2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi


Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi



Download 213,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana14.06.2022
Hajmi213,42 Kb.
#667548
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-mavzu (2)

Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. 
Bu metod psixologiyada inson
xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida
keng qo`llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o`yinchoqlar, modellar,
to`qigan narsalar, tikkan qo`g`irchoqlar, to`qib, so`zlab berilgan hikoyalar, texnik 
konstruksiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy 
xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli, texnik ijodi
yuzasidan materiallar to`plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulini 
yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan
tekshiruvchi o`rtasida muloqot o`rnatish uchun shaxsning psixikasi to`g`risida 
sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (o`qituvchi,
murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi,
bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi,
xususiyati bilan keskin. 
Psixometrik 
usullar.
Psixometriya-psixik 
voqea 
va 
hodisalarning 
miqdoriy tomonining nisbati va tavsiflarini o`rganadi. Psixometriyaning muhim 
belgisi psixik jarayonlarning individual farqlar, empirik dalillar dinamikasini
parametrlarini o`lchash texnologiyasining standartlashganligidir. Psixometriya 
ishonchliligi bilan ajralib turuvchi psixodiagnostik metodikalarini yaratishga 
yo`naltirilgan. Psixometrik usullar tarkibiga psixologik test ham kiradi.
TEST-
psixologik diagnostika metodi bo`lib, u ma`lum ma`noga ega bo`lgan 
standart savol va masalalardan iborat. Test intellektual va maxsus qobiliyatlarini, 
shaxsning psixofiziologik xususiyatlari va sifatlarining rivojlanishini, kasbiy 
layoqatni aniqlash, kasbiy ekspertiza va reabilitasiya shuningdek, kasbiy 
maslahatlar jarayonida qo`llaniladi.
Test o`tkazish 3 bosqichga ajratiladi:
- test, savolnomasini tanlash (tadqiqot masalasi bilan belgilanadi);
- test o`tkazishda etika normalariga rioya qilgan holda ko`rsatmaga muvofiq
tashkil etish;
-olingan ma`lumotlarni qayta ishlash va natijalarni o`rganish. 
Kasb psixologiyasida maxsus qobiliyatlarning diagnostikasi va kasbiy 
yutuqlar muhim ahamiyat kasb etadi. An`anaviy intellektual testlar akademik 
qobiliyatlarni o`rganishga qaratilgan. Vakant (bo`sh) o`rinlarga nomzodlarni 
kasbiy tanlovi uchun ishonchli usullarga bo`lgan ehtiyoj psixologlarni maxsus 
qobiliyatlarni diagnostika qilish uchun test ishlab chiqildi. Ishlab chiqarishning 
turli sohalari ishchilarning oldiga o`ziga xos talablarni qo`yadi. Kasbiy tanlov, 
kasbiy maslahat, kadrlarni joylashuvi, vakant ishchi o`rinlarini to`ldirish 
maqsadida muhim kasbiy psixofiziologik xususiyatlar, psixologik sifatlar, kasbiy 
malakalarni aniqlash imkonini beruvchi testlar bo`lishi lozim.


Kasbiy yutuqlar testi faoliyatning ma`lum bir turini egallash darajasini 
o`lchash yoki kasbiy tayyorgarlik natijalarini tashxis qilish maqsadida qo`llaniladi. 
Maxsus qobiliyatlar testi asosan kasbiy tanlov uchun qo`llaniladi. Ayniqsa, sensor 
qobiliyatlar diagnostikasi xususiyatlarini ko`rib chiqamiz. Ko`pgina, kasblar sensor 
sohaning xususan ko`rish va eshitishning yuqori darajada rivojlanishini talab 
qiladi. Vizual qobiliyatlar testi muhim kasbiy belgilarga bog`liq holda ko`rish 
o`tkirligini, ranglarni farqlay olish va ularning ichki xususiyatlari o`rtasidagi 
bog`liqliklar darajasini aniqlaydi. Eng keng tarqalgan ko`z o`tkirligini aniqlab 
beruvchi test-sinovda ishtirok etayotgan sinaluvchilarga bosma harflar tasvirlangan 
jadval ko`rsatiladi va tadqiqotchi tomonidan ko`rsatilayotgan harflarni aniqlash 
kerak bo`ladi. Eshitish qobiliyatlarini aniqlashda ovoz, signal ko`p hollarda odam 
ovozi eshittiriladi. Chuqurroq o`rganilishi maqsadida masalan, musiqiy eshitish 
qobiliyatini aniqlash testlari qo`llaniladi. Harakat qobiliyatlarini diagnostika qilish-
harakat reaksiyalarini tasvirlash va koordinata tezligini aniqlash maqsadida 
qo`llaniladi. Bunday hollarda biz sensomotor diagnostikasini nazarda tutishimiz 
kerak, chunki aksariyat hollarda bu ko`rish orqali bajariladi. Chet elda barmoqlar 
mahoratini, buyumlarni o`ynata olish tezligi, qo`l mustahkamligi, reaksiya vaqti, 
qo`l harakatining tezligini tahlil etuvchi testlar keng tarqalgan. Motor testiga misol 
keltiramiz. Bunda tadqiqotda ishtirok etayotganlarning oldiga ikki seriyadan iborat 
bo`lgan to`g`ri burchakli taxta qo`yiladi. Har qaysi seriyasida 48 tadan teshik 
bo`lib, seriyalardan biridagi teshiklar silindrli sterjenlar bilan to`ldirilgan. 
Sinaluvchilarga imkon qadar sterjinlarni boshqa seriyalardagi teshiklarga olib 
o`tish taklif qilinadi. Bunday tadqiqotda ishtirok etayotgan kishi ma`lum vaqt 
davomida ishning qancha qismini bajara olgani hisobga olinadi. Shuningdek, 
ishchilar kasbiy tanlovida texnik qobiliyatlar testi muhim o`rin egallaydi.

Download 213,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish