Shaxs nazariyalari. XXI asrda yashovchi inson ongli, ongosti va ongsizlik holatlaridan tashqari o‘z-o‘zini anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Huddi shu boisdan o‘z-o‘zini anglashning quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari
Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o‘rganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o‘ziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.Ularni quyidagi tizimda yaqqol ko‘rish imkoniyatini beradi.
Biogenetik nazariyaning negizida etilish bosh omil sifatida o‘abul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o‘zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh omili biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ularning mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi.
Taraqqiyot jarayonining o‘zi biologik etilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan, biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol’ o‘ynagan. Biroq fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda o‘o‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, biologik qonunga ko‘ra shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyatni tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini o‘iso‘acha takrorlaydi, degan g‘oya edi.
Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo‘lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb “rekapitulasiya qonuni”ni (filogenezni o‘iso‘acha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis “konstitusion psixologiyasi” (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir qancha biologik omillarni (masalan tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud deb tahmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid toifasiga xos (tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘ta barqaror), ikkinchi uchida shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu tahminni u shaxs rivojlanishi davriga ko‘chirishga harakat qiladi, natijada o‘smirlarda sikloid xususiyatlari (o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o‘spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari) bo‘ladi degan xulosa chiqaradi.
Biogenetik nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko‘radilar va bu jarayonda muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o‘zaro o‘rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko‘rinishi Zigmund Freydni shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog‘liqdir.Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo‘lgan nazariya sosiogenetik nazariya hisoblanadi. Sosiogenetik yondashuvga binoan shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni o‘urshab turgan odamlar bilan o‘zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra inson biologik tur sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
Gʻarbiy Evropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o‘zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‘lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatlarida o‘zgalar bilan munosabat muloqot o‘rnatishda sezilarli iz qoldiradi.
AQSH da keng taro‘algan nazariyalardan yana biri bu individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o‘zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqeylikka nisbatan munosabati ko‘pincha ko‘nikmalarni egallash, bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib, uning samarasi qo‘zg‘atuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu nazariyaning tarafdorlari E.Torndayk va B.Skinnerlar hisoblanadi.
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi psixologiya fani uchun (o‘z davrida) muhim ahamiyatni kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko‘ra, individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o‘tovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy zarurat maydonining ko‘lami va tayanch nuo‘tasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo‘lib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning o‘iymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Ushbu yondashuvni uchta mustaqil yo‘nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o‘z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o‘zaro tafovutlanadi.
Psixologiyaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo‘lishi emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har o‘aysisi o‘ziga xos betakror xususiyatga egaligini ta’kidlaydi.
Kognitiv yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.
J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‘lib, u intellekt funksiyalari va intellekt davrlari ta’limotini o‘z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyusho‘oo‘lik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish, ko‘nikish) dan iborat bo‘lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Rossiya psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leont’ev, B.G.Anan’ev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu masala bilan shug‘ullanuvchilar safi kengayib bordi. Huddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o‘ziga xosligi bo‘yicha yondashuvda muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va undan so‘ng ularning mohiyatini ochish maqsadga muvafiq. Ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta’rif berish nuqtai-nazaridan yondashishni quyidagi nazariya va yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish mumkin. Jumladan, rivojlanishdagi ino‘irozga binoan (L.S.Vigotskiy); motivasion yondashish (L.I.Bojovich); faoliyatga ko‘ra munosabat (D.B.El’konin); shaxsning ijtimoiylashuv xususiyatiga e’tiboran (A.V.Petrovskiy); shaxsning tutgan pozisiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo.
Shunday qilib, jahon va hamdo‘stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega bo‘lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo‘lib, xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni echishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. O‘z-o‘zini anglash jarayoni milliy o‘zligini anglash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, muayyan vaqt, muddat o‘tishini, ya’ni ma’lum davrni taqozo etadi, lekin u ham evolyusion, ham revolyusion yo‘l ta’sirida amalga oshishi mumkin. O‘z-o‘zini anglash borliq va jamiyatni in’ikos etishning yuqori bosqichi sanalib, pirovard natija sifatida yuzaga keladi, insonning donishmandligini namoyish qiladi. O‘z-o‘zini anglash besh tarkibdan iborat bo‘lib, u o‘ta murakkab jarayon hisoblanib, uning tarkiblari birin-ketin anglashinish imkoniyatiga ega emas. Chunki insonda o‘zining hayoti va faoliyati yutuqlari, nuqsonlarini, xulq-atvor ko‘nikmalarini, aql-idrok darajalarini, ichki imkoniyat zahiralarini, qadriyat hamda ma’naviyat ko‘rsatkichlarini oqilona baholash qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid va o‘z-o‘zini tanqid, baholash va o‘z-o‘zini baholash, tekshirish va o‘z-o‘zini tekshirish, nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish, boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish, takomillashtirish va o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi. Individual va ijtimoiy ongni tobora rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni ta’minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi. Inson o‘z-o‘zini anglash jarayonida ko‘pincha reallikdan boshlaydi, hozirgi va favquloddagi holatni tahlil qiladi, shaxsiy imkoniyati bilan taqqoslaydi, ma’lum mezon yoki namuna, ibrat tanlab, unga tenglashishga intiladi. Keyinchalik esa kelajak, istiqbol rejalari uni qiziqtiradi, o‘zining nimalarga qodirligi yuzasidan mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning ongliligi yoki oqilliligiga shubhalanadi. Uni bir necha marta tahlil qilish, qiyoslash, unga o‘zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo‘lg‘usi "Men" iga aniqlik kiritadi va faollik mexanizmiga aylantiradi.
