Sotish (tijorat) konsepsiyasi
Marketing konsepsiyasi
2.-rasm. Sotish va marketing konsepsiyasi
Mahsulotlar kо‘rinishi va texnologiyasi qisman о‘zgartirilgan holda kо‘plab ishlab chiqarishlar boshlandi. Raqobat kurashining asosiy shakli narx raqobatiga aylandi. Shuning uchun keyingi yillarda xarajatlarni kamaytirish, samarador texnologiyalarni joriy etish yо‘lida doimiy kо‘rash olib borish muvaffaqiyat garovi bо‘lib qoldi.
5. Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi
Ijtimoiy axloqiy marketing konsepsiyasi - bu konsepsiya korxonaning vazifasi yakka shaxslarning talabini о‘rganish, tahlil qilish va bu talablarni samarali qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va mustahkamlashdan iborat deb qaraydi. Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy resurslarning yetishmasligi, umumjahon inflyatsiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining g‘arib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga tо‘g‘ri kelishiga bildirilgan shubhalar avj olib tо‘rgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab etdilar va natijada bozor marketinggi konsepsiyasi paydo bо‘ldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muhim ishga qо‘l urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham uylay boshlaydilar. Ijtimoiy-axloqiy marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch omilni о‘zaro bog‘liglikda qarashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari. Bu quyidagi 2.3-rasmda о‘z ifodasini topgan.
3 - rasm. Ijtimoiy ahloqiy marketing subyektlari
Marketingni о‘zaro aloqaviy konsepsiyasi. Marketingni о‘zaro aloqaviy konsepsiyasining asosiy g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni qatnashchilari о‘rtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi. Marketingni о‘zaro aloqasi samarali kommunikatsiya, shaxsiy muloqotlar ahamiyatini oshiradi. Marketingni о‘zaro aloqasi kommunikatsiyani kengroq jihatda – kompaniya bilan uning sheriklari о‘rtasidagi daromad olib keluvchi xohlagan о‘zaro aloqasi sifatida kо‘radi.
Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qо‘llanish jarayoni о‘tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari bо‘lib hisoblanadi. XXI asrning 2008 yilida iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishi natijasida moliya bozorlari xizmatlarida marketing tizimini keng qо‘llash ahamiyati yanada ortadi.
Marketing evolyusiyasi marketing konsepsiyasini, shaklini va elementlarini о‘zgarishi bilan kuzatiladi. Quyida marketing evolyusiyasini nazariy asoslari, uslublari, qо‘llash sohalari bilan tanishib chiqamiz (2.3-jadval).
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |