E’tiqod, iqror va amal.
E’tiqod dinga ichdan chuqur ishonadi; iqror –so’zda buni tan olish; amal-
yaxshi ishlar bilan isbotlash.
Alisher Navoiyning «Maxbub ul qo’lib» asarida ushbu satrlarni ukiymiz .
«Vafosizda xayo yo’q, xayosizda vafo yo’q. Har kimda bu ikki yo’q iymon yo’q va
har kimda iymon yo’q-ondin odamiylik kelmak imkoni yo’q» ya’ni iymonsiz odam
emas.
Xalqimizda ilmiy so’zi keng qo’llanadi, juda nurli va utkir tushunchalarni
bildiradi. Xalqimizda «Iymonsiz» deyishdan ortik haqorat bo’lmasa kerak. Bu
haqorat zamirida xudoga ishonch etiqot yo’q, xudodan dindan qaytgan, daxriy
ma’nolaridan tashqari vijdonsiz,vijdonpurush, yaramas, razil, diyonadsiz
tushunchalari ham ifodalanadi.
Bizningcha zamondoshimiz bo’lishi iymonli odamni qisqacha shunday
tasvirlash mumkin. Etikodli, o’zining aniq masalalarga ega, taqvodor, ximmatli,
oriyatli, or-nomusli, sharm-xayoli,
vijdonli
, andishali, insofli va shu kabi fazilatlar
soxibidir.
Adolat so’zligi mazmunidan poklik, to'g'rilik, haqiqiy mujassamdir. Adolat
bo’lgan joy gullab-yashnagan, xalq erkin bo’lgan adolat oyok osti qilingan joylari
esa razolat kuyib surib, jamiyat tubanlikka yuz tutgan. Adolat bo’lmagan joydan
norozilik, adolat, ziddiyat, qarama-qarshiligi paydo bo’lishi muqarrar. Musulmon
kishi adolatli bo’lishi eng kerakli hislatlardan deb hisoblaydi. Ollox taolo
bandalarini adolatga, yaxshilikka va qarindoshlariga gamxur va mexribon
bo’lishiga buyuradi. Adolat dinimizda ardoklangan engulug’ hislatlardan biri.
Bandasini yaratgan zaminni tolib unga buysunishlikni, uning Alloxga nisbatan
qilgan adolatidir.
Agar uni tanimasa, bandalik qilmasa adolat mezonini qattiq bo’zgan bo’ladi.
Adolat Alloxni tanishda, kishilar o’rtasida
hukm chiqarganda
, oila farzand
o’rtasida odillik bilan ish tutishida va boshqa ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
Insof iymon tuyg’usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini
tashkil etadi.
Olamning yarmiga jaxongir ersada ulug’ qudrat, zo’rlik-zo’ravonlikda emas,
aksincha adolatda ekanligini anglagan.
Buyuk ajdodimiz Amir Temur aytganlaridek «Bir kunlik adolat yuz kunlik
toat-ibodatdan afzaldir».
Adolatparvar insondagi utkir aql, sof muloxaza, toza kungil, oliyjanob va
mard ekanini ko’rsatib turuvchi dalildir. Dunyoda adolatparvarlikdan ko’ra
ko’rkamrok xulq va tabiat yo’q va undan ko’ra sharaflirok hislat va ikbol,
ta’sirlirok naf qiluvchi narsani topish amri maxol.
Adolatli bo’lish so’zida turish, qat’iylik demakdir. Adolatli kishi soglom
bo’ladi, xavf-xatar va qo’lfatdan uzoq bo’ladi.
Adolatli bo’lish-odobning ustuni, insoniylikning asosi hisoblanadi. Adolatli
aytilgan so’z aytuvchiga ham, eshituvchiga ham manfaat yetkazadi.
Inson kamolotining fazilatlaridan hisoblangan adolat tushunchasi va adolat
tuyg’usi Navoiy donishmandligining asosini tashkil etadi. Ongning mavjudligi
adolatning mavjudligidir.
Navoiy tafakkur dunyosining bosh mezoni ham xuddi adolat bo’lgan.
Donolar xikmatiga amal qilgan yurtboshimiz I.A.Karimov adolat masalasini
baland ko’tarib, undan o’z xalqini baxramand etmokda.
Uning munavvar yog’dularidan, adolat nuridan baxra topgan xalqimiz Vatan
bog’ini obod qilib, tinch va osuda hayot kechirmokda.
Or-nomus va qard-qimmat boshida axloqiy kategoriyalar bilan bir qatorda
shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi, ishchilarning
xulqiga ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Or-nomus kategoriyasi ijodining jamiyatdagi o’z qimmatini anglashi hamda
bu qimmatining jamiyat tomonidan tan olinishini ifodalaydi. Or-nomus axloqiy
tushuncha sifatida ishchida shaxsiy ijtimoiy ahamiyati va ximmati hosil bo’ladigan
fazilatlarning, ya’ni jamiyat. Baxt-saodati va uning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan
fazilatlarning mavjudligini ko’rsatadi.
Or-nomus tushunchasi shaxsiy qard-qimmatni anglatishini o’z ichiga oladi.
Bu axloqiy tushunchalar bir-biri bilan uzviy aloqada va ko’p jixatdan bir-biriga
o’xshaydi.
Or – bu o’ziga nomunosib yoki ko’rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish,
uyalish, uyat va nomus qilish tuyg’usidir. Bundan o’z o’rnida hozir qilish yoki
bo’lmasa obru e’tibor, fikrlanish ma’nolarini ham bildirish mumkin. Oriyat – bu
or-nomusdan tashqari izzat-nafs, qadr tuyg’usidir. Odatda oriyatli odamlar o’zlari
va oilalarining izzat-nafslarini yuksak tutadilar va o’zgalarni ham qadrlay biladilar.
Nomus – bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari o’z
mavqeini saqlash
,
ulug’lash va ardoklash, xijolat tortish tuyg’ularini, oila va ajdodlar sha’niga
turmushini ma’nosini ham ifodalaydi. Odatda nomusli odam ma’naviy qadriyatni
moddiy boylikka almashishni o’ziga ep ko’rmaydi.
1991 yil 1 sentyabrda o'zbek xalqiga baxt qo’lib boqdi. Xalqimiz uzoq asrlar
davomida inqik bo’lib kutgan orzusi mustaqillikka erishdi. Istiklol tufayli urf-
odatlarimiz, qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Natijada farovonlik, osoyishtalik
baxtiga erishdik. Bugungi kunda har bir O'zbekistonlik o’zini ona yurtining
ajralmas bo’lagi deb his qiladi va undan faxrlanadi, ya’ni o’zini baxtli deb biladi.
Baxtli bo’lish orzusida yashagan kishining qalbi pok bo’lishi, o’z nafsini
tarbiyalash, yaxshi ishlarni bajarishni odat qilishi zarur.
Kishilar boshqalar bilan bo’lgan munosabatlari o’z muvaffaqiyatlariga
erishganlarida, ijodiy ishlaridan mamnun bo’lganlarida o’zlarini baxtli sezadi.
Shuning uchun ham xalqimizda «Kishining baxti-bir bilagi», «Baxt yo’lda
emas, qo’lda», «Baxtli odam izlama, baxt yo’lini izla» kabi maqollar mavjud.
Hamma narsa bo’la turib, obrusi bo’lmagan odam eng baxtsizdir. Kishi
qalbidan joy olish eng ulug’ baxt. Baxtni sovg’a qilib bo’lmaydi.
Har bir kishi o’zini baxtli bo’lishini orzu qiladi. Ammo baxtli bo’lish
hammaga ham nasib etavermaydi. Baxtli bo’lgan kishilar hayotiga nazar tashlang.
Ularning ko’pchiligi mehnat bilan hurmat qozongan.
Hayotda oilani tinch – totuvligi, farzandlarining kamoli ham katta baxt. Shu
bois har bir kishi uchun oila baxtdan ulug’ baxt bo’lmasa kerak. Abdulla Kaxxor
baxt haqida shunday yozadi: “Baxtni birovlarning ostonasidan izlashning o’zi
baxtsizlikning boisi” Baxtli kishi doim quvnoq yuradi. Uning aqli ilmi – baxt
hammasidir.
Axloqiy etikaviy muammolar qatorida yashashidan maqsad va hayotining
ma’nosi haqidagi, insonning va vazifasi haqidagi, kishilar hayotining maxfiy sirlari
va murakkabligi haqidagi masala markaziy o’rinlardan birini egallaydi. Hayotning
ma’nosi muammosibuyicha hayot faoliyatning umumiy yo’nalishi to'g'risidagi
masalalar. Hayot bemani bo’lmasligi
uchun nima qilmay
, qanday yashash kerak
degan savolga javob izlash har bir kishining dikkat markazida bo’lib kelgan va
turadi, axir kishi nimanidir o’zgartirish uchun va shu bilan birgalikda o’zini
bunday o’zgartirishlarga qobil shaxs sifatida qaror topshirish uchun dunyoga
kelgan.
Etika ishonch hayotini tan olgan holda faqatgina hayotini to'g'ri tushinishga
kishiga ishonch bagishlaydi, uning xulqiga, yurish turishiga maqsad sari to'g'ri
yo’nalish beradi deb hisoblaydi.
Hayotning haqiqiy ma’nosi «Yashashning siri» jamiyat rivojlanishining
yetilgan vazifalariga qo`yib berishdan, ijodiy mehnatdan iboratdir.
Inson o’z hayotining oqilona asosini va vazifasini, o’z istiqbollarini, butun
afoliyatiga ko’ra bilimi anglashishi va tushinishi kerak. Agar maqsadni oshirish
yo’lida inson birma – bir o’tib bo’lmas to’siqqa uchrasa, u o’z hayot ma’nosidan
maxrum bo’lmasligi uchun umumiy hayotiy yo’liga muvofiq keladigan boshqa
olijanob maqsadlarni qanchalik olijanob, kengfe`l bo’lsa hayotning ma’nosi
shunchalik teran va ahamiyatliroq bo’ladi.
Biroq inson hayotining ma’nosi faqat jamiyat baxt saodatga erishganligiga bog’lab
qoyish yaramaydi, hayotning ma’nosi o’z – o’ziga xizmat qilishda ham, shaxsiy
baxtga erishishda ham namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |