Korxona marketing axborot tizimlarida kommunikatsion jarayonlar Birlamchi ma’lumotlarning manbalari, KJni amalga oshirishning usullari, texnologiyalari va texnikasini ta’minlashga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
• korxona markyoting boshqaruvining oldiga qo‘yilgan maqsadlar;
• tadqiqot qilinayotgan muhitning axborot tizimining xususiyatlari.
Ta’kidlanganidek, marketing tadkiqotlarining axborot bazasi uchta tashkil qiluvchilar: tovarlar va xizmatlar bozori; ishlab chiqarish sohasi va tashqi makromuhit asosida shakllanadi. Bu manbalardan har biri axborot-larning boshqalardan farqlanuvchi, shaxsiy tizimi bilan ta’riflanadi:
• tadqiqotlarni o‘tkazishning qiymati va bu maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar;
• tadqiqotlarni o‘tkazishda tajribali va tegishli malakaga ega mutaxassis-larni jalb etish;
• bozor infratuzilmasidan rivojlanganlik darajasi;
• hisoblash texnikasi vositalari va boshqa maxsus uskunalarning mav-judligi;
• tadqiqot natijalarining ob’ektivligi va maxfiyligini ta’minlash zarurligi.
Bozor va tashqi makromuhit haqidagi birlamchi ma’lumotlarning quyidagi manbalari mavjud:
1. Doimo tanlanmaydigan ta’sirning kommunikatsion kanallari tomo-nidan taqdim etilgan umumiy marketing axborotlarining manbalari:
a) umumiy iqtisodiy yo‘nalishdagi davriy bosma nashrlar;
b) ommaviy axborot vositalarining texnik kanallari (televideniye, radio);
c) ommaviy harakterdaga reklama faoliyati.
Xodisaviy tanlanmagan ta’sir kommunikatsion kanallariga quyidagilar kiradi:
a) ko‘rgazmalar, majlislar, anjumanlar, tadqiqotlar, ochiq eshiklar kunlari;
b) chiqarilayotgan qonunlar va hujjatlar;
c) davlat siyosiy va jamoat arboblarining chiqishlari.
2. Tanlangan ta’sirning kommunikatsion kanallari tomonidan taqdim etiluvchi sohaviy marketing axborotlarining manbalari:
a) korxonalarning nashr qilinayotgan buxgalteriya va moliyaviy hisobotlari;
b) korxona va firmalar rahbarlarining hissadorlar majlislardagi hisobotlari;
c) ishlab chiqarish bo‘yicha bosma nashrlar;
d) tovarlarning imkoniyatlarini namoyish qilish;
e) ixtisoslashtirilgan firmalar tomonidan bosma mahsulot yoki axborotlarning mashinada o‘qiladigan manbalari ko‘rinishida tarqatiladigan iqtisodiy harakterdagi ma’lumotlar;
f) ma’lumotlarning tijorat bazalari va banklari.
Auditoriyadagi shaxslar guruhini bir-birlari bilan telefon yoki faks aloqa orqali, televideniye yordamida bevosita muloqotini ko‘zda tutuvchi shaxsiy kommunikatsion kanallari ham manbalarning ushbu guruhiga kiradi. Kommunikatsiyaning bu turi shaxsiy fikrni aks etgirish va teskari aloqani o‘rnatish uchun hech qanday o‘rin qoldirmasligi sababli samaralidir. Shaxsiy kommunikatsiya kanallarini ishtirok etayotgan kategoriyalariga ko‘ra quyidagilarga ajratish mumkin:
• izohlovchi, tashviqot qiluvchi, unda iste’molchilarning maqsadiy guruhlari bilan aloqaga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalarning rahbar, mutaxassis va marketologlari ishtirok etadilar;
• ekspertli — baholovchi, unda asosiy rol ishlab chiqarilgan mahsulotga xolis baho beruvchi mustaqil ekspertlarga ajratiladi.
Shaxsiy ta’sir harid qilinishi oshirilgan havf-xatar bilan bog‘liq yuqori qiymatga ega texnik murakkab tovarlarning iste’molchilari muhitida katta salmoqqa ega. Ko‘pchilik hollarda tovarni harid qilishda hal qiluvchi rolni obro‘li shaxsning fikri o‘ynaydi.
Maqsadi aniq marketing vazifasi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha axborotlarni yig‘ish bo‘lgan maxsus marketing tadqiqotlarini o‘tkazish natijasida shakllanadigan manbalar.Maxsus tadqiqotlar yoki shaxsiy marketing xizmatini kuchi bilan, yoki shunday turdagi ishlarni bajarishga ixtisoslashayotgan firma yordamida amalga oshiriladi.