2-mavzu. Iqtisodiy faoliyat va ishlab chiqarish. Iqtisodiy o`sish



Download 398 Kb.
Sana08.04.2017
Hajmi398 Kb.


2-mavzu.

Iqtisodiy faoliyat va ishlab chiqarish. Iqtisodiy o`sish.


2.1. Ma'ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi

Vaqti – 2 soat

O‘quvchilar soni: 30-60 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Axborot, vizual ma'ruza.

Ma'ruza mashg‘ulotining rejasi

1. Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi.

2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.

3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.

4. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: ishlab chiqarish jarayoni va uning omillari to‘g‘risidagi bilimlarni chuqurlashtirish, ularga taalluqli turli nazariyalarni tahlil qilish.

Pedagogik vazifalar:

-ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini ochib berish;

-ishlab chiqarish omillariga tavsif berish shu haqidagi turli nazariyalar bilan tanishtirish;

-ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘ining mohiyatini ochib berish va uni ishlab chiqarish samaradorligi bilan bog‘liq holda tushuntirish.



O‘quv faoliyatining natijalari:

O‘quvchilar:

- ishlab chiqarish omillarini tavsiflaydilar;

- ishlab chiqarish natijalari tavsiflaydilar;

- ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining mohiyati to‘g‘risida tasavvur hosil qiladilar;

- ishlab chiqarish funksiyasini aniqlaydilar.



O‘qitish uslubi va texnikasi

Ma'ruza, muammoli holatlarni yechish, sinkveyn, O‘TV/KT, blits-so‘rov, grafik organayzer: klaster, konseptual jadval.

O‘qitish vositalari

Proektor, tarqatma material, grafik organayzerlar, doska, bo‘r

O‘qitish shakli

Individual, frontal, umumjamoa va juftlikda ishlash

O‘qitish sharoitlari

Proektor va kompyuter bilan ta'minlangan auditoriya



Ma`ruza mashg`ulotining texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

o`qituvchining

o`quvchining

1-bosqich.

Kirish

(5 min.)


1.1. Mavzu, maqsad va rejalashtirilgan o‘quv natijalarini e'lon qiladi.

1.2. Reja va muammoli holatlarni ifodalovchi savollarni ekranga chiqaradi.





1.1.

Eshitadilar, yozib oladilar.

1.2. E'tibor beradilar.



2-bosqich.

bilimlarni faollashtirish

(10 min.)


2.1. Asosiy kategoriya va tushunchalarni va ma'ruza ohirida yechiladigan masalalarni namoyish qiladi.

2.2. O‘quv faoliyatini baholash mezonlari ma'lum qilinadi.




2.1. Aniqlik kiritadilar.

Savollar beradi.





3-bosqich.

Asosiy


(55 min.)

3.1. Quyidagi savolni o‘rtaga tashlaydi:

Aytingchi, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qanday omillar ishtirok etadi?

Ana shu savol bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash
uchun “Sinkveyn” usulidan foydalangan holda (10-ilova) har bir omilga ta'rif beradi.

Ishlab chiqrish omillarini aks ettiruvchi chizmani namoyish qiladi. Ishlab chiqarish omillarini turkumlarga ajratadi.

3.2. Ishlab chiqarish jarayonining mohiyati bilan tanishtiradi, mehnat jarayoniga ta'rif beradi.

-moddiy ishlab chiqarish;

-nomoddiy (xizmat ko‘rsatish sohasi);

-birinchi bo‘linma;

-ikkinchi bo‘linmalar tarkibini tushuntiradi.

3.3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalariga ta'rif beradi.

Zaruriy mahsulot, qo‘shimcha mahsulot, sof mahsulotning mazmunini tushuntiradi. Ishlab chiqarish funksiyasining mazmunini va formulasini tushuntiradi.

Umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot, so‘nggi qo‘shilgan mahsulot kategoriyalarining mazmunini yoritadi.



3.1. Omillarni sanaydi.

Ta'riflarni yozib oladilar


.

Ishlab chiqarish omillarini turkumlaydi.

3.2. Yozib oladilar, muhokama qiladilar.

Guruhlash mezonini tushuntiradilar.


Yozadilar.





4-bosqich.

Yakuniy


(10 min.)

4.1. Mavzuga xulosa yasaydi. O‘quv jarayonida faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag‘batlantiradi.

4.2. Mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun savolarni beradi: mehnat, ishchi kuchi, ishlab chiqarish vositasi, mehnat predmeti kategoriyalariga “Sinkveyn” misoli yordamida ta'rif berishni topshiradi

.


4.1. Eshitadi. Aniqlashtiradi.

4.2. Topshiriqni yozib oladilar.







Vizual materiallar.

1-ilova.

Iqtisodiy faoliyat kishilar hayotining asosini tashkil qilib, hayotining ne'matlar va boyliklarni takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab olgan.





2-ilova.

Ishlab chiqarish tushunchasi







Tor ma'nodagi ishlab chiqarish – ma'lum davr mobaynida moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish jarayoni.

Keng ma'nodagi ishlab chiqarish – mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilishning uzluksiz yangilanuvchi jarayoni sifatida olingan ijtimoiy takror ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish jarayoni – foydali tovar va xizmatlarning hajmi ortishi va qiymati oshishi jarayoni yig‘indisi. Har qanday iqtisodiy tizimda xo‘jalik yuritishning natijasi ishlab chiqarilgan mahsulot hisoblanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim ko`rsatkichi uning samaradorligi hisoblanadi. U ishlab chiqarish natijalarining xarajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.




3-ilova.








4-ilova.

Ishlab chiqarish omillari tizimida mehnat




Mehnat quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida tavsiflanadi:
ish vaqti (ish kuni) – inson mehnat qiladigan davr;
- intensivlik- mehnatning shiddati, u vaqt birligida jismoniy va aqliy quvvatni sarflash darajasi yordamida aniqlanadi;
- mahsuldorlik – vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.







Yangi ko‘rinishdagi xodimning asosiy farqli xususiyatlari


Ишлаб чиқариш омиллари тизимида меҳнат

5-ilova.

xizmat ko‘rsatish sohalari


Zamonaviy ishlab chiqarish tuzilmasi












Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi – iqtisodiy model bo‘lib, mamlakat, firma yoki alohida ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish imkoniyatlarini namoyish etadi.

Ishlab chiqarishning biror-bir muqobilini oldindan tanlash jamiyatning ertangi ishlab chiqarish imkoniyatlariga ta’sir etadi.

Texnikaviy taraqqiyotga ijobiy ta’sir etuvchi ishlab chiqarish tuzilmasini tanlash orqali yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish ta’minlanadi.
6-ilova.


7-ilova.


frame3

8-ilova.



9-ilova.




10-ilova.




11--ilova.

Sinkveyn” (5 qator) texnikasi

Maqsad – kategoriyaga xarakteristika berish

Sinkveyn sxemasi:

1–qator – tushuncha;

2-qator – tushunchani tavsiflovchi 2 sifat;

3-qator – ushbu tushuncha vazifalari to‘g‘risidagi 3 ta fe’l;

4-qator – ushbu tushuncha mohiyati to‘g‘risidagi 4 so‘zdan iborat so‘z birikmasi;

5-qator – ushbu tushuncha sinonimi.

2.2. Seminar mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Vaqti – 2 soat

O‘quvchilar soni 25-30 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Munozarali seminar

Seminar mashg‘uloti rejasi

  1. Iqtisodiy faoliyat va ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.

  2. Ishlab chiqarish omillari, ularning tarkibi, o‘zaro bog‘liqligi va birikish usullari.

  3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. YAlpi va ichki milliy mahsulot.

  4. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari borasidagi bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish.

Pedagogik vazifalar:

  • mavzu bo‘yicha bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash;

  • darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish;

  • iqtisodiy axborotlarni tahlil qilish va o‘z fikrini ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

O‘quv faoliyatining natijalari:

O‘quvchi:

- mavzudagi asosiy tushunchalar, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish kategoriyalaring mazmunini yorita oladi;

- ularni guruhlay oladi, tizimlashtiradi, ishlab chiqarish omillari va resurslarini farqlay oladi;

- ishlab chiqarish natijalari to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘ladi.


O‘qitish uslubi va texnikasi

Munozarali seminar, suhbat, aqliy hujum.

O‘qitish shakli

Jamoada va guruhlarda ishlash.

O‘qitish vositalari

Ma’ruza matnlari, proektor, marker, skoch, A32 F qog‘oz, konspektlar

O‘qitish sharoitlari

Guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan auditoriya


Seminar mashg‘ulotining texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

o‘qituvchi

o‘quvchi

1-bosqich.

Kirish


(10 min.)

1.1. Mavzuni, maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

1.2. Seminar munozara tarzida o‘tishini e’lon qiladi.

1.3. Bilimlarni faollashtirish maqsadida “Siz qanday yangi iqtisodiy atamalar bilan tanishdingiz?” savoli bilan murojaat qiladi.

1.4. Munozara qoidalarini eslatadi.



Mavzuni yozadilar va savollarga javob beradilar

2-bosqich. Asosiy

(60 min.)



2.1. O‘quvchilarni munozara savollari bilan tanishtiradi

- ishlab chiqarish jarayonining mazmuni qanday?

- ishlab chiqarish omillarining mazmunini va tarkibini bilasizmi?

- mehnat unumdorligi nima?

- ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini ayta olasizmi?

2.2. O‘quvchilar munozarasini tashkil etadi.

Har bir javobning mazmuniga va mantiqiyligiga e’tibor beradi. Savollar berishni taklif etadi. Turli nuqtai nazarlar tinglanadi va umumlashtiradi. Har bir savol muhokamasi umumiy xulosa bilan tugaydi.

2.3. O‘quvchilarning qo‘shimcha savollariga javob beradi.



2.1. Eshitadilar va javoblarni tayyorlaydilar.
2.2. O‘quvchilar savollarga o‘z nuqtai nazarlarini bildiradilar, qo‘shimchalar qiladilar va savollar beradilar.

3-bosqich.

YAkuniy


(10 min.)

3.1. Seminar mashg‘ulotini yakunlaydi, savollar bo‘yicha xulosalar chiqaradi, munozara ishtirokchilarini baholaydi.

3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi. (Mavzu bo‘yicha masalalar)



Eshitadilar. Xulosalarni yozib oladilar.

Topshiriqni oladilar.




1-ilova.


Munozara qatnashchilariga eslatma

        1. Munozara munosabatlar yig‘indisi emas, balki muammo echimi uslubiyatidan iborat.

        2. Ko‘p gapirmasdan, boshqalarning so‘zlashiga imkon ber.

        3. Maqsadga erishish yo‘lida xissiyotlarinni jilovlab, batafsil o‘ylagan holda so‘zla.

        4. Raqiblaring vaziyatini o‘rganib, ularga xurmat bilan murojaat qil.

        5. Raqiblaring tomonidan aytilgan fikrlarga tanqidiy va mulohazali yondash.

        6. Munozara predmeti bo‘yicha chetga chiqmagan holda to‘g‘ri yondashib gapir.

Muammoli seminarning boshqaruv dastaklari

Boshlovchi barcha vazifalarni o‘ziga oladi – munozara bosqichlarini boshqarish, javoblarning asoslanishi va to‘g‘riligini tasdiqlash, qo‘llangan termin va tushunchalarni aniqlash, munosabatlarni to‘g‘ri qo‘llash va boshqalar. Taqdimotlarning taqsimotini to‘g‘ri boshqarish.

Taqrizchi – tomonlarning ma’ruzalarini yo‘nalishlar bo‘yicha belgilash va to‘liq xarakterda baholash: dolzarbligi, ilmiy jihati, mantiqiyligi va masalalarning aniq qo‘yilganligi, xulosalarning aniq ko‘rsatilishi.

Raqib – qabul qilingan tadqiqot o‘rtasida raqobatchilik jarayonini shakllantiradi. U faqatgina ma’ruzachining asosiy holatini tanqid qilish emas, shu bilan birgalikda, uning aytgan fikrlaridan zaif yoki hato tomonlarini topish hamda o‘zining hal qiluvchi fikrlarini taklif qilishi ham mumkin.

Ekspert – barcha munozaralarning, jumladan, munozara qatnashchilari tomonidan aytilgan fikrlarning, qilingan xulosalarning, taklif va gipotezalarning maxsuldorligini baholaydi.

Munozara reglamentini o‘tkazish tartibi

  1. Boshlovchi ma’ruza mavzusi va ma’ruzachilarning taqdimotlarin e’lon qiladi.

  2. Ma’ruza 5 minut davom etadi.

  3. Taqrizchi – 2 minut.

  4. Raqib – ma’ruza mavzusi bo‘yicha fikrlarini 1-3 minut taqdim etadi.

  5. Jamoaviy muhokama – 5-10 minut.

2-ilova.

Baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari



Baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari (ballarda)

Munozara ishtirokchilari

Ma’ruzachilar (F.I.SH.)

1

2

3

4

Ma’ruzaning mazmuni (2,5):













  • mavzuga mos kelishi (1,5);













- mantiqiylik, aniqlik (0,5);













  • xulosalarni qisqaligi (0,5);













Infromatsion texnologiyalardan foydalanganligi (ko‘rgazmalilik) – (0,9).













Reglament (0,6)













Jami (4,0)
















Taqrizchilar (F.I.SH.)

Ma’ruzaning tavsifi (3,0)













  • ma’ruzaning kuchli tomonlari aniqlash (1,2)













  • ma’ruzaning zaif tomonlari aniqlash (1,2)













Reglament (0,6)













Jami (3,0)
















Opponentlar, ishtirokchilar (F.I.SH.)

Savollar:













  • har biri uchun (0,3)













Qo‘shimcha













  • har biri uchun (0,3)













  • mohiyati bo‘yicha (0,3)













Jami (3,0)














3-ilova.

Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
Moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish va ularning o‘zaro bog‘liqligi.

1. «Moddiy» va «nomoddiy» ishlab chiqarish tushunchalarining iqtisodiy mohiyati nimada?

2. Ushbu iqtisodiy kategoriyalarni paydo bo‘lishiga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?

3. Ularning o‘zaro bog‘liqligi qanday?


O‘zbekistonning resurs potensiali va ulardan samarali foydalanish muammolari.

1. O‘zbekistonning resurs potensialini qanday tavsiflash mumkin?

2. Ishlab chiqarish jarayonida resurs potensialidan samarali foydalanishning mohiyati nimada?

3. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning resurs potensialidan samarali foydalanishning qanday muammolari mavjud?


Mehnat unumdorligi iqtisodiy o‘sish omili sifatida.

1. Mehnat unumdorligi tushunchasining iqtisodiy mohiyati nimada?

2. Mehnat unumdorligini ortishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

3. Mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sish kategoriyalarining o‘zaro bog‘liqliklari nimada?


4-ilova.

Muhokama va xulosalar chiqarish uchun savollar

  1. Iqtisodiy faoliyat va ishlab chiqarish jarayonining mazmuni nimadan iborat?

  2. Ishlab chiqarish omillari, ularning tarkibi, o‘zaro bog‘liqligi va birikish usullarini aytib bering.

  3. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar nimalardan iborat?

  4. Mehnat taqsimoti, uning kooperatsiyasi va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi qanday?

  5. Moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi nimalardan iborat?

  6. O‘zbekistonning iqtisodiy resurslari va undan ishlab chiqarish jarayonida samarali foydalanish muammolarini aytib bering.

  7. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini aytib bering.

  8. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?


Каталог: uum2 -> Majmua-ijtimoiy-fanlar-2015 -> Iqtisodiyot -> Силлабус 2015 -> ўзбекча%20лотин
ўзбекча%20лотин -> 4-mavzu. Mulkchilik va xo`jalik yuritish shakllari
Iqtisodiyot -> Toshkent tibbiyot akademiyasi
Iqtisodiyot -> Toshkent tibbiyot akademiyasi I- ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi Iqtisodiyot nazariyasi fani Mavzu: 8- tadbirkorlik faoliyati Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik sarf xarajatlari va foyda
ўзбекча%20лотин -> Mulkiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz ?
ўзбекча%20лотин -> «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti va bilish usullari. Ijtimoiy, iqtisodiy ehtiyojlar
ўзбекча%20лотин -> Test Ish haqi nima?
ўзбекча%20лотин -> Testlar Ishlab chiqarish xarajatlari bu
ўзбекча%20лотин -> 12-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari
ўзбекча%20лотин -> Jaxon xo‘jaligi bilan xarakterlanadi: ishlab chiqarish kuchlarini baynalminallashuvi
ўзбекча%20лотин -> Butun milliy iqtisodiyotning xolatini xarakterlovchi muxim makroIqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalardan iborat


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa