REJA: 1. Mathcad dasturi imkoniyatlari 2. Mathcad dasturida matematik ifodalarni qurish va hisoblash 3. Mathcad dasturida matritsalar ustida amallar bajarish
Boshlang‘ich holatda ekranda kursor krestik (+) ko‘rinishda bo‘ladi. Ifodani kiritishda u kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko‘k burchakli holatga o‘tadi. Mathcadning har qanday operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin:
Boshlang‘ich holatda ekranda kursor krestik (+) ko‘rinishda bo‘ladi. Ifodani kiritishda u kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko‘k burchakli holatga o‘tadi. Mathcadning har qanday operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin:
Menyu buyrug‘idan foydalanib.
Klaviatura tugmalaridan foydalanib.
Matematik paneldan foydalanib.
O‘zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori “:=” ishlatiladi. Hisoblashlarni amalga oshirish uchun oldin formuladagi o‘zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda yozilib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo‘ladi.
Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan foydalaniladi. Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin, masalan
Matematik masalalarni echishda Matchadning xizmati matritsalar ustida amallar bajarishda yaqqol ko‘rinadi. Matritsalar katta bo‘lganda bu amallarni bajarish ancha murakkab bo‘lib, kompyuterda Matchadda dastur tuzishni talab etadi. Matchad tizimida bunday ishlarni tez va oson amalga oshirsa bo‘ladi.
Matritsani tuzish. Matritsa quyidagicha hosil qilinadi:
1. Matritsa nomini va (:=) yuborish operatorini kiritish.
2. Mathcad menyular satridan Матрицы/Таблицы panelidan вставить матрицу tugmachasi bosiladi. Natijada Matrix (Matritsa) paneli ochiladi. Ochilgan muloqot oynasidan ustun va satr sonlari kiritilib Ok tugmasi bosiladi. Bu holda ekranda matritsa shabloni paydo bo‘ladi. Masalan quyidagi misolda 4x4 matrissa hosil qilinadi
3. Har bir joy sonlar bilan to‘ldiriladi, ya’ni matritsa elementlari kiritiladi.
Shablon yordamida 100 dan ortiq elementga ega bo‘lgan matritsani kiritish mumkin. Vektor – bu bir ustunli matritsa deb qabul qilinadi. Har qanday matitsa elementi matritsa nomi bilan uning ikki indeksi orqali aniqlanadi. Birinchi indeks qator nomerini, ikkinchi indeks – ustun nomerini bildiradi. Quyidagi misolni yechish uchun Mathcad dasturining matrissa determinantini hisoblash imkoniyatidan foydalanildi. Matrissaning determinantini hisoblash uchun det(A) buyrug’idan foydalaniladi.