3. Markaziy bankning iqtisodiysiyosiy mustaqilligi va uni belgilovchi me’zonlar.
Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi mamlakatda monetar siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim o‘rin tutadi.
Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyotida turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan so‘nggilari sifatida “The New Index for Central Bank Independence” reytingli baholash ko‘rsatkichini keltirish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda asosiy me’zon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik (MM) ko‘rsatkichlariga jaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi.
A. Monetar siyosat mustaqilligi (MSM)
A1. Markaziy bankning konservativlik darajasi yoki samarali maqsad va vazifalarni o‘rnatishdagi mustaqilligi.
Monetar siyosatning maqsadi faqatgina baholar barqarorligi yoki baholar barqarorligi asosiy hisoblanib, u uzoq muddatga mo‘ljallangan monetar siyosatning vazifasi bo‘lsa (3 ball)
Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va boshqa aspektlar, masalan, moliyaviy barqarorlik, valyuta kursi barqarorligi hamda bank sektori barqarorligini ifodalasa (2 ball)
Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va iqtisodiy o‘sish hamda ish bilan bandlik barqarorligini ifodalasa (1 ball)
Monetar siyosatning maqsadi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy o‘sish va ish bilan bandlik barqarorligini qisman ta’minlasa yoki baholar barqarorligini ta’minlashga imkoni yo‘q bo‘lsa (0 ball)
A2. Vazifalar va ko‘rsatgichlarni belgilash mustaqilligi
Markaziy bank bir qancha ko‘rsatkichlar yoki vazifalarni, masalan, valyuta kursi, pul agregatlari, foiz stavkasi yoki Inflatsiyani o‘zi o‘rnatishi (3 ball)
Markaziy bank va Hukumat birgalikda ko‘rsatkichlar va vazifalarni, masalan, siyosiy bitim va kelishuvlar orqali belgilasa (1,5 ball)
Hukumatning o‘zi maqsadga erishish vazifalarini belgilasa (0 ball)
A3. Markaziy bank qo‘llaydigan instrumentlar mustaqilligi darajasi
Markaziy bank o‘z maqsadlariga erishishida monetar siyosatning instrumentlarini o‘zi belgilasa (3 ball)
Markaziy bank va Hukumat birgalikda monetar siyosatning instrumentlarini o‘zi belgilasa (1 ball)
Hukumatning o‘zi instrumentlarini o‘zi belgilashda qaror qabul qilsa (0 ball)
A4. Umumiy siyosat yuritishdagi munozaralar(konfliktlar)
Markaziy bank siyosat yuritishda Hukumatdan mutlaq ustunligi (3 ball)
Hukumat ushbu jarayonda keyinchalik Markaziy bankga ustunlik berishni maqsad qilsa (0,5 ball)
Hukumat mutlaq ustunlikka ega bo‘lsa (0 ball)
A5. Valyuta kursi siyosati koordinatsiyasi
Markaziy bank valyuta kursi va xorijiy valyuta kursi siyosatlari barqarorligini saqlab turadi va tijorat banklari tomonidan qaraganda Hukumatga bo‘ysinadi (1 ball)
Markaziy bank valyuta kursi va xorijiy valyuta kursi siyosatlarini Hukumat yo‘riqnomalari asosida ishlab chiqsa (0 ball)
A6. Moliyaviy nazorat
Bank nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshirilsa va Hukumat organiga hisobot bersa (1 ball)
Bank nazorati Markaziy bank va maxsus hukumat organi bilan birgalikda amalga oshirilsa (0,5 ball)
Monetar siyosatning funksiyasi va bank nazorati boshqa yagona moliyaviy institut tomonidan amalga oshirilsa (0 ball)
MSM uchun maksimal ball =12 ball
Siyosiy mustaqillik yoki personal mustaqillik (PM)
V1. Markaziy bank Raisini tayinlash
Markaziy bank Raisi markaziy bank Kengashi yoki boshqa hukumat organlari bilan birgalikda xolisona tayinlansa (2 ball)
Hukumat Markaziy bank Raisi nomzodini kiritsa va tayinlasa, masalan, Moliya vazirligi nomzodni kiritsa va Vazirlar Mahkamasi Raisni tayinlasa (0 ball)
V2. Markaziy bank Boshqaruvi vazifasining amal qilish muddati
5 yildan ortiq muddatga (2 ball)
5 yil muddatga (1 ball)
4 yil muddatga (0,5 ball)
4 yildan kam muddatga (0 ball)
V3. Markaziy bank Raisi mustaqilligi
Markaziy bank Raisi bankning qoniqarsiz faoliyat ko‘rsatayotganligi ustidan nazorati yuqoriligi (1 ball)
Agar boshqa ishtirokchilar transparent bo‘lmasa (0,5 ball)
Markaziy bank Raisi Hukumatga bo‘ysinsa (0 ball)
V4. Kengash a’zolarini tayinlash
Hukumat kengash a’zolarining yarmidan ko‘pini tayinlasa yoki boshqa organlar, masalan, Moliya vazirligi nomzodlarni kiritsa va qonunchilik organi tayinlasa (3 ball)
V5. Kengash a’zolarining vazifalarining amal qilish muddati
5 yildan ortiq muddatga va o‘zgartirilgan (2 ball)
5 yil muddatga va o‘zgartirilgan (1 ball)
4 yil muddatga va o‘zgartirilgan (0,5 ball)
4 yimldan kam muddatga va o‘zgartirilgan (0 ball)
V6. Markaziy bank Kengashida Hukumatning ishtiroki darajasi
Hukumatning Markaziy bank Kengashida hal qiluvchi ishtiroki bo‘lmasa (2 ball)
Hukumatning Markaziy bank Kengashida hal qiluvchi ishtiroki bo‘lsa (0 ball)
PS uchun maksimal ball =12 ball
S. Fiskal mustaqillik yoki moliyaviy mustaqillik (MM)
S1. Majburiyatlar bo‘yicha limitlar (Sek’yuteritizatsiya qilinmagan kreditlar bo‘yicha)
Markaziy bankning Hukumat oldida hech qanday majburiyati bo‘lmasa (3 ball)
Markaziy bank majburiyatlarning bir qismini zimmasiga olganda (2 ball)
Markaziy bank va Hukumat majburiyatlari bo‘yicha hech qanday qonuniy cheklov bo‘lmasa (0 ball)
S2. Sek’yuteritizatsiya qilingan kreditlar bo‘yicha limitlash
Markaziy bankning Hukumat oldida hech qanday majburiyati bo‘lmasa (1,5 ball)
Markaziy bank majburiyatlarning bir qismini zimmasiga olganda (1 ball)
Markaziy bank majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishida qisman cheklov mavjud bo‘lsa (0,5 ball)
Markaziy bank va Hukumat majburiyatlari bo‘yicha hech qanday qonuniy cheklov bo‘lmasa (0 ball)
S3. Markaziy bank kreditlari bo‘yicha limitlar o‘rnatish ixtisosligi darajasi
Markaziy bank kreditlari absolyut valyuta qiymatida ifodalansa (1,5 ball)
Markaziy bank kreditlarining bir qismi Hukumat daromadlari hisobidan amalga oshirilsa (1 ball)
Markaziy bank kreditlari to‘liq Hukumat xarajatlari hisobiga bo‘lsa (0 ball)
S4. Kreditlar muddati
Markaziy bank kreditlari muddati 6 oydan oshmasa (2 ball)
Markaziy bank kreditlari muddati 6 oydan ortiq, lekin 1 yildan oshmasa (1 ball)
Markaziy bank kreditlari muddati bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q bo‘lsa (0 ball)
S5. Foiz stavkasi
Markaziy bank Hukumatga bozor foiz stavkasida kredit bersa (2 ball)
Markaziy bank Hukumatga bozor foiz stavkasidan pastroq, lekin ijobiy stavkada kredit bersa (0 ball)
S6. Hukumat qimmatli qog‘ozlari oldi-sotdisida Markaziy bankning birlamchi bozorda ishtiroki
Markaziy bank Hukumatning qimmatli qog‘ozlarini birlamchi bozordan sotib oluvchi sifatida emas, balki volantyor bo‘lib qatnashsa (2 ball)
Markaziy bank Hukumatning qimmatli qog‘ozlarini birlamchi bozordan sotib oluvchi va faol ishtirokchi bo‘lsa (0 ball)
MM uchun maksimal ball =12 ball
Maksimal ball: MBM=MSM+PM+MM=36 ball
Markaziy bank mustaqilligini aniqlashda 25 ta mamlakatda tadqiqot o‘tkazilagn bo‘lib, unda monetar siyosat mustaqilligi MSM A1, A2, A3, A4, A5 va A6 agregatlari yig‘indisidan, PM V1, V2, V3, V4, V5 va V6 agregatlari yig‘indisidan, MM S1, S2, S3, S4, S5 va S6 agregatlari yig‘indisidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |