Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli yо‘nalishlari mavjud bо‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini sotsial himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotdan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda kо‘rinadi.
Birinchidan, mulkning bir qismi davlat qо‘lida bо‘lib, u iqtisodiyotda faol rol о‘ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va о‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini о‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bо‘ladi. Ikkinchidan, sof kapitalizmdan farq qilib amerika iqtisodiyotiga yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud.
Bozor iqtisodiyotining samarali, xalqchil va barqaror iqtisodiy tizim sifatida amal qilishi va rivojlanishi uning afzalliklari bilan bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari quyidagi jihatlar orqali ifodalash mumkin:
1) resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bо‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yо‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg‘unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qо‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi;
2) erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Kо‘plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri – markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qо‘llash; ikkinchisi – bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.
3) harakatchanlik. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bо‘lishadi. Chunki xо‘jasizlik, sustkashlik, beg‘amlik har qanday xо‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida kо‘rib chiqilgan aosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa kо‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab о‘tish mumkin. Jumladan:
- uning ishlab chiqarishning о‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va kо‘nikishining yuqori darajasi;
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;
turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
cheklangan axborot – turli resusrlarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yо‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati – raqobatning kuchsizlanishiga yо‘l qо‘yish va uni rag‘batlantirish. Raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1) bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va о‘z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yо‘lidan ozod bо‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qо‘shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat – bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayib borishiga olib keladi;
2) bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bо‘lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bо‘lib birlashgan bozorning tarkib topishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bо‘lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qо‘llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda kо‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha kо‘p bо‘lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bо‘lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bо‘lgan tovarlar bilan ta’minlashiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur yetkazadi. Bozor tizimi о‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yо‘qotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati – jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishidir. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan ziddiyatlaridan biri – ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emaslikdir. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bо‘ladi.
Bozor iqtisodiyotining ziddiyatli tomonlaridan yana biri – tovarlar hajmi bilan pul massasi о‘rtasidagi rо‘y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligidir.Bu yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bо‘lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bо‘lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bо‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya iqtisodiyotida ham 90%dan ortiq xо‘jalik faoliyati xususiy firmalarda tо‘plangan bо‘lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qо‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy о‘sishga erishmoqda.
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi о‘zlarining namoyon bо‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining о‘zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qiymatga egaligini kо‘rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx о‘zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul kо‘rinishida ifoda etadi.
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bо‘lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi о‘z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha kо‘proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bо‘lgan qiymatni pul shaklida о‘zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir birligiga kо‘proq naflilikka (iste’mol qiymatiga) ega bо‘lishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari tо‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx о‘rnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bо‘ladi.
Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun biz quyidagi 1-chizmaga e’tiborni jalb etamiz.
Qiymati
Ijtimoiy qiymati
Ijtimoiy qiymatning puldagi ifodasi
Nafliligi (iste’mol qiymati)
Ижтимоий нафлилиги
Ijtimoiy naflilikning puldagi ifodasi
Ijtimoiy zaruriy sarflar (mehnat va moddiy)
Tovar
Нархи
Do'stlaringiz bilan baham: |