2-Mavzu: Maktabgacha ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar
Reja:
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar.
2. Kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs sifatlari.
3. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi.
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017-2021 ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intelektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma’naviy-ma’rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Texnologiya – Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan - "texnos" (techne) - san’at, mahorat, hunar va "logos" (logos) - fan so‘zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi.
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi deb ta’rif beradi pedagog olim (V.M.Shepel). Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at).
Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g‘oyalar muhim o‘rin tutadi:
Shaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash:
bola ta’lim tashkilotlarida – to‘la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub’ekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi.
2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish Bolalarga nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o‘z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, pedagog va bolaning huquq jihatidan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish kabi holatlarni ifodalaydi.
3. Individual yondoshishning yangi talqini.
Materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi bolalarga mo‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.
4. Shaxsning ijobiy «Men-konsepsiyasi»ni shakllantirish.
Men-konsepsiyasi – bu shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo‘lib, ijobiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag‘batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Salbiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o‘qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Pedagogning vazifasi har bir bola timsolida komil shaxsni ko‘rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida).
Do'stlaringiz bilan baham: |