2-mavzu: Investitsiya jarayonlarining mazmuni va
asosiy bosqichlari
Reja:
2.1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo‘nalishlari.
2.2. Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.
2.3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.
Tayanch iboralar: investitsiya jarayoni, multiplikatsion samara, investitsiya loyihasi, biznes reja, ustav kapital, investitsiya loyihasining hayotiylik davri
2.1-topshiriq.
Quyidagi masalani yeching.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun quyidagi ish turlarini loyihaning hayotiyligining qaysi uch bosqichida amalga oshiriladi: investitsiya oldi bosqichidami, investitsiyalash bosqichidami yoki ishlab chiqarish (operatsion) bosqichdami va ushbu ishlarning ma'nosini yozing:
1. Ishlab chiqarish obyekti qurilishining boshlanishi;
2. Loyiha bo'yicha biznes-rejani ishlab chiqish;
3. Yetkazib beruvchi bilan shartnoma imzolash;
4. Ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulot turlarini ko'paytirish;
5. Kredit hisobvaraqlarini ochish;
6. Biznes-rejani ishlab chiqish uchun marketing tadqiqotlarini o'tkazish;
7. Birinchi mahsulotlarni ishlab chiqarish;
8. Loyiha g'oyasining paydo bo'lishi;
9. Mahsulotlarni ichki bozorda sotish.
Investitsiya oldi bosqichi
|
Investitsiya bosqichi
|
Ishlab chiqarish bosqichi
|
Loyiha bo'yicha biznes-rejani ishlab chiqish
|
Ishlab chiqarish obyekti qurilishining boshlanishi
|
Yetkazib beruvchi bilan shartnoma imzolash
|
Biznes-rejani ishlab chiqish uchun marketing tadqiqotlarini o'tkazish
|
Ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulot turlarini ko'paytirish
|
Birinchi mahsulotlarni ishlab chiqarish
|
Loyiha g'oyasining paydo bo'lishi
|
Kredit hisobvaraqlarini ochish
|
Mahsulotlarni ichki bozorda sotish
|
2.2-topshiriq.
Investitsiya jarayoni, uning qatnashchilari, bosqichlari va investitsiya loyihasi tushunchalarining ma’nosini yozing.
Investitsiya jarayoni – pul taklif qiluvchilarni pul talab qilayotganlar bilan uchrashtirish mexanizmidir. Ikkala tomon odatda moliyaviy institutlarda yoki moliyaviy bozorda uchrashadilar. Ayrim vaqtda, xususan mulkiy qiymatlar bilan bitim imzolanganda sotuvchi va xaridorlar bevosita muomalaga kirishadilar. Moliyaviy institutlar – masalan, banklar va ssuda omonat assotsiatsiyalari – odatda omonatlarni qabul qiladilar va keyin pulni kreditga beradilar yoki boshqa pul bilan mablag’larni investitsiyalaydilar. Moliyaviy bozorlar – moliyaviy resurslarni taklif qiluvchilarni va ularga ehtiyoj sezayotganlar odatda fond birjalariga o’xshash vositachilar yordamida bitim tuzish uchun birlashtirish mexanizmi hisoblanadi.
Investitsiya jarayonining bosh ishtirokchilari – davlat, kompaniyalar va xususiy shaxslar bo’lib, ularni har biri investitsiya jarayonida talab tomonida, yoki hamda taklif tomonida turib ishtirok etishi mumkin.
Investitsiyalashning bosh bosqichlari quyidagilar bo‘ladi: resurslarni kapital qo‘yilmalarga aylantirish (resurslarning kapitallashuvi), ya‘ni bunda investitsiyalar investitsiya faoliyatining aniq obyektlariga transformatsiyasi jarayoni yuz beradi; qo‘yilgan mablag‘larning kapital qiymati o‘sishiga aylanishi (ekspluatatsiyaga berilgan obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlari shaklida); kapital qiymatining daromad (foyda) shaklida o‘sishi, ya‘ni investitsiyalashning oxirgi (so‘nggi) maqsadi amalga oshiriladi.
Investitsiya loyihasi iqtisodiy, ijtimoiy naf va boshqa yo‘sindagi naf olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar kompleksi yoki alohida tadbirdir.
Investitsiya loyihasini tuzish va amalga oshirish umumiy holda quyidagi bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi:
- investitsiya g’oyasini shakllantirish;
- investitsion imkoniyatlarni tadqiq etish;
- investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash;
- shartnoma hujjatlarini tayyorlash;
- loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash;
- qurilish-montaj ishlari;
- ob’ektni ishga tushirish va investitsiya loyihasi (iqtisodiy ko’rsatkichlar) monitoringini olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |