2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi



Download 213,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana14.06.2022
Hajmi213,42 Kb.
#667548
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-mavzu (2)

Biografiya (tarjimai hol) metodi. 
Inson psixikasini-ruhiyatini tadqiq 
qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to`g`risida og`zaki va yozma 
ma`lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim 
ahamiyatiga ega. Shu bilan birga o`zgalar tomonidan to`plangan tarjimai holga 
aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari
fotolavhalar, hujjatli fil`mlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbexlar ham 
o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning 
kasallik tarixi hujjati ham bolaning tug`ilganidan, ham to boshlang`ich ma`lumot 
olgunicha davr orlig`ida salomatlik darajasi qanday bo`lganligi to`g`risidagi 
omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi. 
Tarjimai hol-
metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari 
vositasida o`rganib bo`lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur 
metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog`liq jarayonlar: musiqa, nafosat, 
tasviriy san`at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma`naviyat, 
qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste`dod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson 


ongining namoyon bo`lishi, rivojlanishi, o`ziga xos individual va ijtimoiy 
xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o`z ifodasini 
topadi. 
Allomalar 
to`g`risidagi 
ma`lumotlar 
zamondoshlari, 
izdoshlari, 
safdoshlarining ta`rifu-tavsiflari orqali avloddan-avlodga o`tadi. Xuddi shu 
ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o`rtasida vorislik hodisasi 
ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning 
uyg`unligini ta`minlaydi.
Anketa metodi.
Umumiy psixologiyada keng qo`llaniladigan metodlardan 
biri bo`lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga 
nisbatan munosabatlari o`rganiladi. Anketa odatda 3 xil bo`lib, birinchi xilida 
anglashilgan motivlarni aniqlashga mo`ljallangan savollardan iborat bo`ladi, 
ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir 
nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga havola 
qilinganda kamida to`rt-besh to`g`ri javoblari ballar yordamida baholanadi. 
Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari 
qobiliyatlarini, o`ziga, tengdoshlariga katta va kichiklariga munosabatlarini 
aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari
xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin
6
.Tarqatilgan anketalar 
yig`ib olinib, elektron qisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha 
amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini 
o`rganish uchun boy material to`plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan
ma`lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo`lavermaydi. Bunga yo`l 
qo`ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to`g`ri va qarshi 
savollarni puxta ishlab chiqarish kerak. Quyida anketa varaqasidan namuna
keltirib o`tamiz: 
1. Kursingizda eng yuqori obro`ga ega bo`lgan talaba qaysi?
2.Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr his-tuyg`usini uyg`ota oladi?
3.O`qish bilan bog`liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar 
edingiz?
4.Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni istar edingiz?
5.O`rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz?
6.Kursdoshlaringiz ichida kim bilan mashg`ulotlarga birgalikda tayyorlanishni 
yoqtirasiz? 
7.Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz? 

 
__________________________ 
6
Trierweiler, S.J., & Stricker, G. (1998). The scientific practice of professional psychology. New York: Plenum Press

Download 213,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish