2.4. Ishlab chiqarish quvvati
Ishlab chiqarish quvvati - bu ma’lum bir vaqt davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning eng yuqori (maksimal) darajasidir. U, qoydaga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko‘rinishida, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatiga ko‘ra aniqlanadi.
Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi:
-uskunalar tarkibi va turlari bo‘yicha soni;
-uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy meyori(meyoriy hujjat darajasi);
-uskunalarning ishlash vaqti fondi;
-ischilar soni;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ro‘yxati va turlari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi. U ishlab chiqarish rejasini asoslashda katta ahamiyatga ega.
Ishlab chqarish rejasi tadbir bosqichlari bo‘yicha juda aniq shaklga ega bo‘lishi lozim. Masalan, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish, tayyorlash muddati, iste’mol bozorini tashkil etish, bozorga mahsulotni olib chiqish, ishlab chiqarish quvvati, xodimlar soni, xomashyo materiallar manbayi va sotishdan keyingi xizmatlar strategiyasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ishlab chqarish rejasi tadbir bosqichlari bo‘yicha juda aniq shaklga ega bo‘lishi lozim. Masalan, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish, tayyorlash muddati, iste’mol bozorini tashkil etish, bozorga mahsulotni olib chiqish, ishlab chiqarish quvvati, xodimlar soni, xomashyo materiallar manbayi va sotishdan keyingi xizmatlar strategiyasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish quvvatini quyidagi formula yordamida aniqlashimiz mumkin:
IQ = IM * TF
Bu yerda – IQ – Ishlab chiqarish quvvati;
IM – Ishlab chiqarish meyori;
TF – Vaqt fondi.
Misol, tasavvur qilaylik qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish sexining bir kunlik ishlab chiqarish meyori 5,606 tonna, sex bo‘yicha bir yillik ish vaqti fondi 24480 kun, unda sexning ishlab chiqarish quvvati 137240 tonnani tashkil etadi, ya’ni:
IQ = 5,606 * 24480 = 137240
Mahsulot ishlab chiqarish rejasini qo‘rg‘oshin konsentratini hamda kadmin ishlab chiqarish bo‘yicha rangli metalurgiya zavodining qo‘rg‘oshin konsentratini va kadmin ishlab chiqarish sexlari misolida ko‘rib chiqamiz.
Ishlab chiqarish hajmi(quvvati) 3.1 jadval
№
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot nomi
|
Ishlab chiqarish meyori
(tonna)
|
Ro‘yxat bo‘yicha ishchilar soni
|
Sifatli
ish
vaqti
fondi
(kun)
|
Sex
Bo’yicha
ish
vaqti
fondi
(kun)
|
Sexning
yillik
ishlab
chiqarish
quvvati (tonna)
|
1
|
Qo‘rg‘oshin konsentrati
|
5,606
|
102
|
240
|
24480
|
137240
|
2
|
Kadmin
|
0,027
|
84
|
240
|
20160
|
550
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |