2-mavzu: Maktabgacha ta’limni rivojlantirishning konseptual asoslari



Download 27,39 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2022
Hajmi27,39 Kb.
#419365
  1   2
Bog'liq
2-семинар (1)


2-MAVZU:
Maktabgacha ta’limni rivojlantirishning konseptual asoslari.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda birinchi Prezident Islom Karimov rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta’lim tizimini tubdan yangilash va islox, etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiklolning dastlabki yillaridayoq Kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g‘oyasini ilgari surib: «Ta’lim berishning, ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi buyicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chikilishi zarur. Sifat jixatidan butunlay yangi o‘quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta’lim-tarbiya sohasiga oid ko‘plab qonunlarning, tegishli me’yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi.
Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, urta maxsus va kasb-xunar hamda oliy ta’limni uch boskichda islox, qilishni, besh bosqichli ta’lim tizimini yaratish kuzda tutilgan edi. Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi Prezidentimiz tomonidan 1997 yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod — O‘bekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o‘xshashi yo‘q uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta’minlash, qobiliyatlarini ruyobga chiqarish, o‘qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma’naviy-ma’rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak xurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining qonuniy asoslari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun (1992 y.), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 y.), «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (2008, 2011), «Maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risida»gi Nizom (2007), «Bolajon» dasturi (2010) va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilab berilgan. Masalan, 2008 yilda Xalk, ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chikdlgan «Maktabgacha ta’lim tugrisida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalari tarakdiyotining ustuvor yunalishlari, ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo‘lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgavn holda rivojlanish darajasini aniklash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Markamasi tomonidan 2010 yil 18 iyunda qabul qilingan «Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan mazkur muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustaxkamlandi, zarur mutaxassislar, jumladan, psixologlar, defektologlar va tibbiy xamshiralar bilan to‘liq ta’minlandi. Ushbu muassasalarda imkoniyati cheklangan bolalarga yordam berish va ularni maktabda o‘qitish uchun barcha ishlar amalga oshirilmokda.
Respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning xayoti va sog‘ligini muxofaza etish masalalariga aloxida e’tibor qaratib kelinmokda. Jumladan, Xalq ta’limi va Sog‘likni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola xayoti va sog‘ligini muxofaza etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda bolalar xayoti va sog‘ligini muhofaza etishni tashkil kilish tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda sogliqni muxofaza etishga, yong‘in xavfsizligiga doir talablar bayon etilgan. Bugungi kunda O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yunalishlariga ko‘ra kuyidagi turlarga bo‘linadi:
• bolalar yaslisi, bolalar yasli-bog‘chalari, bolalar bog‘chalari, oilaviy bolalar bog‘chasi (xam aloxida muassasa, xam filial tarzida);
• maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim (bolalar bog‘chasi —maktab);
• bir necha ustuvor yo‘nalishda faoliyat yurituvchi maktabgachata’lim (badiiy-estetik, tillarni o‘rganish vasport yo‘nalishlari va x-k);
• imkoniyati cheklangan bolalarga (jismoniy yoki ruxiyjixatdan) malakali yordam ko‘rsatadigan bolalar bog‘chasi;
• tibbiy-gigienik, profilaktik va sog‘lomlashtirishtadbirlari orkali jismonan zaif bolalarga qarab turish va ularning sog‘ligini tiklashga yo‘naltirilgan bolalarbog‘chasi;
• aralash tusdagi bolalar bog‘chasi (uning tarkibigaumumrivojlantiruvchi, sog‘lomlashtiruvchi va boshqa guruxdar kirishi mumkin).
Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg‘armalar, shuningdek, tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmokda. Bugungi kunga kelib, respublikada 6911 ta maktabgacha ta’lim va 605 ta maktabdan tashqari muassasalar faoliyat yuritib, ularda amaldagi qonunchilikka binoan, ta’lim-tarbiya ishlari, asosan, o‘zbek tilida, shuningdek, koraqalpoq, rus, tojik, qirg‘iz va qozok, tillarida olib borilmokda. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterga ega ekani;
2) ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
3) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo‘nalishini akademiklitseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
4) ta’lim tizimining dunyoviyligi;
5) Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga ega ekani;
6) ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
7) Har bir shaxsning bilim olishi va iste’dodinirivojlantirishni rag‘batlantirilishi;
8) ta’lim tizimida davlat va ijtimoiy boshkaruvining uzaro uyg‘unligi.
Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta’limtizimini boshqarishda quyidagi omillar alohidaahamiyat kasb etadi:
1) demokratik -xalqparvarlikk asosida boshqaruv. O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasi va Xalq ta’limitizimiga doir konun xujjatlari asosida ishlarni tashkiletish;
2) yakkaboshchilik tamoyili ma’lum maqsadga qaratilgan ish usuli bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasalariyillik ish rejasini to‘liq bajarishga qaratiladi;
3) Hamkorlik tamoyili — barcha masalalarni jamoaa’zolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi.
4) amaliylik tamoyili pedagogik, metodik va xujalik ishlarini ma’lum maqsadga qaratilgan xolda aniq puxta tashkil etish va bajarilishini tahlil qilish;
5) xujalikni boshqarish tamoyili ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish asosida smetadagi mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash, uning bandlarini o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish;
6) tanqid va o‘z-o‘zini tanqid rahbar va har bir xodimning o‘z ishiga nisbatan talabchanlik bilan yondashish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlarga tanqidiy munosabat;
7) farqlash tamoyili
Download 27,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish