qo’yganingizdan so’ng siz oddiy usul bilan uning
o’lchami va joyini o’zgartirishingiz mumkin.
Boshqa dasturdan rasm joylashtirish
Boshqa dasturda hosil qilingan rasmni slaydga joylashtirish uchun
quyidagilarni bajaring. Rasm qo’ymoqchi bo’lgan slaydga o’ting. Bosh menyuning
Vstavka (Joylash) menyusini oching va u erda Risunok (Rasm) buyrug’ini bering.
So’ngra quyidagi amallarni bajaring:
Vse risunki (Barcha rasmlar) fayl turlari ochiqligini tekshiring. Agar
boshqa fayl turlari amalda bo’lsa, ko’rsatkichni uning ustiga olib kelib, sichqon
tugmasini bosing va yuqoridagi fayllar turini tanlang.

Taqdimotni namoyish qilish.


Taqdimotlarni tuzib (yoki chop qilib) bo’lgandan so’ng ularning namoyishini
ko’rish vaqti keldi. Bundan oldin namoyish parametrlarini o’rnatish kerak.
Agar xohlasangiz, POWERPOINTni slayddan slaydga sizning
buyrug’ingizsiz o’tmaydigan qilib moslashtirishingiz mumkin. Bu, agar siz
taqdimot davomida uzilishlar bo’lishi mumkin, deb o’ylasangiz foydadan xoli
emas. SHu usul bilan siz butunlay taqdimotni boshqarishingiz mumkin.
Aksincha, agar xohlasangiz, slaydlarni POWERPOINT o’zi ketma-ket
ko’rsatadigan qilib moslashtirishingiz mumkin. Faqat bundan oldin siz
slaydlarning o’tish oralig’ini tekshirib («repetitsiya» qilib) o’rnatishingiz kerak.
Repetitsiya – slaydlar namoyishi bo’lib, bu jarayonda siz POWERPOINTga har bir
slaydning o’tish oralig’i vaqtini berishingiz kerak.




Slaydlarga maxsus effektlar qo’shish


PowerPoint slaydlariga turli animatsion effektlarni o’rnatish mumkin.
Slaydlarga animatsion effektlarni qo’llash orqali slaydlarning rang-barangligi
oshiriladi.
PowerPoint slaydlariga animatsion slaydlar quyidagicha qo’yiladi:
Bosh menyuning Pokaz slaydov (Slaydlar namoyishi) bo’limiga kiriladi
Effektы animatsii (animatsiya effektlari) tanlanadi
Hosil bo’lgan oynadan slayd uchun mos keluvchi animatsiya effekti tanlanadi
Nastroyka animatsii (animatsiyani sozlash) oynasidan Dobavitь effekt
(Effektni sozlash) tugmasini bosing va zarur yulduzchani tanlang va quyidagi
amallardan birini bajaring:

Diagrammani to’laligicha animatsiyalashtirish
1. Agar slaydlar namoyish etilayotganda tekst yoki vizual effekt bilan
keluvchi ob’ektni ekranga chiqarish kerak bo’lsa, Vxod (Kirish) tugmasini bosib,
kerakli effektni tanlang.
2. Agar muayyan bir vizual effektni slaydda joylashgan tekst yoki ob’ektga
kiritish kerak bo’lsa, Vыdelenie (Ajratish) tugmasini bosing va kerakli
effektni tanlang.
3. Agar muayyan bir tekst yoki ob’ektdagi vizual effektni orqa fonga
o’tkazish kerak bo’lsa Vыxod (CHiqish) tugmasini bosing va kerakli effektni
tanlang.



1. MS PowerPoint dasturiga kiring.
2. Sarlavha satriga “MS POWERPOINT dasturi” yozuvini va qo’shimcha
sarlavha satriga “Taqdimotga jadval va diagramma o’rnatish” yozuvlarini
kiriting.
3. Dastur oynasi o’ng qismida joylashgan masalalar bo’limidan Dizayn
slayda – SHablonы oformleniya buyrug’ini tanlang va biror bir dizaynni tanlang.
Masalan, “Pastelь”.


4. Ctrl+M qo’shtugmani bosing yoki Vstavka (Joylash) menyusidan Sozdatь


slayd (Slayd yaratish) buyrug’ini tanlang.
5. Natijada yangi slayd hosil bo’ladi. Razmetka slayda (Slayd tuzilishi)
bo’limidan Zagolovok i tablitsa (Sarlavha va jadval) tuzilmasini tanlang.
6. Slayd sarlavhasiga Jadvalga misol yozuvini kiriting. Yozuv o’lchamini 60
pt, rangini esa ko’k qilib belgilang.
7. Vstavka tablitsы (Jadval joylash) qismiga sichqonni olib boring va
qo’shchertki bilan uni tanlang.

8. Vstavka tablitsы (Jadval joylash) muloqot oynasida yaratilayotgan


jadval nechta satr va ustundan iboratligini ko’rsating va OK tugmasini bosing.
Masalan, 3 ta ustun va 5 ta satr.
9. Jadvalga quyida ko’rsatilgandek ma’lumot kiriting:

10. Uchinchi slaydni yarating. Buning uchun Ctrl+M qo’shtugmasini bosing yoki


Vstavka (Joylash) menyusidan Sozdatь slayd (Slayd yaratish) buyrug’ini tanlang.
11. Yangi slaydning tuzilmasini belgilash uchun Razmetka slayda (Slayd
yaratish) bo’limida Zagolovok, sxema ili organizatsionnaya diagramma (Sarlavha,
sxema yoki diagramma) tuzilmasini tanlang.
12. Zagolovok slayda (Slayd sarlavhasi) sarlavha satriga Tashkiliy
diagramma yozuvini kiriting. Uning o’lchami 54 pt va rangini yashil belgilang.
13. Diagramma kiritish qismiga sichqonning ko’rsatkichini olib boring va u
erga 2 marta tez-tez bosing.
14. Biblioteka diagramm (Diagrammalar kutubxonasi) muloqot oynasida
yaratilayotgan diagramma tuzilishini tanlang.

15. Tashkiliy diagrammaga ma’lumot kiriting va u quyidagi ko’rinishga


ega bo’ladi:

16. Taqdimot faylini Taqdimot2 nomi bilan saqlang. Buning uchun Ctrl+S


qo’shtugmani yoki Fayl menyusidan Soxranitь (Saqlash) buyrug’ini tanlang.
17. Hosil bo’lgan muloqot oynasida Imya fayla satriga fayl nomini
kiriting va Soxranitь (Saqlash) tugmasini bosing.

1. MS PowerPoint dasturiga kiring.


2. Sarlavha satriga MS POWERPOINT dasturi yozuvini va qo’shimcha sarlavha
satriga Taqdimotga fotosuratlar o’rnatish yozuvlarini kiriting.
3. Dastur oynasining o’ng qismida joylashgan masalalar bo’limidan Dizayn
slayda – SHablonы oformleniya (Slayd dizayni – SHakllantirish qoliplari)
buyrug’ini tanlang va biron-bir dizaynni tanlang. Masalan, Profilь (Oldidan).



4. Ctrl+M qo’shtugmani bosing yoki “Vstavka” menyusidan “Sozdatь slayd”


buyrug’ini tanlang.
5. Yangi slaydning tuzilmasini belgilash uchun Razmetka slayda bo’limida
Zagolovok i tekst (Sarlavha va matn) tuzilmasini tanlang.
6. Sarlavha satriga Imkoniyat yoki boshqa ro’yxatni belgilash yozuvini
kiriting. O’lchamini 34 pt, rangini qizil qilib belgilang.
7. Tekst slayda qismiga biror bir ketma-ketlikni kiriting.
8.

9. Ctrl+M qo’shtugmani bosing yoki bosh menyuning Vstavka (Joylash)


bo’limidan Sozdatь slayd (Slayd yaratish) buyrug’ini tanlang.
10. Yangi slaydning tuzilmasini belgilash uchun Razmetka slayda bo’limida
Zagolovok i chetыre ob’ekta (Sarlavha va to’rtta ob’ekt) tuzilmasini tanlang.
11. Zagolovok slayda satriga Fotosuratlar yozuvini kiriting va o’lchamini
42 pt, rangini esa to’q ko’k belgilang.

12. Har bir ob’ekt markazida Dobavitь risunok (Rasm qo’shish) tugmasini


bosing va ixtiyoriy rasmni tanlang. Xuddi shunaqa amalni yana 3 marta bajaring.

13. 4 ta rasm o’rnatganingizdan keyin slayd taxminan quyidagi ko’rinishga
ega bo’ladi:



14. Taqdimot faylini Ctrl+S qo’shtugma yoki bosh menyuning Fayl bo’limidagi


Soxranitь (Saqlash) buyrug’i yordamida Taqdimot5 nomi bilan saqlang.
15. Hosil bo’lgan muloqot oynasida Imya fayla (Fayl nomi) satriga fayl
nomini kiriting va Soxranitь (Saqlash) tugmasini bosing.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish