2-Mavzu: Jahon xalqlari sivilizatsiyasi va uning taraqqiyot o‘choqlari hamda bu sivilizatsiyada O‘zbekistonning tutgan o‘rni Reja



Download 25,37 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi25,37 Kb.
#890597
  1   2
Bog'liq
2-МАВЗУ


2-Mavzu: Jahon xalqlari sivilizatsiyasi va uning taraqqiyot o‘choqlari hamda bu sivilizatsiyada O‘zbekistonning tutgan o‘rni

Reja:

  1. Jahon xalqlari sivilizatsiyasi va uning taraqqiyoti o‘choqlari masalasi.

2.O‘zbekistonning jahon xalqlari sivilizatsiyasi tizimida tutgan o‘rni masalasi: 1. O’rta Osiyo qadimgi sivilizasiyalari shakllanishida tarixiy shart-sharoitlar (sug’orma dehqonchilikka asoslangan madaniy vohalar).2. Turon sivilizasiyasi- Qadimgi Xorazm, So’g’d, Baqtriya va Shosh-Farg’ona sivilizasiyalari. 3. Qadimgi Marg’iyona sivilizasiyasi. 4. Vatanimizda ilk shaharsozlik va davlatchilik tarixi.

Tayanch iboralar: «sivilizatsiya» termini mohiyati; K. Lomberg-Karlovski; Dj.Sablov; V.M. Masson tadqiqotlari; Tell-Sotto, Umm-Dabagiya. Ishlab chiqarish iqtisodiyoti.Voha davlatchiligi.

  1. Jahon xalqlari sivilizatsiyasi va uning taraqqiyoti o‘choqlari masalasi.

Kishilik tarixi taraqqiyotida sivilizatsiyalarning vujudga kelishi va rivojlanishi tub sotsial voqeiliklar bo‘lib, bundan keyingi taraqqiyot tizimi barcha sohalari rivojlanishini belgilab bergan. Bu jarayonni o‘rganish, tadqiqot etish ishlari so‘nggi yuz yilliklardagina emas, balki jarayon boshlangan paytdanoq boshlanib tarix fanining eng dolzarb masalasi hisoblangan. Masalaning dolzarbligi shundan iboratki, bu muammo tadqiqotida: 1-dan muallif, tadqiqotchilarning umumiy-tarixiy, filosofik nuqtai nazardan dunyo qarashlari pozitsiyasi oydinlashadi, ya’ni odamzod rivoji mexanizmi va xarakterlovchi kuchlari asosiy faktor sifatida tushinilib asos qilib olinadi. 2-dan qadimgi sivilizatsiyalar tushunchalari va ular mazmuni yangi manbalar topilishi va ularni yangicha zamonaviy uslublar bmlan talqini nuqtai nazardan o‘zgarib borishi fakti mavjudligi ham muhim. Aniqrog‘i, bu masala bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar doimiy ravishda sotsial, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy jarayonlarni sivilizatsiya shakllanishida asosiy faktor sifatida deb bilishganlar, ularning ma’lum mintaqalarda, turli ekologik va tarixiy sharoitlarda rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirishga harakat qilishganlar.
G‘arb adabiyotlarida «sivilizatsiya» turlicha tushunilib, talqin etiladi. Bir guruh tadqiqotchilar uni yuqori darajada taraqqiy etgan arxeologik madaniyat yoki bir guruh madaniyatlar ekvivalenti sifatida tushuntiradilar: boshqa bir guruh tadqiqotchilari esa bu masalaga kengroq yondoshishib, sivilizatsiyaning asosiy belgilari deganda shaharlar mavjudligi va ularni ma’lum mintaqalarda hukumron doiralarni jamiyatni boshqarishdagi mahkamalari deb tushunishib, ulardagi saroy, xram, yo‘llar, mudofaa devorlari kabi jamoa qurilishlarini hisobga olishadi, jamoa tartibini saqlovchi tashkilotlar, armiyaning mavjudligi, yozuv, san’at va qonunchiliklar mavjudligini tushunadilar.
K. Lamberg-Korlovskiy, Dj. Sablov, V.M. Masson, N.YA. Merpert, V.I. Gulyaev kabi tadqiqotchilar «sivilizatsiya» terminini quyidagicha izohlashadilar: sivilizatsiya eng avvalo jamiyat sistemasi bo‘lib, u tovar xo‘jaligining yuksak darajada taraqqiysi, ayirboshlash va mehnat taqsimotining yuksak darajada rivoji bilan xarakterlanadi, eng muhimi sinfiy jamiyatning shakllanishi bilan bevosita bog‘liqdir. SHaharlarning paydo bo‘lishi shubhasiz, qonuniyat nuqtai nazardan bu sistemaning asosini tashkil etadi.
Sivilizatsiya masalasining echimida, tadqiqotida dastlabki sivilizatsiyalar nisbtan muhimroq rol o‘ynaydi. Sababi, bu ilk sivilizatsiyalar ma’lum hududlar ichki rivojlanish jarayoni mahsuli bo‘lib, ular shakllanishida qandaydir qo‘shni nisbatan rivojlangan madaniyatlar ta’siri bo‘lmaydi. Bu juda muhimdir. SHu nuqtai nazardan so‘nggi tadqiqotlar asosida hozircha er sharida 6ta ilk sivilizatsiya o‘choqlari mavjud bo‘lganligini keltirishimiz mumkin: SHumer, Misr, Hind, Xitoydagi SHan, Mezoamerika va Peruan sivilizatsiyalari shular jumlasidandir. To‘g‘ri, xet, minoy, ossuriya, miken kabi qadimiy, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan mahalliy sivilizatsiyalar ham mavjud, biroq ular tadqiqotchilar fikricha ilk sivilizatsiya o‘choqlarining ma’lum darajada ta’siri oqibatida shakllangan.
Keyingi sivilizatsiyalar shakllanishida ma’lum mintaqalar paleoekologik sharoitlar, tarixiy rivojlanish xususiyatlari, hamda atrofini qurshab turgan mintaqalar taraqqiyot darajalari sezilarli ta’siri bo‘lib, ular shakllanishi turlicha namoyon bo‘lgan. Mavjud faktorlar analizi asosida qadimgi sivilizatsiyalar tipologiyasini ishlab chiqish masalasi ilgari surilgan edi. Jumladan, V.M. Masson ishlab chiqarish xo‘jalik asoslari, sotsiologik, ekologik nuqtai nazardan kelib chiqib ularni 3 ta asosiy tipga ajratdi. Birinchi tipga qo‘shimcha, ortiqcha mahsulotlarga ega bo‘lgan, sug‘orma dehqonchilik iqtisodiyotiga asoslangan sivilizatsiyalar kirgan. Ikkinchi tipga tropik mintaqasida o‘rmondan tozalangan erlar dehqonchilik xo‘jaligiga asoslangan sivilizatsiyalar kirgan. Uchinchi tipga O‘rta Er Dengizi miqyosida sug‘orma dehqonchilikka asoslanmagan, ya’ni lalimikor xo‘jalikka asoslangan sivilizatsiyalar kiradi. To‘g‘ri, ko‘pchilik tadqiqotchilar qadimgi sivilizatsiyalar shakllanishini ishlab chiqarish iqtisodiyoti vujudga kelishi bilan bog‘lamoqdalar. V.M. Masson o‘z tadqiqotlarida YAponiya hududi misolida baliqchilik, ovchilik va termachilik mashg‘ulotlari asosida sivilizatsiyaning dastlabki kurtaklari yuzaga kelganligini keltirgan. Xullas, ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish sivilizatsiya tomon qo‘yilgan ilk qadam hisoblanadi. K. Lamberg-Karlovskiy va Dj. Sablovlar Mesopatamiya hududida kishilik tarixi taraqqiyoti ketma-ketlik bosqichlari bo‘yicha uzliksiz madaniyat taraqqiyoti bo‘lganligini e’tirof etishib, sug‘orma dehqonchilik natijasida aholi o‘troqlashishi, obod qishloqlar, shaharsozlik madaniyati, davlatchilik kurtaklari, shumer yozuvlari shakllanishlari yuzaga kelganini o‘z tadqiqotlarida keltirishadilar. Tadqiqotlarda dastlabki dehqonchilik xo‘jaligi tog‘,tog‘ yon bag‘ri yirik soylar, jilg‘alar yon qayirlarida yuzaga kelib, asta-sekinlik bilan ekin maydonlari pasttekisliklar tomon siljib borgan. O‘rta SHarq hududida ishlab chiqarish iqtisodiyotiga birinchi bo‘lib o‘tilgan. K.Lamberg-Karlovskiy, Dj. Sablovlar Sanjar vohasidagi Tell-Sotto, Xatri rayonidagi Umm-Dabagiya dehqonchilik madaniyatlari bilan dastlabki sivilizatsiyalarning ildizlarini bog‘lashmoqdalar. Eng qizig‘i bu madaniyatlarning biri tog‘ yon bag‘rida boshqasi esa 100 kilometrlar chamasi masofada bo‘lgan pasttekislik intaqasida joylashgan. Tadqiqotchilar esa bu ikkala madaniyat sohibkorlarini o‘zaro, qo‘ni-qo‘shnichilik madaniy aloqadorlikda bo‘lishganliklarini alohida e’tirof etishadi. Bu juda muhim fakt hisoblanadi. Bu madaniyatlar albatta, sivilizatsiyalar rivojiga asos bo‘lishganlar. SHuningdek, K. Lamberg-Korlovskiy, Dj. Sablovlar fikricha shumer sivilizatsiyasi butun Messopatamiyaga yoyilgan Ubeyda madaniyati negizida shakllangan.
2.O‘zbekistonning jahon xalqlari sivilizatsiyasi tizimida tutgan o‘rni masalasi: 1. O’rta Osiyo qadimgi sivilizasiyalari shakllanishida tarixiy shart-sharoitlar (sug’orma dehqonchilikka asoslangan madaniy vohalar).2. Turon sivilizasiyasi- Qadimgi Xorazm, So’g’d, Baqtriya va Shosh-Farg’ona sivilizasiyalari. 3. Qadimgi Marg’iyona sivilizasiyasi. 4. Vatanimizda ilk shaharsozlik va davlatchilik tarixi.
O‘rta Osiyo miqyosida qadimgi Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm va Farg‘ona sivilizatsiyalari shakllanib, rivoj topgan va shu sivilizatsiyalar zamirida ilk shaharsozlik madaniyati, ilk davlatchiligimiz kurtaklari yuzaga kelgan.
Mamalakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov e’tirof etganidek «har qanday sivilizatsiya ko‘pdan-ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir. Bir so‘z bilan aytganda ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi.Madomiki o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat olgan xalqni engib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashiiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur» ( I.A.Karimov « Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asari, Tashkent, 1998, 21, 24-25 betlar).
Haqiqatdan ham њtmish tariximiz, boy madaniy merosimiz bilan xalqimizni qurollantirishimiz lozim. Bu borada shubxasiz, arxeologiya faniing yutuqlari muhim axamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, jaxon xalqlari sivilizatsiyasi taraqqiyotida o‘zbekiston xalqlarining xam munosib o‘rni bor. Qaysi bir xalqning madaniyat va ma’naviy tarixi qanchalik qadimiy bo‘lsa, o‘щa xalqning ma’naviyat sarchashmalari- axloqi , urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari ildizi shunchalik chuqur va baqquvat bo‘ladi. «Biz, Buyuk davlat qurushni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, buning uchun zamonaviy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy,texnikaviy , ma’naviy imkoniyatlarimiz bilan bir qatorda tarixiy asosimiz xam bor- degan edi Prezidentimiz Islom Karimov . Vatanimiz xududi antropogenez jarayoni ro‘y bergan mintaqalar sirasiga kiradi. Xususan, Farg‘ona vohasida Sel-Ung‘ur g‘or akonidan arxantrop qoldig‘ining topilishi bundan 1,200 000 yil muqaddam Vatanimiz xududida odamzod yashab, o‘ziga xos moddiy madaniyat yaratishganligini isbotladi. Bu juda muxim voqeilik xisoblanadi. Kulbuloq, Kukayaz kabi ilk paleolit, Obiraxmat, Qo‘tirbuloq , Zirabuloq, Omonqo‘ton, Teshik- tosh kabi o‘rta paleolitga oid yodgorliklar, Samarqand makoni . Siabcha, Xo‘jamanzil so‘ngi paleolit Obishir, Machay, Qo‘shilish, CHorbaqti kabi mezolit makonlari, Kaltaminor tarixiy- madaniy jamoalari , Sazag‘on, Markaziy Farg‘ona, Ustyurt jamoalari madaniyati neolit davri borasida keng ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlar jez, ilk temir davriga oid yodgorliklar shaxarsozlik, o‘zbek davlatchiligimiz davrigacha bo‘lgan davrda Vatanimiz xududida uzluksiz ravishda, mahalliy madaniyatlar negizida vorisiylik asosida madaniyatlar rivoji bo‘lganligini bildiradi Vatanimiz xududida Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya, Farg‘ona vohalari kabi ko‘xna madaniy markazlar bo‘lgan. Bu madaniy markazlar o‘z navbatida sug‘orma dexqonchilikka asoslangan madaniy voxalar ham hisoblanadi. Bu vohalarda dastlabki shaxarsozlik madaniyati,ilk davlat birlashmalari shakllangan. Arxeologik tadqiqotlar ko‘rsatishicha, Katta Xorazm, Baqtriya kabi davlat birlashmalarigacha kichik-kichik « voha davlat» bo‘lgan. Miloddan avv. 2 ming yilliklarda Baqtriya xududida 11 ta dexqonchilik vohasi borligi aniqlangan. Bunday vohalar Xorazm, Sug‘d, Farg‘ona xududlarida xam ko‘plab aniqlandi. Xuddi mana shu davrda ilk shaxarlar xam paydo bo‘lgan. Xususan, Xorazm vohasida Ko‘zaliqir, Baqtriya vohasida Jarqo‘ton, So‘g‘d diyorida Samarqand kabilar «voha davlat» larining markazlari bo‘lgan.
O‘zbekiston xududida ilk shaxar va voha davlatchiligining mil.avv 2 ming yillikning o‘rtalarida shakllanganligi Sherobod tumanida joylashgan Bo‘stonsoy vohasi va Jarqo‘ton ilk shaxar xarobalari misolida isbotlab berildi. Baqtriya podsholigining ildizi mana shunday « voha davlat» lariga borib taqaladi. « O‘zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida qo‘yilgan. Milliy davlatchilik tarixi Misr, Xitoy, YUnoniston, Eron kabi davlatlar tarixi bilan bir qatorda turadi» – deb Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Xiva shaxrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda be’jiz aytmagandi.
O‘zbekiston jaxon sivilizatsiyasining eng qadimgi, yorqin o‘choqlaridan biri, uning salmoqli va ajralmas qismidir, o‘zbeklar yurtimizning eng qadimiy, tubjoy xalqi, ushbu yuksak sivilizatsiyaning, buyuk tarixiy va madaniy jarayonlarning , davlatchilik tarixidagi sulolalar siyosiy faoliyatining merosxo‘ridir.
Yurtimiz jahon sivilizatsiyasiga o‘z xissasini qo‘sha olgan « daxo» larga boy diyordir. Muxammad Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy,AbuAli Ibn Sino va Mirzo Ulug‘beklar shunchalar buyuk edilarki, ularni boshqa millatlar xam o‘zlariniki deb xisoblashardi. G‘ururlanishga arziydigan tarixiy merosimiz, ilm-fanimiz, qadriyatlarimiz bor.
1.O’rta Osiyo sarhadlari nafaqat sharq dunyosida, balki yer shari miqyosida qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Buni tadqiq etilgan tarixiy madaniy yodgorliklar isbotlab turibdi. Shu qadimiy madaniyatning tarkibiy qismini Vatanimiz qadimgi sivilizasiyasi tashkil etadi.
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan ulkan madaniy merosimiz, ma’naviyatimiz, milliy qadriyatlar va boy tariximizni tiklash, tarix faniga doir tadqiqotlarni har taraflama rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O’tmish tariximizni xolisona o’rganish,ajdodlarimizning jahon sivilizasiyasiga qo’shgan munosib hissasini dunyo hamjamiyatiga ko’rsatish shu kunning dolzarb masalasiga aylandi.
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlarni taxlil qilish va solishtirish shuni ko’rsatadiki, Turon-Movarounnaxr sivilizasiyasi Sharqdagi dastlabki sivilizasiyalar-Mesopatamiya va Hindistonning Xarappa madaniyati bilan uzviy aloqalarda shakllangan va rivojlangan. Bu ikkala sivilizasiyalar oralig’ida joylashgan O’rta Osiyo- Qadimgi Sharq xalqlariing yagona iqtisodiy va madaniy birlashuvida hamda ular o’rtasidagi turli aloqalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Tadqiqotchilarinng fikricha, hozirgi kunda O’rta Sharqdagi mil.avv III-II ming yillarga oid ilk sivilizasiyalar quyidagilar: Hind, Turon, Qandahor, Seyiston, Eron- Balujiston, Kvett- Marnar, Baqtriya- Marg’iyona. Ushbu sivilizasiya markazlarining barchasi yetarli darajada to’liq o’rganilmagan bo’lsa-da, tadqiqotchilarning katta guruhi ular o’rtasida keng miqyosidagi o’zaro tarixiy-madaniy ta’sir va bog’liqlik borligini e’tirof etadilar. O’zaro aloqalar haqida gap ketganda, shuni alohida ta’kidlash joizki, O’rta Sharq tarixiy sivilizasiyasi rivojlanishiga azaldan Shumer-Elam an’analari asos bo’lgan.
O’rta Osiyoning janubiy sarhadlarida ilk dehqonchilik xo’jaligi sohiblari joyitun neolit jamoalari bo’lishdilar. Shu jamoalar madaniyati negizida ilk sivilizasiya ildizlariga shart sharoit yuzaga keldi. Bronza davri butun O’rta Osiyo xududlarida ijtimoiy - iqtisodiy va tarixiy madaniy o’zgarishlar sodir bo’lgan davr. Aynan mana shu davrda O’rta Osiyoning shimoldagi aholisining bir qismi janub tomonga ko’chadi. Shimolda qolgan guruxlar esa tog’ oldi xududlaridagi soy va buloq bo’ylarini, daryolar havzalarini o’zlashtirib, sug’orilishi qulay bo’lgan xududlarda dehqonchilikga o’ta boshlaydilar. Sug’orma dehqonchilikka asoslangan madaniy vohalarda aholi zichligi oshadi. Amirobod, Tozabag’yob, Suvyorg’on, Zomonbobo, Burg’uluq, Chust, Sopolli, Nomozgoh, Murg’ob kabi dehqonchilikka asoslangan jamoalar madaniyati shakllanadiki, shu madaniyatlar negizida shaharsozlik madaniyati va ilk davlatchilik ko’rinishlari paydo bo’lishiga shart-sharoit yuzaga keladi. Bu davrda O’rta Osiyo xudularida taraqqiyot darajasi nuqtai nazaridan turli tarixiy-madaniy regionlar mavjud bo’lib, ular o’rtasidagi turli munosabatlarning kuchliligi hamda qarama-qarshiligi madaniy hayotning yangi halqasida ikkita etnik madaniy tizimning (o’troq va ko’chmanchi) bir xil darajada bo’lmagan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish tufayli yana murakkablashadi. Ushbu ikki etno-madaniy tizimda geopolitik aloqalar madaniy-ijtimoiy munosabatlarga ko’ndalang turadi. Natijada O’rta Osiyoning tarixiy-madaniy maydonida ayrimlari inqirozga uchragan, boshqa birlari shakllana boshlagan, ba’zilar qo’shilib ketgan ijtimoiy qurilmalarning qayta guruhlashuv jarayoni yanada faollashadi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida ushbu murakkab tarixiy- madaniy jarayonlar dastavval Nomozgoh, Oltintepa, Jarqo’ton, Sopollitepa, Gonur, Mergar, Shahri-So’xta kabi ilk shaxarmonand markazlarning rivojlanishi davomida bo’lib o’tganligi aniqlangan. O’z xususiyatlariga ko’ra umumijtimoiy bo’lgan bu ko’rinishlar madaniy moslashuv va ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish yo’lidagi sivilizasiyaning tarixiy harakati asosini tashkil etadi. Ular O’rta Osiyodagi ko’p qirrali urbanistik taraqqiyotda o’z aksini topib, bu xududlardan eneolitdan ilk temir davrigacha bo’lgan arxeologik manbalar orqali tarixiy- madaniy yuksalish sifatida o’z isbotini topadi.
Hozirgi kunda Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarning katta qismi O’zbekiston hudularini tashkil etib, bu hududlarda qadimdan o’ziga hos madaniyatlar taraqqiy etgan. Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, mil.avv. 2 ming yillikning oxiri - 1ming yillikning boshlariga kelib bu hududlarda Baqtriya(janubiy), So’g’d (markaziy), Xorazm (shimoliy), Farg’ona-Choch ( sharqiy) sivilizasiyalarning shakllanish jarayonlari bo’lib o’tadi. Ularning har biri uchun tarixiy- madaniy jarayonlarning bosqichma- bosqichligi, taraqqiyotning mahalliy va o’zagi xos xususiyatlari, mavjudlikning davomiyligi, murakkab etnogenez jarayonlari, ilk davlatchilik va shaxarlar genezisi xos edi. Ular o’zlarining ichki xususiyatlariga ko’ra, sug’orma dehqonchillikga asoslangan o’troq sivilizasiyalar yoki shaxarsozlik sivilizasiyalari sifatida yuzaga kelgan.
2. Jahon sivilizasiyasining qadimiy o’choqlaridan biri hisoblangan Xorazm diyori o’zining buyuk allomalari, noyob tarixiy obidalari, betakror san’ati hamda madaniyati bilan jahonda o’ziga xos munosib o’rinni egallaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» nomli asarida shunday yozadi: « Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz… Eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz «Avesto» ning yaratilganiga 3000 yil bo’layapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’idagi mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy tarixiy me’rosidir. «Avesto», ayni zamonda, bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy xujjatdirki, uni hyech kim inkor etolmaydi».
Xorazm o’lkasida yaratilgan muqaddas «Avesto» kitobi Markaziy Osiyo xalqlarining hayoti, urf-odatlari, diniy e’tiqodlari bilan bir qatorda tarix, falsafa, geografiya, etnografiya, tabiatshunoslik, adabiyot, tibbiyot va ekologiya kabi fan sohalari hamda ijtimoiy hayotning barcha tarmoqlariga oid qadimiy yozma manba hisoblanadi. Bundan rosa ming yil avval jahon ilmu fani va tafakkuri taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan Xorazm Ma’mun Akademiyasi tashkil topgan edi. «Baytul hikma» yoki «Majlisi ulama» nomlari ostida ish ko’rgan ushbu ilmiy dargohning paydo bo’lishi tasodifiy hol emas edi. Uning tarixiy ildizlarini Xorazm vohasida yuzaga kelgan qadimiy sivilizasion jarayonlardan va bu jarayonlarning uzluksiz hamda tadrijiyligidan izlamoq lozim.
Bu haqda Birinchi Prezident I.A.Karimov shunday degan edi: «Qadimgi Xorazm diyorida azal-azaldan ilmu-fan, san’at va hunar ravnaq topib, gullab yashnagan. Yurtimizdagi dastlabki Akademiyalar, xususan, Ma’mun Akademiyasi ham aynan shu yerda vujudga kelganini doimo faxru g’urur bilan eslaymiz. Bu o’lkada yetishib chiqqan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniydek daho ajdodlarimiz jahon sivilizasiyasiga beqiyos hissa qo’shib, aql zakovati, o’z salohiyati bilan shu yurtimizning, xalqimizning nomini saqlashga tarannum etdilar» (Karimov I.A. Asarlar 6-jild. 112 b.).
O’rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha « Katta Xorazm» va « Qadimgi Baqtriya davlati», degan davlat birlashmalari mavjud bo’lganligi to’g’risida tarixiy manbalarda ma’lumot juda oz. Marg’iyona ham ahamoniylargacha o’z shohlariga ega bo’lgan, degan taxminlar ham bor. Masalan, miletlik Gekatey bir qismi tekislikda, boshqa qismi esa parfiyaliklardan sharqdagi shaharlarda istiqomat qiluvchi xorasmiyaliklarni eslatib o’tgan. Keyinroq Gerodot Osiyoda har tomondan tizma tog’lar bilan o’rab olingan tekislik mavjudligidan, tog’ tizmalarida esa besh dara borligidan xabar beradi. Bu tekislik bir vaqtlar xorasmiyaliklarga qarashli bo’lgan. Tekislikning adog’idagi tog’dan katta Akes daryosi oqib chiqadi va u beshta irmoqqa bo’linib, xorasmiyaliklar yerlerini sug’organ. D. Markvart, keyinroq esa S.P.Tolstov ushbu ma’lumotlarga asoslanib, bu yerda ahamoniylar davrigacha Xorazm boshchiligida qudratli «Katta Xorazm» davlat birlashmasi mavjud bo’lgan, degan xulosaga kelishgan. Ular Xorazmning o’zini Zardusht ta’limotining afsonaviy vatani va bu ta’limot yoyilgan dastlabki viloyat- Aryanam Vayja bilan aynan, deb hisoblashgan. Qadimgi Xorazmda yozuv va yozuv madaniyati miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi choragidan boshlangan va dastlabki bosqichidayoq alifbo tizimida rivojlangan. Dastlabki yozuv « Avesto» ning kitobat qilinish davri Bilan bog’liq bo’lsa, miloddan avvalgi 1 ming yillik o’rtalaridan boshlab, aramey yozuvini qadimgi xorazm tiliga moslashtirish ro’y bergan. Tuproqqal’a yodgorligidan topilgan yozma xujjatlarda aks etgan yozuv xorazm yozuvining kattagina taraqqiyot yo’lini bosib o’tgandan keyingi yarim ravon xat ko’rinishidir. Mizdahkan, To’qqal’a, Yakkaporson, Xumbuztepa yodgorliklaridan topilgan yozuv namunalari qadimgi xorazm yozuvining milodiy VI-VIII asrlarga oid arab istilosi arafasidagi so’nggi bosqichini aks ettiradi. Umuman, Xorazmda qadimiy yozuv madaniyati miloddan avvalgi VII-V asrlardan boshlab izchil taraqqiyotga, davlatchilik jarayonlariga, mahkamachilik hamda ma’naviy ehtiyojlarga xizmat qiladi.

Download 25,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish