Ishchi stantsiya - biron yo’nalishdagi mutaxasisning
vazifalarini bajarishga
mo’ljallangan kompyuter yoki kompyuter terminali (aloxida kompyuterdan boshqa
joylashtirilgan informatsiyani kiritish va chiqarish qurilmasi), kerakli dasturiy ta’minot, kerak
bo’ladigan qo’shimcha qurilmalar (printer, turli tashqi xotira qurilmalari, skannerlar va x.o.)
Ba’zan ishchi stantsiya sifatida server bilan birga ishlayotgan lokal tarmoqdagi
kompyuter xam tushuniladi. Lokal tarmoqdagi kompyuterlar server
va ishchi stantsiyalarga
bo’linadi. Ishchi stantsiyada foydalanuvchilar maliy dasturlar bilan turli vazifalarni
echishadi(ma’lumotlar
bazasi bilan, turli xujjatlar bilan ishlaydi va turli xisob-kitob ishlarini
amalga oshiradi). Server kompyuter tarmoqqa xizmat qiladi va o’zidagi
resurslarni tarmoq
orqali boshqa kompyuterlarga taqdim qiladi shu jumladan ishchi stantsiyalarga xam.
Ishchi stantsiyalarning o’ziga xos xususiyatlari ular ma’lum gurux vazifalarini echishga
qaratilgan bo’lganligi uchun ularning ba’zilarida keng xajmli monitorlar (grafik informatsiya
bilan ishlash uchun mo’ljallangan), turli multimediya qurilmalari (ovoz va boshqa turdagi
informatsiya bilan ishlash uchun), aloxida proektlarni bajarish uchun kerakli dasturiy ta’minot
bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin.
Bunday sinflanishda xar bir ishchi stantsiya o’z vazifasidan
kelib chiqib yagona
(unikal) komponentlarga ega bo’lishi mumkin.
Katta monitor yoki bir necha monitor ulangan;
Katta tezliklda ishlovchi grafik platali;
Ko’p malumotlarni saqlash uchun katta xotira qurilmali(video va
kompyuter o’yinlari uchun)
Turli skannerlarga ega bo’lishi(tasvirlar bilan ishlash uchun)
Ximoyalangan (turli maxfiy ma’lumotlar ba’zasi, xarbiylar, ichki ishlar
va x.o.)
Serverlar.
Server(server) – o’zining ma’lumotlarini va xisoblash imkoniyatlarini boshqa
kompyuterlarga berish imkoniyatiga ega bo’lgan kompyuterlar.
Bu kompyuterlar personal
kompyuterlardan va ishchi stantsiyalardan kelgan so’rovlarga javob beradi.
Serverlarni quyidagicha bo’lishimiz mumkin:
1.
Server (dasturiy ta’minot) – ushbu dasturiy ta’minot klentlardan
turli so’rovlarni qabul qiladi. Ya’ni bu xisoblash sistemasining dasturiy bo’lagi
bo’lib, klentning so’roviga servis xizmat ko’rsatadi.
2.
Server (apparat ta’minot) – kompyuter yoki maxsus kompyuter
qurilmasi bo’lib maxsus servis vazifalarni bajarish uchun mo’ljalangan
Server kompyuterlar uchun xarakterli bo’lgan xususiyatlar:
Tarmoq operatsion sistemasi ostida ishlaydi;
Kerakli xajam va tezlikda
informatsiya almashishini
ta’minlaydigan tarmoq kartasining mavjudligi;
Ikki va undan ortiq (xatto bir necha yuztagacha!) yuqori
xisoblash imkoniyatiga ega bo’lgan protsessorlarning mavjudligi;
Tezkor va tashqi xotira xajmiing katta bo’lishi;
UPS (doimiy tok manbai) qurilmasining mavjudligi;
Kiritish qurilmalari va informatsiyani vizual ko’rish
uchun kam talab quyilganligi (ba’zan ular bo’lmasligi mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: