Turizmni samarali rivojlantirish, boshqarish va undan foydalanish uchun muayyan institutsion elementlar lozim. Bularga quyidagilar kiradi:
Turizmni samarali rivojlantirish, boshqarish va undan foydalanish uchun muayyan institutsion elementlar lozim. Bularga quyidagilar kiradi:
Tashqiliy strukturalar - davlat turistik muassasalari va xususiy sektor assotsiatsiyalari, masalan mehmonxonalar assotsiatsiyasi;
Turizmga taalluqli qonun va qoidalar, masalan, mehmonxona va turistik agentliklar uchun litsenziya talablari va standartlar;
Ta’lim va professional tayyorgarlik bo‘yicha dasturlar hamda turizm sektori uchun malakali kadrlar tayyorlaydigan o‘quv muassasalari;
Turistik diqqatta sazovor joylar, ob’ektlar, xizmatlar va infrastrukturani rivojlantirish uchun moliyaviy mablag‘larning mavjudligi, shuningdek investitsiyani jalb qilish mexanizmlari;
Turistlarga tegishli mamlakat yoki hudud to‘g‘risida ma’lumot berish va bu mamlakat yoki hududga kelishga qiziqtirishga qaratilgan marketing strategiyasi va dasturlari, shuningdek turistlarni qabul qiladigan markazlardagi axborot xizmatlari;
Turistlarga tegishli mamlakat yoki hudud to‘g‘risida ma’lumot berish va bu mamlakat yoki hududga kelishga qiziqtirishga qaratilgan marketing strategiyasi va dasturlari, shuningdek turistlarni qabul qiladigan markazlardagi axborot xizmatlari;
Turistik rasmiyatchiliklarni (shu jumladan viza talablarini ham), bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish, turistlarning mamlakatga kirish va chiqib ketish punktlarida boshqa ob’ektlar va xizmatlar tashqil etish;
Institutsion elementlar jumlasiga yana turizmning iqtisodiy foydasini kuchaytirish va taqsimlash usullari, atrof muhitni muhofaza qilish, salbiy ijtimoiy ta’sirlarni yumshatish hamda turistik hududda yashayotgan aholi madaniy me’roslarini saqlab qolish bo‘yicha tadbirlar ham kiradi;
Turizmni o‘zaro bog‘langan sistema sifatida prognozlashtirish uning barcha qismlari, ya’ni talab va taklif omillarini, jismoniy za institutsion elementlarni kompleks rivojlantirishga qondirishga bo‘lishi kerak.
Agar bunday sistemaning barcha komponentlarini birgalikda rivojlanishini ko‘zda tutgan holda kompleks prstnozlashtirilsa, u birmuncha samarali faoliyat ko‘rsatadi hamda kutilgan foyda keltiradi. Ba’zan bunday kompleks sistemali yondashuv turizmni prognozlashtirishda keng qamrovli yondashuv deb ham ataladi. CHunki prognozlashtirish va ishlab chiqish jarayonida turizmning barcha elementlary ko‘zda tutiladi.
Prognozlashtirish turizm sistemasining ichida bir butunlay ta’minlash uchun qanchalik muhim bo‘lsa, turizmning tegishli mamlakat yoki hududning umumiy siyosati, rivojlanish prognozlari va modellariga uyg‘unlashtirish ham shunchalik muhimdir. Bunday integratsiyani prognozlashtirish rivojlantirishning turli yo‘nalishlari uchun muayyan resurslar 1 km joylardan foydalaiish bilan bog‘lik bo‘lgan har qanday potensial qarama-qarshiliklarni hal etadi. U shuningdek, qimmatli infrastrukturadan jamiyat va turizmning umumiy ehtiyojlarini qondirishda ko‘p maqsadlarda foydalanishni ham ta’minlaydi.
Muayyan hudud uchun turizmni rivojlantirish siyosati va prognozlarini ishlab chiqish va ularni qabul qilishga alohida e’tibor qaratiladi. CHunki bu rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarga nisbatan qaror qabul qilishga rahbarlik qilishni ta’minlaydi. SHu bilan birga turizmni prognozlashtirish-bu oldinga intiluvchi va o‘zgaruvchan jarayondir. Siyosat va prognozga doyr tavsiyalar shunday to‘zilishi kerakki, bu ularning sharoitga qarab o‘zgarishiga tusqinlik qilmasin. o‘ta qattiq va keskin prognozlashtirish rivojlanish jarayonining har xil o‘zgarishlarga moslashishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Transport texnologiyasiga keskin o‘zgarishlar yuz berishi, turizmning yangi shakllari paydo bo‘lishi va bozor tendensiyasida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Prognoz o‘zgaruvchan harakterga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, hattoki konkret rivojlanish modellari o‘zgargan sharoitda ham, uning asosiy vazifalari tug‘risida unutmaslik lozim. SHu bilan birga rivojlanishning barqarorligini hamma vaqt bir xilda tutib turishi kerak.
Turizmni prognozlashtirish jarayonida amalga oshirish mumkin bo‘lgan ijodiy va innovatsion harakterdagi tavsiyalar ishlab chiqish lozim. Butun prognozlashtirish jarayoni davomida ushbu prognozlarni bajarishning turli yo‘llari o‘rganib chiqilishi zarur. Bunday yondashuv ishlab chiqilgan tavsiyalarning bajarilishini ta’minlaydi hamda ularni bajarish usullarini belgilash uchun asos yaratadi. Bunday usullar ma’lum konsepsiyalar asosida yaratilishi shart emas, ular o‘ziga hos original bo‘lishi ham mumkin. Turizmni rivojlantirish prognoziga uni bajarish usullarini kiritish, ba’zi hollarda bunday prognoz tavsiyalarini bajarish usullari to‘g‘risida alohida ko‘llanma tayyorlash oddiy hol hisoblanadi.
Rivojlanishning barqarorligiga erishish hozirgi kunda turizmni prognozlashgirishga, shuningdek rivojlanishning boshqa turlariga qo‘llaniladigan asosiy konsepsiya hisoblanadi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga ko‘ra turizmning tabiiy, madaniy va boshqa resurslari kelajakda ham doimiy ravishda foydalaiish maqsadida saqlanadi, shu bilan birga ular hozirgi kunda ham jamiyatga foyda keltiradi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi xalqaro maydonda 1980 yillarning boshlarida juda mashhur bo‘ldi. Lekin undan oldin ham turizmni rivojlantirish prognozlarida turistik resurslarni saqlash ko‘zda tutilgan.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi asosida turizmni prognozlashtirish muhim rivojlanishga ega. CHunki turizmning rivojlanishi asosan diqqatga sazovor joylar va tabiiy muhit bilan bog‘liq faoliyat turlari, tegishli hududdagi tarixiy meros hamda madaniyat modellari bilan bog‘liq. Agar bu resurslarning ahvoli yomonlashsa yoki bo‘zib tashlansa, turistik xududlar turistlarni o‘ziga jalb kila olmaydi va turizm samarasiz faoliyat turiga aylanadi.
Turistlarni asosan yuqori sifatli ekologiyaga ega bo‘lgan turistik markazlar o‘ziga jalb qiladi, ular jozibali, toza, ekologiyasi ifloslanmagan joylarga intiladi. SHuningdek tegishli turistik hududda atrof-muhit holatining yomonlashishi va ijtimoiy muammolarning keskinlashishi oqibatida bu erda yashaydigan aholining qiynalishiga yo‘l qo‘ymaslik ham muhim ahamiyatga ega.
Turizm keltiradigan muhim foydalardan biri shundan iboratki, agar u Barqarorlik konsepsiyasi asosida tegishli ravishda rivojlantirilsa, u o‘zini oqlabgina qolmay, balki tegishli hududdagi tabiiy va madaniy resurslarni saqlanishiga yordam ham beradi. SHunday qilib, turizm shu sohaga doyr diqqatga sazovor joylarni, atrof-muhitni muhofaza qilishda va insoniy meroslarni saqlashda buning uchun imkoniyatlari cheklangan hududlarda yordam ko‘rsatuvchi vosita bo‘lishi mumkin.
Rivojlanishning barqarorligini ta’minlovchi asosiy usullardan biri-bu ekologik prognozlashtirish konsepsiyasidir. Ekologii prognozlashtirish turli xil qurilish jarayonida ob’ektlarning maqsadga muvofiq turlari va joylashtirilishi belgilanayotganda atrof muhitning barcha elementlarini sinchkovlik bilan ko‘zatish, tahlil qilish va hisobga olishni ko‘zda tutadi. Bunday yondashuv, masalan, suv bosadigan tekisliklarda va tik tog‘ yon bag‘irlarida qurilishlarni amalga oshirishga yo‘l ko‘ymaydi.
Barqaror rivojlanishning boshqa bir muhim tomoni - asosiy tayanchi mahalliy jamiyat bo‘lgan turizmga nisbatan alohida diqqat- e’tibor karatilishidir. Turizmga nisbatan bunday yondashishda diqqat- e’tibor mahalliy jamiyatni ham turizmni prognozlashtirish va rivojlantirish, shuningdek mahalliy jamiyatga foyda keltiruvchi turizm turlarini ishlab chiqish jarayoniga jalb qilishga qaratilgan. Bunda turizmdan tushgan foydaning katta qismini chetdan kelgan ishtirokchilarga emas, balki mahalliy aholiga yo‘naltirishga yordam beruvchi usullardan foydalaniladi.
Mahalliy aholiga turizmdan tushadigan foydaning qanchalik ko‘p qismi ajratilsa, bu hol ularga shunchalik yahshi ta’sir ko‘rsatadi va ular mahalliy turistik resurslarni yanada yahshirok saqlashga harakat qilishadi. Mahalliy uyushmalarga asoslangan turizm konsepsiyasi mahalliy yoki prognozlashtirishning yana ham pastrok miqyosda qo‘llaniladi. SHu Bilan birga uni milliy va hududiy miqyosda prinsipial yondashuv sifatda ifodalash mumkin. Mahalliy jamiyatga yunaltirilgan foyda butun mamlakat uchun ham ijobiy ahamiyat kasb etadi. CHunki buning natijasida mamlakat daromad qiladi, chet El valyutasi kelib tushadi, qo‘shimcha ish joylari yuzaga keladi, turizmni rivojlantirish bo‘yicha milliy siyosat va atrof-muhit muhofazasi qo‘llab-quvvatlanadi.
Barqaror rivojlanish bilan, shuningdek sifatli turizm konsepsiyasi ham bog‘liq. Bunday yondashuv ko‘pincha ikkita asosiy sababga ko‘ra qabul Qilinadi. Birinchidan, u marketing nuqtai nazaridan turizmni muvaffaqiyat Bilan ta’minlashga yordam beradi. Ikkinchidan esa, u mahalliy va ularni qurshab turgan atrof-muhit uchun ham foydali. Sifatli turizm - bu qimmatbaxo turizm degani emas.
Uzoq muddatga mo‘ljallangan prognozlashtirish doirasida rivojlanishning maqsad va vazifalari hamda rivojlanishning kelajakdagi eng ma’qul modellari belgilab beriladi. Turizmni rivojlantirish siyosati va prognozlari, tegishli mamlakat yoki hududdagi vaziyatning qanday rivojlanishini oldindan bilish imkoniyatiga qarab, nisbatan o‘zoq davrga-odatda 10-15 yilga, ba’zan 20 yilga mo‘ljallab ishlab chiqilishi kerak.
Bunday muddat juda ham o‘zoq bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin strategik siyosat va strukturaviy prognozlarni amalga oshirish uchun odatda shuncha vaqt talab etiladi. Hatto milliy parklarda turizmni yoki yirik kurortlarni tashqil etish kabi konkret loyihalarni amalga oshirish uchun ham o‘zoq, vaqt talab etiladi.
Prognozlashtirish sohasida keyingi yillarda diqqat markazida turgan va bazi turistik hududlarga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan konsepsiyalardan biri-bu strategik prognozlashtirishdir. Strategik va o‘zoq muddatga mo‘ljallangan kompleks prognozlashtirishlarning natijalari bir-biriga uhshash bo‘lishiga qaramay, strategik prognozlashtirishning bir qancha o‘ziga hos tomonlari mavjud. U ko‘proq kechiktirib bo‘lmaydigan masalalarni aniqlash va hal etishga qaratalgan.
Strategik prognozlashtirish kelajakdagi tez o‘zgaruvchan vaziyatlar hamda bu o‘zgarishlarni tashqiliy har tomonlama tartibga solish usullariga yunaltirilgan. U ko‘proq faoliyat ko‘rsatishga, ish bajarishga qondirishga bklib, ko‘zda tutilmagan vaziyatlarni hal etish bilan shugurlanadi.
Agar strategik prognozlashtirish bopщalardan ajratilgan holda alohida kullanilsa, uning asosi kamrok kompleks harakter kasb etadi. Prognozlashtirishning bu turi kkprok bevosita masalalarga e’tiborni karatishi tufayli Barqaror rivojlanish singari o‘zoq muddatga mo‘ljallangan masalalarni hal etishdan cherga chiqish mumkun. SHuningdek, agrar strategik maqsadlarda echiladi.
Modelni tuzish ob’ektni oldindan o‘rganish asosida olib boriladi. Unga moe tavsif berish, tajribaviy va nazariy modelni tuzatish modellashtirish usulining tarkibi hisoblanadi.
Prognozlashtirishga muvofiq ravishdi izlanilayotgan ob’ektni modellashtirish usulida jiddiy qiyinchiliklar uchraydi va u o‘ziga katta ahamiyat berishni talab etadi.
Modellashtirishni kullanishidagi qiyinchililar prognozlash ob’ekta to‘zilmasini qiyinlashtiradi. SHuning uchun ko‘pchilik hollarda bitta model emas, balki modelar va usullar tizimini qo‘llash kerak. Bunda xer bir ish aniqlik va ketma - ketlik bilan amalga oshiriladi.
Prognozlashtirish modellari tizimi deganda usullar va modellar yigindisi tushunilishi kerak. Bular ob’ektning kelajakdagi holati va rivoji, prognozning kelajakdagi va hozirgi tendensiyasi va krnuniyatlarni o‘rganish asosida kelishilgan va ziddiyatsizlik imkoniyatini beradi. Bunda, tizimda prognoz yigindisi model ketma-ketligi asosida to‘ziladi.Prognozlashtirish modelini tuzishning Zta bosqichi bor.
Prognozlashtirish modellari tizimi deganda usullar va modellar yigindisi tushunilishi kerak. Bular ob’ektning kelajakdagi holati va rivoji, prognozning kelajakdagi va hozirgi tendensiyasi va krnuniyatlarni o‘rganish asosida kelishilgan va ziddiyatsizlik imkoniyatini beradi. Bunda, tizimda prognoz yigindisi model ketma-ketligi asosida to‘ziladi.Prognozlashtirish modelini tuzishning Zta bosqichi bor.
Birinchi bosqichda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan alohida model va modelning kichik tizimlari tuziladi va prognozlashtirish maqsadida o‘zaro harakterini ta’minlovchi yagona tuzilmalar xoliga keltiriladi.
Ikkinchi bosqichda o‘zaro boglilikdagi prognozlashtirish modeli tizimi tuziladi, ularning o‘zaro bog‘liqligi tekshiriladi.
Uchinchi bosqichda prognozlashtirish modeli tizimini tuzishdagi o‘ziga hos alohida tizimlar aniklanadi va rivojlantiriladi. Prognozlar yigindisini tuzish maqsadida ularni qo‘llash usuli izlanadi.