Milliy g’oyaning dunyoviy ildizlari ilm-fan, ma’rifat.
Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume’tirof etilgan tamoyillar va konun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Bunday jamiyatda insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi xam qonun yo’li bilan kafolatlanadi. ana shunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tamoyil asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni va axamiyatini aslo inkor etmaydi.
Ijtimoiy tafakkurning mumtoz namunalari bo’lgan dunyoviy, ilmiy durdonalari milliy g’oyamizning falsafiy negizlarini belgilaydi. YUnon faylasufi Geraklit o’zining SHarkda o’tgan g’oyaviy ustozlarini, «Avesto»dek muqaddas kitobda bitilgan falsafiy fikrlarni nazarda tutib, yurtimizga «falsafiy tafakkur beshigi» deb ta’rif bergan edi.
Mustaqillikdan so’ng olib borilgan ilmiy tadqiqot va izlanishlar natijasi qadimiy madaniyat ildizlari qadimgi yunon sivilizasiyasi bilan tenglasha olishini ko’rsatdi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, Fales bilan bir maqomda turadigan, Salon bilan bahslashgan mutafakkir faylasuf Anaharsis Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan.
Hattoki Sobiq Ittifoq davridagi adabiyotlarda ham quyidagi mulohazalarni tan olishga majbur bo’lishgan. “Qadimgi Gresiyaning mashhur mutafakkiri Suqrot yaqin vaqtgacha “axloq falsafasining otasi” hisoblanib kelingan edi. SHarq madaniyati bilan chuqur tanishish natijasida XX-asr olimlari bu fikrdan qaytishga majbur bo’lib, etika to’g’risidagi fikr va mulohazalar ancha burun, ya’ni, bundan 26 asr oldin SHarq mamlakatlarida paydo bo’lgan, degan fikrga keldilar[1].
Tadqiqotchilar O’zbekiston zaminini hamda uning buyuk faylasuflari, ularning asarlari (“Avesto”), xususan, Anaharsis nazarda tutilgan bo’lishi kerak deydi. Qadimgi YUnonistonda “Etti donishmand” degan tushuncha mavjud bo’lib, bunda o’z davrining yetuk faylasuf olimlari, notiq va qonunshunoslar bu yettilikdan o’rin olgan. Bu yetti donishmand orasida Fales, Solon, Suqrot, Pifagor, Anaksagor, va albatta Anaharsis ham nazarda tutilgan. Anaharsisni yetti donishmanddan biri sifatida Aristotel, Diogen, Layertskiy, Platon, Plutarxlar o’z asarlarida qayd etishgan. Demak Anaharsisni turli davrblarda yashagan bir necha mualliflar yetti donishmandning biri sifatida sanab o’tishgan. Hattoki Anaharsis sharafiga Afinada yodgorlik o’rnatilgan. Muallifning yozishicha Anaharsis, borliq, bilish nazariyasi masalalari va haqiqat mezonlari to’g’risida, inson bilimining cheksizligi, narsa va hodisalar mohiyati to’g’risida, har qanday fikrga, g’oyaga nisbiy haqiqat tarzida shubha bilan qarash haqida asarlar yozgan. U birinchi bo’lib kema langarini, kulolchilik charxini kashf qilgan, deb e’tirof etishadi[2].
Haqiqatdan ham YUnonistonda yetti donishmanddan biri sifatida e’tirof etilishi, bu Anaharsisning ensiklopedik bilim sohibi bo’lganligini bildiradi.
Anaharsis skif millatiga mansub bo’lib, Markaziy Osiyo hududida, xususan, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida yashagan saklar yoki skiflar avlodiga tegishlidir. Anaharsisni skif millatiga tegishli ekanligini Layertlik Diogen o’zining “Mashhur faylasuflarning hayoti, ta’limoti va hikmatli so’zlari haqida” degan asarida ko’rsatib o’tadi. Skiflar va ular bilan bog’liq voqealar haqida G’arbda asarlar bitilgan. Masalan, Fransuz faylasuf olim Volter “Skiflar” tragediyasirni yozgan XVI-asrda lotin tilida “Ckiflar shohi Temurlang” kitobi nashr ettiraladi. Mazkur manbalar bo’yicha skiflar yoki saklar Mavrounnahr hududida qadimdan mavjud bo’lgan, ularning boy moddiy va ma’naviy madaniyati hamda ularning yuksak bilim va falsafasi boshqa g’arb mamlakatlarining fani, jumladan falsafa fani shaklllanishiga ijobiy ta’sir qilgan. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mashhur faylasuf Anaharsis YUnonistonda bo’lgan va mahalliy aristokratiya vakillarini doimo lol qoldirgan. Uning Salon bilan savol-javoblarini yunon faylasufi Germipp qayd qilib o’tgan. Tadqiqotchilar mazkur asos va dalillardan kelib chiqib Anaharsisni dastlabki faylasuflardan biri deb, falsafa fanini o’zbekistonlik Anaharsisdan boshlangan degan fikrni ilgari suradi. Bunday fikrga kelish uchun SH.Xaitov asosan g’arbning qadimgi davr mutafakkirlari yozib qoldirgan manbalarga tayanadi. Masalan, Klavdiy elianning “Drevne avtori o Sredney Azii”, Layertlik Diogenning “Mashhur faylasuflarning hayoti, ta’limoti va hikmatli so’zlari haqida, Aristotelning “Nikomax etikasi”, shuningdek Germipp, Damon Krenskiyning yozib qoldirgan asarlari shular jumlasidandir.
Anaharsisdek faylasufni O’zbekiston zaminidan yetishib chikkan bu tasodifiy bir hodisa emas , balki bu zamin sarhadida Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk siymolardan tashqari 100lab Buxoriylar, 20dan ortik Paykandiylar, 100ga yaqin Xorazmiylar, 20ga yaqin Termiziylar, 80ga yaqin Samarqandiylar, 20dan ziyod Farg’oniylar, 11ta Marg’inoniylar, 10lab Toshkandiylar, 10lab Zominiylar, G’ijdivoniylar, Nashxibiylar, Nasafiylar, Navoiylar, Nakshbandiylar, Narshaxoniylar kabi olim va faylasuflar samarali ijod etganlar.
ІX-XII asrlar davomida Movarounnahr butun musulmon olamida ilmiy
- madaniy jihatdan eng rivoj topgan o’lka sifatida mashhur bo’lib, bu yerda qadimiy an’analar bilan arab, fors, qisman hind hamda qadimgi yunon ilmiy-madaniy an’analari qorishuvi asosida islomiy, falsafiy va tabiiy ilmlar – astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, jug’rofiya kabilar rivoj topdi. Bu davr ma’naviyatining muhim tomonlaridan biri shundaki, olim, donishmand, shoirlarning ko’pchiligi qomusiy bilimlarga ega bo’lib, ilmlar bir-biridan ajralmasdan, uzviy bog’liq holda mavjudligi xarakterli edi. SHuning uchun ham al-Forobiy, ibn Sino, al-Beruniy, az-Zamaxshariy, Ismoil Jurjoniylar juda ko’p sohalarda ijod etib, o’chmas iz qoldirdilar. SHu bilan birga matematika, astronomiya, tibbiyot, mantiq, tilshunoslik, tarix kabi ilmlar, madaniyat, ma’naviyatning rivojida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etgani, islom dinining nazariy masalalari bilan birga axloqiy tomonlari ham keng rivoj topganini ko’ramiz.
Bu davrda ayrim mualliflar keltirgan ilmlar tasnifida dunyoviy(an’anaviy) ilmlar bilan birga arab(islom) ilmlari ham qayd etiladi. Birinchisiga, yunonlardan o’tgan falsafa, matematika, fizika va boshqa qator ilmlar kiritilgan bo’lsa, islom ilmlari sifatida kalom, hadis, fiqh kabi ilmlar sanab o’tiladi. Movarounnahr bu davrda dunyoviy ilmlarnigina emas, balki islom ilmlarining ham rivojlanish markaziga aylangan. Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy, Moturudiy, Marg’inoniy, Kosoniy kabi allomalar bu sohada mashhur bo’ldilar.
Diniy va dunyoviy ilmlar uzviy bog’liq holda rivoj topdi. ІX asr boshlari va birinchi yarmida arab xalifaligi poytaxti Bag’doddagi “Bayt ul-Hikma” ilmiy markazining dovrug’ini ko’tarishda O’rta Osiyodan borgan Xorazmiy, Farg’oniy, Javhariy, Abu Mansur. At-Turkiy, Marvaziy kabi yosh olimlarning aniq va tabiiy fanlar sohasidagi faol xizmatlari ulkan ahamiyatga ega bo’ldi.
Insoniyat sivilizasiyasida, ilm-fan taraqqiyotida ulkan hissa qo’shgan olim al-Xorazimiydir. U kishining to’liq ismi Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bag’dod) — Markaziy Osiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. 819 y.da Bag’dodni egallagan al-Ma’mun turkistonlik olimlardan Xorazimiy, Ahmad al-Farg’oniy, Habash al-Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o’zi bilan olib ketib, o’ziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy mu-assasa — «Bayt ul-hikmat» («Donishmandlik uyi») ning o’zagini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazimiy yetakchi olim va ilmiy rahbar bo’lgan.
Xorazimiyning bizgacha o’ntacha asari to’liq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. SHu asarlarning o’ziyoq ko’rsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizasiyasiga buyuk hissa qo’shgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi Jorj Sarton Xorazimiyni «O’z zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar e’tiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri», deb baholagan. Bunday baho Xorazimiyning matematika tarixida tutgan bekiyos o’rni tufaylidir.
Fan tarixchisi Adam Mes iborasi bilan «Musulmon renessansi» deb atalgan fan tarixidagi bu hodisa birinchi navbatda Xorazimiy nomi va ilmiy jasorati bilan bog’liq.
Xorazimiy algebra faniga asos solgani, bu fan atamasi uning «Kitob muxtasar min hisob al-jabr val-muqobala» («Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob») asari nomidan kelib chiqqani yaxshi ma’lum. Xorazimiyning bu asari 12-asrning boshlarida Seviliyalik Robert CHester tomonidan lotinchaga tarjima qilingan, nomi qisqarib «aljebra» (fransuz, ingliz tillarida), «algebra» (nemis, rus tillarida) deb atala boshlagan va fan nomiga aylanib ketgan. Bir necha asrlar yevropa ilm dargohlarida asosiy darslik hisoblanib kelingan. O’nlik pozision hisoblash sistemasi yevropaga tarqalishiga sabab bo’ldi. Uning nomi fanda "al-Xorazmiy " – algoritm shaklida fanda abadiy o’rnashib qoldi.
Xorazmiyning fan taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan yana bir asari «Zij»dir. U nazariy astronomiya va astronomik jadvallardan iborat bo’lib, arabcha qo’lyozmalari saklanmagan, Masla-ma al-Majritiy (10-a.) tomonidan qayta ishlangan variantning lotinchaga va yahudiychaga tarjimalari yetib kelgan. Xorazmiy «Zij»i ham astronomiya va trigonometriyaning keyingi taraqqiyotida namuna vazifasini o’tagan.
Xorazmiy yunon olimi Ptolemeydan keyin yashagan buyuk geograflaridan birinchisi sanaladi. Uning «Surat al-Arz» asari (boshqa nomi «Al-Xorazm geografiyasi», to’liq nomi Ptolemey taklif etgan «Geografiya» kitobidan Abu Ja’far Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taskin etgan yer surati — shaharlar, tog’lar, dengizlar, orollar va daryolar kitobi») fan tarixidagi muhim manbalardan biridir. Xorazimiy. geografiya tarixida birinchi marta Tinch okeanini tilga oladi. U o’zi yashagan joylardan juda uzoqdagi boshka ob’ektlar: Atlantika va Hind okeanlaridagi orollar, jumladan, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Sarandib (SHri Lanka) joylashuvini to’g’ri tasvirlaydi. Kitobda tasvirlangan xaritalar xaritagrafiya tarixida muhim o’rin tutadi. Bu kitob 12-asrdayok, lotin tiliga tarjima qilingan va geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.
Xorazmiyning «Kitob at-tarix» (Xorazmiy «Tarix»i) asarida Muhammad (as) hayoti bilan bog’liq sanalar, islom tarixidagi muhorabalar, Quyosh tutilishlari, 713 yil 10 martda Antioxiya shahrida yuz bergan dahshatli zilzila, xalifalikdagi siyosiy hodisalar qayd etilgan. Afsuski, bu asar bizgacha yetib kelmagan. Lekin undan olingan ko’chirmalar juda ko’p tarixnavis olimlar (Beruniy, yoqut Rumiy, YA’qubiy, elias Bar SHinoyi, Hamza Isfahoniy, at-Tabariy, al-Mas’udiy va b.) kitoblarida uchraydi. Bundan ko’rinadiki, Xorazmiyning «Tarix»i o’z davrida mashhur bo’lgan va keng tarqalgan. Asar usha davrning boshka tarixchilar yozgan kitoblaridan voqealarni aniq qayd etilishi bilan ajralib turadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov "YUksak ma’naviyat yengimas kuch" asarida quyidagi fikrni bildiradi: "Muhammad Muso Xorazmiyning o’nlik sanoq sistemasini, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bo’lib ilm-fan sohasiga joriy etgani va shu asosda aniq fanlar rivoji uchun o’z vaqtida mustahkam asos yaratgani umuminsoniy taraqqiyot rivojida qanday katta ahamiyatga ega bo’lganini barchamiz yaxshi bilamiz. Bugungi kunda odamzotning ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan yutuqlarini ko’z oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor ana shu buyuk bobomiz misolida bunday yuksak marralarga erishishda o’zbek xalqining ham munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga to’ladi"[3].
O’rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olimlar orasida Ahmad al -Farg’oniy tabiiyotshunos olim sifatida katta shuhratga ega bo’lgan. SHarkda Al-Farg’oniy, yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari bilan mashhur bo’lib, ilk o’rta asr falakiyot, riyoziyot va geografiya ilmlari yo’nalishida tadqiqotlar olib borib, tabiiy fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan allomadir.
Uning asosiy astronomik asari — «Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum» («Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi»). Bu asar «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» nomi bilan ham ma’lum bo’lib, 1145 va 1175 yillarda yevropada lotin tiliga tarjima etiladi. SHundan so’ng Ahmad al-Farg’oniy nomi lotinlashtirilib, «Alfraganus» shaklida G’arbda shuhrat topadi. Uning «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» asaridan bir necha asrlar davomida yevropa universitetlarida astronomiya fani bo’yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur bo’lgan bilimlarni o’z ichiga olgan. Uning geografiyaga oid bo’limi yer yuzidagi mamlakatlar va shaharlar haqidagi eng boshlang’ich va zaruriy bilimlarga bag’ishlangan bo’lib, «Erdagi ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iklimdagi hodisalar haqida» deb ataladi. Asarda falakiyot va geogr. ilmlarining asosiy mazmuni, vazifa-lari va qismlari tushunarli dalillar asosida sodda qilib bayon etiladi. Umuman Axmad al-Farg’oniyning «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» asari o’rta asr musulmon SHarqi mamlakatlaridagi, so’ng Ispaniya orqali yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi.
832 — 833 y.larda Ahmad al-Farg’oniy SHom (Suriya) shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oraligida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda qatnashdi. Xalifa buyrug’iga binoan Nil daryosidagi suv sathini o’lchaydigan inshoot barpo etish uchun Misrning Qohira yaqinidagi Razvo orolida nilometrni yasagan. Ilmiy-texnik va me’moriy jihatdan g’oyat ulug’vor bu qurilma Nil daryosining Sayyolat ul-Rod mavzesida hozirga qadar saqlanib qolgan.
Ovro’pa Uyg’onish davrining buyuk namoyondalari uning asarlaridan yaxshi xabardor bo’lgan. yevropa Uyg’onish davrining mashhur olimi Regiomontan 15-a.da Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyaga doir ma’ruzalarini Ahmad al Farg’oniy asarlari asosida o’qigan. Ahmad al-Farg’oniy nomi Dante (14-a.) va SHiller (18-a.) tomonidan asarlarida tilga olinadi. yevropa olimlaridan D’alamber, Brokelman, X. Zuter, I. YU. Krachkovskiy, A. P. YUshkevich va B. A. Rozenfeld Ahmad al-Farg’oniyning ijodiga va qoldirgan ilmiy merosiga yuqori baho berganlar.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Ahmad Farg’oniy haqida shunday deydi: "YAna bir ulug’ ajdodimiz — Ahmad Farg’oniy insoniyat tarixidagi ilk Uyg’onish davrining eng zabardast va kuchli namoyandasi, o’z zamonasining fundamental fan asoschilaridan biri sifatida bashariyat dunyoqarashi va ma’naviyatining rivojlanishiga beqiyos ta’sir ko’rsatdi. Uning bebaho merosi o’z davri olimlari uchun dasturilamal bo’lib xizmat qilgani tarixiy manbalar orqali yaxshi ma’lum. Allomaning «Astronomiya asoslari haqida kitob» nomli asari o’n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima etilgani ham bu fikrning dalilidir.
Evropada Al-Fraganus nomi bilan mashhur bo’lgan bu allomaning ilm-fan rivojidagi nufuzi shu qadar yuksak ediki, uning ismi sharifi yer kurrasidagina emas, balki samoda ham shuhrat topdi. O’n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan bi-riga uning nomi berilgani bu fikrni isbotlaydi. Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz — Ahmad Farg’oniy va Mirzo Ulug’bek nomi bilan ataladi"[4].
"Bayt ul hikma" da faoliyat olib ko’rsatgan yana bir Markaziy Osiyolik olim Axmad al Marvaziydir. U xalifa al Ma’mun davrida olib borgan tajriba va ilmiy tadqiqotlarda eng faol ishtirok etgan olimlardan bo’lib, 832-833 yillarda Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oraligida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchash ishlarida qatnashgan. Al Marvaziy fanga birinchi bo’lib, tangens va katangens tushunchalarini va ularning funksiyaviy jadvallarini kiritadi.
Olimning asarlarida bayon qilingan tangens, katangens tushunchalari trigonometriya rivojiga qo’shgan ulkan hissa bo’ldi[5].
Bundan tashqari “Baytul hikma”da YAhyo ibn Abu Mansur, Axmad as-Saraxsiy, Abbos al-Javxariy, Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy, Axmad as-Sag’oniylar faoliyat olib borib, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shganlar. Masalan, YAhyo ibn Abu Mansur qalamiga mansub “Al-Ma’munning tekshirilgan ziji” – o’sha davrda astronomic tadqiqotlarning hosilasidir. Uning astronomiyaga oid ko’plab asarlar yozgani qayd yetilgan.
Axmad as-Saraxsiy esa falsafa, astronomiya, arifmetika, musiqa nazariyasi va tabobatga oid ko’plab asarlar bitgan.
Abbos al-Javhariy buyuk astronom bo’lib, ba’zi sayyoralar, Quyosh va Oyning o’rnini aniqlagan musulmon olamida birinchi bo’lib astronomic kuzatishlar olib brogan shaxslardan biridir. yevklid geometriyasi sharhlash bilan birga uni takomillashtirgan[6].
Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy ham astronomiyaga oid ko’plab asarlar muallifidir. Axmad as-Sag’oniy ham astronomiya, geometriyaga oid ko’plab asarlar yozgan.
Insoniyat ilm-fan va madaniyati taraqqiyotida ulkan hissa qo’shgan qomusiy olim Ibn Sinodir. To’liq ismi Abu Ali al-Hu-sayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali (980.8, Afshona qishlog’i — 1037.18.6, Hamadon sh., eron) G’arbda Avisenna nomi bilan mashhur. Zamondoshlari Ibn Sino ni «SHayx ar-rais» («donishmandlar sardori, allomalar boshlig’i»); «SHaraf al-mulk» («o’lka, mamlakatning obro’si, sharafi»), «hujjat al-haqq» («rostlikka dalil»); «Hakim al-vazir» («donishmand, tadbirkor vazir») deb ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u o’z davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug’ullangan va ularga oid asarlar yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. SHulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo’lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, mat., musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag’ishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda o’rganilgan emas. Ibn Sino ning ko’proq falsafa va tibga oid kitoblari jaxrnning ko’pgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta-qayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa ko’p asarlari hali qo’lyozma holida o’z tadqiqotchilarini kutyapti.
" Ana shunday noyob fazilatlar sohibi bo’lmish mashhur alloma Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari necha asrlar davomida yevropaning eng nufuzli oliy o’quv yurtlarida asosiy tibbiyot darsliklaridan biri sifatida o’qitib kelingani, dunyo miqyosida «Medisina», «Sog’lom turmush tarzi» degan tushunchalarning fundamen-tal asosi bo’lib xizmat qilgani, albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga ega. Aniqroq qilib ayt-ganda, bu benazir allomaning butun ilmiy fao-liyati dunyo taraqqiyotini insonparvarlik ru-hida, ya’ni, ma’naviy negizda rivojlantirishga ulkan ta’sir o’tkazdi, deb aytishga barcha asos-lar bor"[7].
Ibn Sinoo’z davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qo’shgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari «Kitob ash-shifo» ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan.
Ibn Sinoyoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha saklangan. U 8 ta mustaqil risola hamda «Kitob ash-shifo» va «Donishnoma» ning riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni ba-g’ishlagan. Ptolemeyning «Almagest» ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy astronomiya bo’yicha qo’llanma yaratgan. Ibn SinoJurjon shahrining geografik uzunligini o’z davri uchun butunlay yangi bo’lgan usul — Oyning eng baland nuktasini kuzatish opkali aniklab bergan. Beruniy «Geodeziya» asarida bu usulning to’g’riligi haqida gapirib, uni faqat Ibn Sino nomi bilan bog’laydi. Bu usul yevropada 500 yildan keyin (1514 y.) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi.
Matematika sohasida Ibn Sinoyevklidning «Negizlar» kitobini qayta ishlab, unga sharh va to’ldirishlar kiritdi, geometrik o’lchamlarga arifmetik terminologiya qo’lladi, «son» tushunchasi doirasini «natural son» dan ancha kengaytirdi.
Ibn Sino o’z davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy e’tibor b-n karadi va bu soqada «Aqsom al-ulum al-aqliya» («Aqliy ilmlar tasnifi») nomli asar yezdi. Unda olim akliy ilmlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va amaliy qismlarga bo’ldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ish-arni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga bo’linadi: 1) quyi darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik (tib, kimyo, astrologiya va b.); 2) o’rta darajadagi ilm — mat. (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa); 3) oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch kiyem (axloq, iqtisod va siyosat) ga bo’linib, birinchisida bitta shaxe, uning fe’l-atvori qanday bo’lishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xo’jalik ishlarida bir-biri bilan munosabatlari qanday bo’lishi va uchinchisida shahar yoki o’lka miqyosida kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday bo’lishi, davlatni idora qilish haqida ran boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga bo’linib ketadi. Asarda 29 ilm tarmog’i tilga olinadi
Uyg’onish davri miniatyura va suratlarida Ibn Sino mashhur qadimgi yunon olimlari Aristotel, Galen, Gippokrat, Ptolemey, evklid bilan bir qatorda tasvirlangan. O’simliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan tabiatshunos Karl Linney doimo yashil bo’lib turuvchi bir o’simlikni Ibn Sino sharafiga "Aviseniya" deb atadi[8]. Belgiyada Ibn Sino xotirasiga haykal o’rnatilgan. Bu ham yevropa xalqinng Ibn Sinoga ehtiromi timsolidir.
O’rta asrning Markaziy Osiyolik yana bir qomusiy allomasi Abu Rayhon Beruniy (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh.— 1048.11.12. G’azna (hoz. Afg’onistonda)— o’z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ma’danshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. "Milliy tariximizning yana bir yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni «Beruniy asri» deb ta’riflaydi.Bunday yuksak va haqli baho avvalo qomusiy tafakkur sohibi bo’lmish buyuk vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan beqiyos hissasi bilan izohlanadi. SHu o’rinda ta’kidlash joizki, Beruniy ilmiy masalalarda ham, tarixiy voqea-hodisalarga, o’z zamondoshlariga baho berishda ham o’ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. SHu bois ham u hayotda ko’p aziyatlar chekkan, hatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo’lgan, ammo har qanday og’ir sharoitga qaramasdan, e’tiqodidan qaytmagani uning o’z ma’naviy ideallariga naqadar sodiq bo’lganidan dalolat beradi"[9].
Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan edi. Uning ilmiy merosi juda keng va rang-barang. B.ning ilmiy ish sohasidagi zo’r qobiliyati uning ko’pchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Uning asarlari mavzu jihatdan turli-tuman. Ko’pchilik asarlari o’z zamo-nasida o’ziga xos bir ensiklopediya hisoblangan. Asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geogr. va geodeziya, 3 tasi ma’danshu noslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi iklimshunoslik, biri fizika, biri dorishunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa, 18 tasi adabiyot va b. fanlarga oiddir. B. turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni tarjima ham qilgan. Afsuski, hozircha olimning faqat 28: asarigina ma’lum. Krlganlari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilgani-cha yo’q. B. ijodini o’rganish, uning asarlarini nashr etish, boshqa tillarga tarjima qilish ishlari o’tgan asr oxir-»1-laridan boshlandi. Uning «Kadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Mas’ud qonuni», «Munajjimlg’ san’atidan boshlang’ich tushunchalar» va b. asarlarining matni nashr etild»: turli tillarga tarjima qilindi. Tanlangan asarlari rus va uzbek tillarida chop etildi.
Tabiiy fanlar tarixida B.ning abadiy qoladigan xizmati shundaki, u o’zining ilmiy tadqiqot ishlarida o’zi ishlab chiqqan ilmis tadqiqot metodiga, tajriba va kuzatishlariga suyandi. Kuzatish va tajriba metodini misli ko’rilmagan darajada yuqori ko’tardi, bu uning tajribaviy bilimlar sohasidagi zo’r yutug’idir. Olim o’z oldiga fanni aniq ma’lumotlar bilan boyitish, nazariyalarini ishlab chiqish, yangi usul va qonunlarini ochish vazifalarini qo’ygan.
Tabiatshunoslik va astronomiyaga oid ilmlarni rivoji XII-XIII asrda Mahmud CHag’miyoniy nomi bilan bog’liq. Astronomiya sohasida yirik kashfiyotlar qilgan. Uning asarlarida insonni o’rab turgan olamning umumiy tuzilishi, samoviy sayyoralarning holati, Quyosh yilining uzunlig va shu kabi muammolar o’z yechimini topgan.
Markaziy Osiyoda tabiiy fanlartaraqqiyotining navbatdagi bosqichi temuriylar tarixi bilan bog’liq. Amir Temur ilm-fan rivoji uchun gamxurlik kilishi tufayli Samarkand dunyoning ma’rifiy markaziga aylandi. Mashxur olimlar Samarkandga keldi. Masalan, Kozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falakiyotshunos Mavlono Axmad, Ulugbek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortik olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat kursatgan. Falakiyotshunoslik fanida Ulugbek, Kozizoda Rumiy, Giyosiddin Jamshid va Ali Kushchilar yangi kashfiyotlar kildi. Tarix ilmida SHarofiddin Ali YAzdiy, Xofizi Abru, Abdurazzok Samarkandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshkalar kimmatli asarlar yaratdi. Mirzo Ulugbek davrida Samarkandda birinchi Akademiyaga asos solindi, yer kurrasini ulchash va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarkand rasadxonasida Ulugbek matematika, geometriya, falakiyotshunoslikda chukur bilimlar soxibi edi. Ali Kushchi, Muxammad Xavofiylar uning sevimli shogirdlari bulgan. Mirzo Ulugbek “Zich” asarida VIII-XI asrlarda boshlangan falakkiyot ilmiga oid an’anani davom ettirib, yukori darajaga kutaradi. Matematikaga doir “bir daraja sinusni aniklash xakida risola”, Falakiyotshunoslikka oid “Risolai Ulugbek” va “Musika ilmi xakida risola” kabiasarlar yozdi.
Mirzo Ulugbek va uning ilmiy akademiyasi faoliyatiga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov quyudagicha ta’rif beradi: "Buyuk Amir Temurning nabirasi, benazir alloma Mirzo Ulug’bekning o’rta asrlar sharoi-tida namoyon etgan ilmiy jasorati bugungi kun olimlarini ham hayratga solmasdan qo’ymaydi. Taqdir bu ulug’ zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkar-da Amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo’lishdek o’ta mas’uliyatli vazifa aynan unga na-sib etdi. Mirzo Ulug’bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori sifatida xalqning azaliy orzusi — tinchlik, totuvlik, ilm-fan va madaniyatni taraqqiy toptirish yo’lida ulkan shijoat va matonat ko’rsatdi.
Bu benazir alloma o’zida minglab yulduzlarning harakatini jamlagan mukammal astronomik jadvalni yaratdi. Ushbu jadvalda zikr etilgan ilmiy ma’lumotlarning naqadar aniq va to’g’ri ekanini bugungi eng zamonaviy asboblar ham tasdiqlaydi. Ulug’bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma’naviyatining poydevoriga qo’yilgan tamal toshlaridan biri bo’lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berilganini ko’rsatadi. «Ziji jadidi Ko’ragoniy» deb nomlangan Ulug’bek astronomik jadvali o’rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, yevropa olimlari orasida keng tarqalgani fikrimizning yaqqol isbotidir.
Bu haqda so’z yuritar ekanmiz, beixtiyor 1996 yili Parijda YUNESKOning o’sha paytdagi Bosh kotibi Federiko Mayor janoblari bilan bo’lgan bir suhbat yodimga tushadi. O’shanda janob Mayor Ulug’bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko’rilganda atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, degan gapni aytib qoldi. SHunda men unga javoban, yo’q, janob Federiko Mayor, Ulug’bek xato qilgan bo’lishi mumkin emas, balki kompyuterlar xato qilgan bo’lishi mumkin, degan edim. Garchi bu gap do’stona lutf tariqasida aytilgan bo’lsa-da, o’ylaymanki, uning zamirida chuqur haqiqat mujassam"[10].
Vatanimizdan yetishib chiqqan buyuk qomusiy olimlar tabiiy ilmiy fanlar Bilan bir qatorda ijtimoiy gumanitar bilimlar sohasida ham kata muvaffaqiyatga erishadilar. Forobiy, Zamaxshariy, Aziziddin Nasafiy,, Narshaxiy, YUsuf Xos Xojib, mahmud Qoshg’ariy, Lutfiy, Sakokiy,Navoiy, Bobur shular jumlasidandir. Ayniqsa Folrobiy ta’limoti Dune ahamiyatiga molik bo’ldgan ma’naviy durdonadir.
Forobiy (taxallusi; to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon Forobiy) (873, Forob sh. — 950, Damashq) — Markaziy Osiyoning ulug’ mutafakkiri va qomusiy olimi. YUnon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targ’ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o’zlashti-rib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo’shgani uchun «al-Muallim as-soniy» («Ikkinchi muallim», Aristoteldan keyin), «SHarq Arastusi» nomlariga sazovor bo’ldi. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, Forobiy. 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. SHunga qaramay, mavjud risolalarining o’ziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat beradi.
Forobiyning asosiy asarlari: «Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Ensik-lopediyadan mantiq bo’limining bir qismi», «Taliqot» (sharhlar), «Inson a’zolari haqida risola», «Bo’shliq aqida maqola», «Donolik asoslari», «Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi», «Hayvon a’zolari, funksiya-si va potensiyasi», «Mantiq to’g’ri-sidagi risolaga muqaddima», «Mantiq ilmiga kirish», «Ilmlarning kelib chiqishi haqida», «Musiqa haqida katta kitob», «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Masalalar mohiyati», «Buyuk kishilarning naqllari», «Ihso al-ulum», «Hikmat ma’nolari», «Aql to’g’risida», «Ilmlar va san’atlar fazilati», «Qonunlar haqida kitob», «Substansiya haqida so’z», «Falak hara-katining doimiyligi haqida», «SHe’r va qofiyalar haqida kitob», «Hajm va miqdor haqida so’z», «Musiqa haqida so’z», «Fizika usullari haqida kitob», «Fazilatli xulqlar», «Fozil shahar aholisining fikrlari», «Jismlar va aksidensiya-larning ibtidosi haqida», «Aristotel «Metafizika» kitobining maqsadi to’g’risida» va b.
Olimning ilm-fan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va ularni yangi g’oyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy g’oyalarining targ’ibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. Forobiy shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy, yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham sharhlap yozganligi ma’lum. Bulardan tashqari, Gippokrat, epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor bo’lgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. Fororbiy o’rta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U «Ilmlarning kelib chiqishi haqida», «Ilmlarning tasnifi haqida» nomli risolalarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va taf-silotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos bo’lgan tabiiy jarayonlarni o’rganuvchi ilm sohalarini birinchi o’ringa qo’ydi. Forobiy ilmlarni quyidagicha tasniflaydi: 1) til haqidagi ilm (grammatika, orfografiya, she’riyat, to’g’ri yozuv va b.ni o’z ichiga oladi); 2) mantiq (8 bo’limdan iborat bo’lib, tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika, sofistika va b.ni o’z ichiga oladi); 3) matematika. (arifmetika, geometirya, astronomiya, mexanika, optika, sayyoralar, musiqa va og’irlik haqidagi ilmdan iborat); 4) tabiiy ilmlar, ilo-hiy ilmlar yoki metafizika; 5) shahar haqidagi ilm (siyosiy ilm, fiqh, ped., axloqshunoslik va kalom kiradi).
Forbiy dunyoqarashida ijtimoiy-siyosiy va axloqiy fikrlar ham muhim o’rinni egallaydi. Allomaning «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Fozil shahar aholisining fikrlari», «Buyuk kishilarning naqllari», «Musiqa haqida katta kitob», «Fuqarolik siyosati» va b. asarlari jamiyat va uni boshqarish, axloq-odob va ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlangan.
F. YAqin va O’rta SHarq mamlakatla-ri faylasuflari orasida birinchi bo’lib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi ta’limotni ishlab chikdi. O’rta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini asoslab berdi. «Har bir inson, — deydi F., — o’z tabiati bilann shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi... Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. SHuning uchun insonlar ko’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi». SHaharlar, uning fikricha, insonlarning jamoa bo’lib uyushishining oliy shakli bo’lib, unda insoniy barkamol bo’lib yetishishi uchun zaruriy sharoitlar bo’ladi. F. insonlar tabiiy ehtiyoj natijasida o’zaro birlashib, jamoani tashkil qilganligini alo-hida ta’kidlaydi.
F. ulug’ gumanist, insonparvar fay-lasuf sifatida inson qadr-qimmati-ni kamsituvchi va o’zga mamlakatlarni bosib olishga asoslangan jamiyatga qarshi chiqadi. Mutafakkir odamlarni tinch-totuv va o’zaro hamkorlikda yashashga, insonparvar bo’lishga da’vat etadi. «Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang’ich asos inso-niylikdir, shuning uchun odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari uchun o’zaro tinchlikda yashamoklari lozim», — deydi mutafakkir.
F.ning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq to’g’risida yaratgan yaxlit ta’limoti ilk o’rta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Uning qarashlari SHarq mamlakatlariga keng yoyildi. O’rta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn al-Kiftiy, Ibn Abi Usabi’a, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va b. Forobiyning ta’limotini chuqur o’rganib, uni yangi g’oyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlar-dan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy F.ning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axlo-qiy ta’limotidan bahramand bo’lganlar.
F. ilgari surgan fikrlar 16—20-asarda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish b-n o’rganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat SHarq mamlakatlarida emas, balki yevropada ham tarqaldi va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Zamahshariy ham ijtimoiy gumanitar fanlar sohasida ko’plab ilmi ymeros qolldirgan. Prezidentimiz «… o’rta asrlarda Xorazm diyoridan olis Arabistonga borib, arab tili grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan, ilm-fanning ko’plab boshqa sohalarida ham shuhrat qozongan Mahmud Zamahshariy bobomizni esga olaylik. O’zining jismoniy nogironligiga qaramay, dunyoning ko’plab mamlakatlariga mashaqqatli safarlar qilgan, teran bilimi va ilmiy salohi-yati bilan butun islom olamini lol qoldirgan bu zot, hech shubhasiz, xalqimiz uchun ma’naviy yetuklik timsoli bo’lib qolaveradi»[11].
Tarix va etnografiya sohasida Narshaxiy, SHarofiddin Ali YAzdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir singari kuplabsamarali ijodiy faoliyat olib bordilar.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, «Avesto»da ifodalangan falsafiy tamoyillar va milliy g’oyalar, ezgulik va yovo’zlik urtasidagi kurash, olam va odamning yaralishi, inson va uning kamoloti haqidagi diniy va ilmiy karashlar, poklik, xalollik, mardlik kabi komil inson sifatlari bugungi dunyoqarash shakllanishiga samarali ta’sir utkazadi. Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik to’g’risidagi g’oyalari, bu borada nixoyatda muxim axamiyatga molik. ayniksa, unlik sanok sistemasini butun insoniyat uchun eng kulay bo’lgan hisoblash tizimiga aylantirgan, insoniyatga «algebra» fanini xadya etgan, algoritmik ketma-ketlik uslubi haqidagi ilk g’oyani kashf kilgan xamda Muxammad ibn Muso al-Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari tabiatshunoslikka oid bir kator fanlarni kashf etib, tom ma’noda shark naturfalsafasining otasi bo’lgan, Abu Rayxon Beruniyning ijtimoiy-axlokiy karashlari bugungi kun uchun xam muxim. Falsafa tarixi, mantik, musikashunoslik, axlok singari soxalardan tashkari, sosiologiyaga oid ilk falsafiy sistemani ishlab chikkan Abu Nasr Forobiyning adolatli jamiyat haqidagi karashlarining o’z urni bor. Nafakat medisina fanining asoschilaridan, balki mantik ilmida xam mutafakkirlardan biri bo’lgan rasionalizm va irrasionalizmni sintez kilish asosida inson ruxiyatini nigilistik inkirozdan asrab kolgan, XX asr Gagb faylasuflari, ekzistensialistlari tomonidan Garbiy evropani ma’naviy tushkunlikdan kutkarilishida asos bo’lgan apa shu g’oya asoschisi - Abu Ali ibn Sinoning ta’limoti xam bunda o’z urniga ega. Mutafakkir shoir Alisher Navoiyning komil inson haqidagi falsafiy mushoxadalari, Bobur va Mashrab, Bedil va Donish xamda asrimiz boshidagi ma’rifatparvar ziyolilarning faoliyati xam milliy g’oya va istiqlol mafkurasining teran tomirlaridir.
MA’RIFIY ILDIZLARI.
Milliy g’oyamizning ma’rifiy asoslari uch ming yilliy davlatchiligimiz bilan bir vaqtda shakllana boshlagan. «Avesto»da bayon etilgan ma’rifatparvarlik g’oyalari buning isbotidir. Vatanimizda miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda boshlang’ich madaniyat markazlari vujudga kelgan, shaharlar tashkil topa boshlagan. SHahar madaniyatining eng asosiy elementi bu ma’rifat maskanlar, ta’lim tarbiyadir. Bu davrda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan Zardushtiylik faqat sof dingina bo’lib qolmasdan, balki o’z davri ma’naviyatining, o’sha davrdagi xalqlarning madaniyati, ma’naviyati, urf - odati, axloqi kabi masalalarni o’zida aks ettiradi va ma’naviy ma’rifiy jarayonlarga katta ta’sir ko’rsatadi.
Qadimgi davr madaniyati, ma’naviyati, jumladan, axloq, ma’rifat, ta’lim tarbiya haqidagi fikrlar xalq og’zaki adabiyotida, folklorlarda, turli xalq an’analarida ham o’z aksini topib kelgan. Go’ro’g’li, Alpomish, Rustam haqidagi dostonlarda xalqimizning urf odatlari, ruhiyati, xulq odoblarining ifodasini uchratishimiz mumkin. Bunday ma’lumotlar qadimgi sug’d, manixey, xorazm, turkiy yozuvlar na’munalarida saqlanib qolgan manbalarda ham uchraydi.[1]VIII-XIIasrlar davomida Vatanimiz hududida muhum o’zgarishlar sodir bo’ladi. O’lkamizga islom kirib keladi. Bu davrda ma’naviyatda hurfikrlilik, har qanday bilim, ilm-fanga hurmat, diniy oqimlar erkinligi ustunlik qiladi. Ta’lim tizimi takomillashadi, ilm dargohlari – madrasalar oliy va o’rta toifalarga ajraladi. SHuningdek ayrim madrasalarda tabiiy va aniq fanlarga ko’proq e’tibor berilsa (Samarqandda Ulug’bek madrasasi), ba’zilarida diniy bilimlar berish ustun xarakterga ega bo’lgan. Ta’lim tizimining hatto eng oliy bosqichi, maxsus tadqiqotlar lobarotoriyasiga ega bo’lgan akademiyalar ham faoliyat olib borgan. Bag’doddagi Ma’mun akademiyasi va Samarqanddagi Ulug’bek akademiyasi bunga misoldir.
XI-XII asrlarga kelib Vatanimiz hududidagi Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch, Axsiket, Xiva, SHosh va bashqa shaharlarda ko’plab ilm ma’rifat maskanlar imashhur bo’lgan
Bu davrda Movrounnahr va Xurosonda butun musulmon dunyosiga qator qomusiy allomalarani, ilohiyot nazariyotchilarni, mashhur adib va shoirlar yetishib chiqadilar. Ular o’zlarining kashfiyotlari yaratgan asarlari bilan dunyo ilm fani rivojiga ulkan hissa qo’shdilar. Dunyo sivilizasiyasida SHarq uyg’onish davri deb ataladigan bu davr mo’g’illar istilosi davrida turg’un holatga tushib qoladi, ta’lim tarbiya, ilm ma’rifat sohida ham bu
holat o’z ta’sirini ko’rsatadi
XIV asrning ikkinchi yarmi — XV asrda Amir Temur va Temuriylar SHohrux, Ulug’bek, Xusayn Boyqaro davrlarida Movarounnahr va Xuroson islom doirasidagi mafkuraviy erkinlik, madaniyatga e’tibor ilm-fan, adabiyot, san’atning tez rivoj topishiga olib keldi. Samarqandda rasadxona qurilib, Ulug’bek ilmiy maktabi shakllandi, aniq fanlar rivojida katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Qozizoda Rumiy, Koshiy, Ali Kushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon olamiga mashhur bo’ldi. Gumanitar — ijtimoiy fanlar va rassomlik, xattotlik oliy cho’qqilarga ko’tarildi. Jomiy, Behzod, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir kabi maiqur adib, rassom, tarixchilarning nomlari boshqa o’lkalarda ham tez ma’lum bo’ldi.
Fors tili o’z mavqeini caqlagan holda, adabiyotda turkiy tilning roli kuchayib ketdi.Bu davrda turkiy tildagi she’riyat sultoni Alisher Navoiy ijod etib, o’zining dostonlari, ilmiy-tarixiy asarlari bilan madaniyat tarixida o’chmas iz qoldirdi.
Bu davr mo’g’ullar istilosi natijasida uzilib qolgan Uyg’onish davri — Renessansning tiklanishi va oliy cho’qqisi edi. Uyg’onish davri ma’naviy-madaniy hayotida insoniy qadriyatlarning yuksak xislatlari — ilmga intilish, bilimni kuchaytirish, aqlni ulug’lash, insoniylik, ruhiy poklanish, axloqiy kamolotga erishuv, adolat, ijtimoiy yuksalish, barcha uchun baxt-saodat, do’stlik-birodarlik, komil insonni yaratish kabi masalalar olg’a surildi. Ular muhim ilmiy tadqiqotlar, adabiyot, san’at, diniy asarlarning mazmunini tashkil etdi. Bu davrdagi olim, mutafakkir, donishmand, san’atkorlarning ko’pchiligi shu maqsad yo’lida ijod qildi. Bu davr madaniyatining yutuqlari xalqimizning keyingi madaniy rivojlanishiga katta zamin yaratdi.
XVI-XIXasr birinchi yarmi madaniyatida ilm-fan, xususan tabiiy fanlarning o’rni susayganini, diniy bilimlar, diniy taaccyblikning roli kuchaya borganini ko’ramiz. O’zaro urushlar tufayli tashqi olam bilan aloqalar, ma’naviy-madaniy munosabatlarning kamayib ketishi ham madaniy hayotdagi ma’lum biqiqlikka, yangiliklardan uzilib qolishga olib keldi. Ilm-fan, madaniyat sohasida oldingi erishigan yutuqlar ham o’z ta’sirini yo’qotib, ularga murojaat etish o’rniga diniy ta’limotlar kuchayganini ko’ramiz. Natijada bu davrda an’anaviy islom, uning qoidalari jamiyat hayotida hal etuvchi o’rinni egallab, tasavvuf, xususan, naqshbandiya ham ma’naviy hayotdagi oldin ta’sirini yo’qota bordi.
SHu bilan birga bu davrda turkiy-o’zbek tilidagi badiiy adabiy namunalarining ko’paya borganini, adabiyot, she’riyat ma’naviy hayotning eng muhim asosiy sohasiga aylanib, an’anaviy lirik asarlar bilan birga shoir, adiblar dunyoviy hayot qiyinchiliklari, diniy taassublikning kuchayishiga bo’lgan noroziliklari, so’fiyona fikrlarini she’ri orqali ifoda etishga intilganliklarini ko’ramiz.
Bu davr Maxdumi A’zam, Mirzo Haydar, Abdulg’ozixon, Buxoriy kabi gumanitar ilm vakillari, Mashrab, Turdi, Nodira, Uvaysiy, Mynis Xorazmiy kabi mashhur shoirlarni yetishtirdiki, ular asarlarida zamonasining saboqlari, istaklari, alamlarini aks etdirdilar.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston o’z mustaqilligini yo’qotdi, rus chorizmi tomonidan bosib olindi.
Xonliklar va yerli xalqning keskin kurashi, qarshiligiga qaramay 1870-yillarga kelib Qo’qon xonligi tugatildi. Buxoro va Xiva xonliklari Rossiyaning vassaliga aylandi: Turkistonda rus mustamlakachilik tuzumi o’rnatildi, u rus general gubernatori tomonidan boshqarila boshlandi. Rus chorizmi Turkistonda o’z mustamlakachilik siyosatini o’tkazish yo’lida barcha choralarni amalga oshirib, uning boyliklaridan imkoni boricha keng foydalanishga kirishdi. Jahon va ayniqsa, YAqin SHarq mamlakatlaridagi o’zgarish va Rossiyaning yangi mustamlakasiga olib kelayotgan Ovrupo madaniyati yangiliklari Turkiston madaniyatida yerli xalqning mustamlakachilik siyosati, kamsitilishiga qarshi ma’rifatchilik harakatini kuchaytirib yubordi. U asosan, xalqni yangi madaniyat, ma’rifatga chaqirishga, millatni uyg’otishga, yangilayotgan ma’naviyatni egallashga yo’naltirilgan edi. Asta-sekin marifatchilikdan jadidchilik o’sib chiqdi va u ma’lum darajada siyosiy masalalarni olg’a sura boshladi. YAngi ta’lim - tarbiya, yangi maktab, yangi maorif, uni boshqarish, madaniy targ’ibot, tashkilotchilik masalalari asosiy o’ringa ko’tarildi. YAngiliklarga asoslangan holda va eski feodal maorifidan farq qiluvchi fikr-g’oyalar oldinga surildi ular yerli matbuot, turli kitoblar orqali keng targ’ib etildi. Bu - madaniyatdagi mustamlakachilikka qarshi kurashda xalq ongini oshirish, o’z ahvolini yaxshilashga intilishning ko’rinishlaridan edi.
XIX asrning oxiri — XX asr boshida Turkiston madaniyati qator talantli olim, sayyoh, shoir, pedagog, jurnalistlarni yetishtirib chiqardi, ular xalqimizning umumiy madaniy rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.
Bu davrda Ahmad Donish, Berdaq, Feruz, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Bayoniy, Avaz O’tar kabi olim, shoirlar o’z davrining muhim masalalarini ko’tarib chiqdilar va xalqni ilm-fan, marifatni egallashga undadilar.
Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Ayniy, Hamza kabi talant egalari jadidchilik g’oyalarini olg’a surish va targ’ib qilish sohasida bayroqdor bo’lib tanildilar, Turkistonning o’z rivojlanish yo’liii targ’ib etishda jonbozlik ko’rsatdilar.
Behbudiy - XX asr bo’sag’asidagi Turkiston ijtimoiy- siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, yangi davr o’zbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g’oyasining yalovbardori, yangi maktab g’oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o’zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist. U Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, boshlab beruvchisi edi.
1903—1904 yillarda Moskva, Peterburgga boradi, 1907 yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novgorodga bo’ladi. Nijniy Novgorodga 1907 yilning 23 avgustida Rossiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bag’ishlangan qurultoyi chaqiriladi. Behbudiy turkistonliklar guruhini boshqaradi va katta nutq suzlaydi.
Ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmaydi. Zamon va dunyo vokealari bilan tanishib bormoq kerak. Millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo’lmoq lozim. Millat uchun oyna kerak, toki undan o’z qabohatini ham, malohatini ham ko’ra olsin.
Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuotga boshladi. «Padarkush» dramasi shu tariqa maydonga keldi.
1913 yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug’ullandi. Apreldan «Samarqand» gazetasini chiqara boshladi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so’ng to’rt sahifada chop etilgan. Behbudiy shu yilning 30 avgustidan «Oyna» jurnalini chiqara boshlaydi. «Oyna» jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatishda juda katta xizmat qildi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixi, til-adabiyot masalalari, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan.
Jadidchilik harakatining yirik vakili, ma’rifatparvarlik g’oyasining tolmas targ’ibotchisi Munavvarqori Abdurashidxonovdir. U 1909 yil¬da boshqa ma’rifatparvar jadidlar bilan birga «Jamiyati xayriya» tuzadi. 1913 yilda «Turon» jamiyatini ta’sis etadi. «Maktab», «Nashriyot» kabi shirkatlar ochadi. Jamiyatning maqsadi yerli musulmon aholisi orasida maorif-madaniyatga rag’bat uyg’otish, ularga moddiy-ma’naviy yordam berish, ular uchun sahna asarlari tayyorlash va ko’rsatish edi. Munavvarkori yoshlarni rivojlangan mamlakatlarda o’qitish, shu orkali Millat va Vatanni farzandlarga tanitish, dunyoni anglatish ishlariga alohida e’tibor berdi. 1908 yildan 1923 yilga qadar uning g’ayrat va tashabbusi bilan yuzdan ortiq turkistonlik chet elda o’qib keldi.
1918 yilning bahorida Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo’limini tuzdi. SHu yil¬ning mayidan dekabriga qadar ushbu musulmon xalq universitetining rektori vazifasini bajardi, til bilimidan dars berdi, ulkan tashkiliy ishlar olib bordi. Turkistondagi zamonaviy oliy ta’limning maydonga kelishida o’zining munosib hissasini qo’shdi.
XIX - asr oxiri XX - asr boshidagi o’zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri — ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir.
1909 yilda maktab-maorif ishlariga yordam beruvchi «Jamiyati xayriya» ochib, yetim bolalarni o’qitdi. «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» nomli to’rt qismdan iborat she’riy to’plamining birinchi juz’ini nashr qildirdi. «Taraqqiy», «SHuhrat» (1907), «Osiyo» (1908), «Turon» (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston SHo’rolar hukumatining birinchi gazetasi «Ishtirokiyun»ning tashkilotchilaridan va uning birinchi muharrirlaridan buldi. U turli mas’uliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya masalalari bilan shug’ullanib keldi, bilim yurtlarida, oliy maktablarda o’qituvchilik qildi. 1930—34 yillarda O’rta Osiyo davlat universitetida (hozirgi O’zMU) kafedrani boshkardi.
Avloniy 1927 yilda «Mehnat Qahramoni» unvoniga sazovor bo’ldi.
Uning madaniyatimiz tarixidagi o’rni haqida ran ketganda, ikki jixatini alohida ta’kidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy- badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga ko’tarilgan ma’rifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.
Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilg’or ilm-fanni bolalarga o’rgatishni o’z oldiga asosiy vazifa qilib qo’ygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega bo’lishini ta’minlaydigan haqiqiy xalq maktabi bo’ldi.
Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun «Birinchi muallim»i (1911) 4 marta, «Alifbedan so’nggi o’quv kito¬bi»—«Ikkinchi muallim» (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy-didaktik mazmundagi «Turkiy Guliston yoxud axloq» darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiy-pedagogik fikr taraqqiyotida alohida o’rin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil kilingan.
Fitrat XX asr o’zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili, qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, o’tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jangovar publisist, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi.
Jadidlar maslahati va yordami bilan bir gurux yoshlar, jumladan, Fitrat Istambulga o’qishga yuboriladi. U 1909—1913 yillarda Turkiyada taxsil oldi. Turkiyadagi hayoti Fitratning dunyokarashi, siyosiy ongi va adabiy didini o’zgartirib, o’stirib yubordi. Turkiston xalqi hayotiga Turkiyadagi o’zgarishlar (bu paytda u yerda «Esh turklar inkilobi» vokeasi bulgan edi) va ilg’or mamlakatlar nuqtai nazaridan karay boshladi: diniy xurofotlarni keskin tanqid qilishga, hatto dinni, maktab-maorifni va Turkistondagi idora usulini isloh etish g’oyasi bilan nafas oldi.
Fitratning «Sayyoh hindi» («Hind sayyohining qissasi») nasriy asari 1912 yilda bosildi. Asarda jaxon xalqlari, ilg’or mamlakatlar fuqarosi kuzi bilan Buxoro, umuman Turkistonning davlat tuzumiga, tartib-koidasiga, maorifiga nazar tashlab, ulardagi ibratli jihatlarni qo’llab-quvvatlab, illatlarini esa beayov fosh etadi. U o’zbekning o’zligini tanishi, ota-bobolari kabi ulug’vor kashfiyotlar qilishga, birlashgan, kuchli, kudratli davlat tuzishga va dunyoning ilg’or madaniy mamlakatlariga yetib olishga chaqirdi. Butun ijodining moxiyati xalqning qalb ko’zini ochishga va mehnat, yaratish, o’qish, kurashga da’vatdan iboratdir.
Vatanimizda ilm ma’rifatni targ’ib qilgan jadidchilarimizning aksariyati qatog’on qurbonlari bo’ldilar. Bugun ular muqaddas tutgan yurt ozod va mustaqil bo’ldi. Ular jon fido etgan istiqlol avlodlariga nasib etdi. Mil¬lat va Vatan mustaqilligi yo’lida fido bo’lganlar esa shu Millat va Vatan umri qadar boqiydirlar.
Istiqlolning dastlabki vaqtlaridanoq Prezidentimiz shunday deydi.
“Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma’rifatdir. Asrimiz boshida Turkistonda kechgan voqealarni bir eslang. Nega bu o’lkada o’sha yillari ma’rifatchilik harakati har qachongidan ham kuchayib ketdi? Negaki, chor Rossiyasi asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan o’lkani uyg’otishga, xalqning ko’zini ochishga faqat ma’rifat orqaligina erishish mumkin edi”[2]“Ma’rifatparvarlik biz uchun bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, yo’qotmaydi ham. Aql - zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni yecholmasak, barcha toat - ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo’lmaydi!”[3]Mustaqillikdan so’ng Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini qabul qilinishi va Ta’lim to’g’risidagi qonunlarni mazmun va mohiyati ham ma’rifatga qaratilgan. Mamlakatimizda ta’lim tarbiya sohasiga katta e’tibor berilmoqda. 1 oktyabr “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” umuxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda.
SHaxs ma’naviyatini shakllanishida ta’lim tarbiya va murabbiy uztozlar ahamiyatini Prezidentimiz o’uyidagicha ta’kidlaydi. “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. SHuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot — o’qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.
Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rni-mizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizga yaxshi tasavvur qilamiz”[4]“SHu nuqtai nazardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. CHindan ham, o’qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo’’tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko’rgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o’qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o’rin tutishidan dalolat beradi”[4]
Do'stlaringiz bilan baham: |