Z.Freyd inson ruhiyatini muz tog‘iga qiyoslab tushuntirib berdi: “muz tog‘ining ustki, ya’ni oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi ong ostidagi jarayonlar, ya’ni ongsizlikdir”.Freyd bo‘yicha inson ruhiyati modeli. Muz tog‘ining Siz ko‘rib turgan qismi bizning ongimiz. Biroq suvning tagida muz tog‘ining juda katta (6 barobar) qismi ko‘rinmay yotibdi. Uning mana shu ko‘rinmay yotgan qismi ongsizlikdir.“Janob Freyd! Sening inson psixologiyasi haqidagi dunyoqarashlaring va ilmiy farazlaring psixologiya qonunlariga juda zid va haqoratomuzdir” degan dashnomlarni ko‘p eshitgan olimpsixologiyani ham tark etdi. Menimcha Freyd psixologiyani emas, balki psixologlarni tark etdi. Boz ustiga uning maqolalarini psixologiya jurnallarida chop etmay qo‘yishdi va ilmiy kengashlarga ham chaqirmay qo‘yishdi. Unda fanda yangi bir yo‘nalish ochishdan boshqa iloj qolmadi va u psixologiyaga yaqinroq bo‘lishi kerak edi. Axir inson ruhiyatini psixologiyasiz o‘rganib bo‘ladimi? Ongli jarayonlarni ongsiz jarayonlar orqali o‘rganish uning fikru-xayolini qamrab olgandi. Inson ruhiyati haqidagi demagogiya ham uning joniga tekkan edi. U fanda yangi bir yo‘nalish ochadi va uni “Psixoanaliz” deb ataydi. To‘g‘ri “psixoanaliz” atamasi fanga yaqin bo‘lsada, uning shakllanishida fiziologiya, nevrologiya va psixologiya yotardi. Bu uchchala fanning ishtirokisiz psixoanalizni tasavvur qilib ham bo‘lmaydi. Obrazli qilib aytganda psixoanalizni osmonga bo‘y cho‘zib turgan teleminoraga o‘xshatish mumkin. Ushbu minoraning bir oyog‘i – fiziologiya, ikkinchi oyog‘i – nevrologiya, uchinchi oyog‘i esa – psixologiyadir. E’tibor qilinga, ularning hammasi bir xil va teng. Minoraning osmonga bo‘y cho‘zib qo‘yoshga intilib turgan qismi esa – psixoanalizdir. Minoraning ushbu qismidan atrofga qarasangiz go‘zal shahar kaftingizda turgandek ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Demak, boshqa fanlardan farqli o‘laroq, psixoanaliz inson qalbini va uning eng tubida yashirinib yotgan jarayonlarni bemalol ko‘ra oladigan fan. Psixoanaliz fani o‘z oldiga ong tubida yashirinib yotgan chuqur psixologik jarayonlarning sir-asrorini ochishni maqsad qilib qo‘yadi va shu yo‘l bilan nevrozni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganadi
Ongsizlik nima?Z.Freyd bizda “yashirinib” yotgan psixologik jarayonlarni ongsiz jarayonlar deb atadi. Rus psixologlari bu holatni turli atamalar bilan ta’riflashadi: “bessoznatelnoye” (ongsizlik), “podsoznaniye” (ongosti). O‘zbek olimlari ichida ongsizlikni “botiniy ong” deb atash taklifi ham kiritilgan (A. Usmonxo‘jayev). Shunday qilib, hanuzgacha fanda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lib kelayotgan va mohiyati to‘laligacha o‘rganilmagan ushbu noaniq psixologik jarayonlarning atamasi ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Ularning ma’nosini o‘zgartirmagan holda men «ongsizlik» atamasini ma’qul topdim.Ongsizlik bu shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarzda, o’zi bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amalga oshiradi. Bu xatti-harakatlar o‘z-o‘zidan kundalik hayotda, uyquda, ya’ni tush ko‘rayotganda yoki gipnotik holatlarda kuzatilib turadi. Ongsizlik, tabiiyki, ongga bog‘liq bo‘lmagan holat.Z. Freydning ta’biri bilan aytganda, ongdan siqib chiqarilgan odamning tabiiy instinktlari ong ostida qo‘nim topadi. Ongsizlik tug‘ma xususiyat bo‘lib, insonning barcha xatti-harakatlarini belgilab beradi.
Freyd bo‘yicha ruhiyat modeli qanday?Z. Freyd o‘z kuzatuvlariga asoslanib, inson ruhiyatining yangi bir modelini yaratdi. Unga asosan, bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan 3 ta psixologik tuzilma mavjud. Bular id, ego va super-ego. «Id» — bu instinktlar. U ongdan xolis. «Ego» — bu Men. Uning ongi bor. «Super-ego», ya’ni Super-men — bu odamni o‘rab turgan muhit, jamiyat. Super-Men odamning xulq-atvorini «tepadan» nazorat qilib turadi. Bu tushunchalarning har biriga ta’rif berib chiqamiz.
Id – biologik instinktlarmi? Zigmund Freyd fikricha, evolyusiyaning dastlabki bosqichida odamda o‘z-o‘zini saqlash, ya’ni ovqat izlash instinkti odamning xulq-atvorini belgilab bergan. Shu bilan parallel holda yoki biroz so‘ng bu funksiyani ko‘payish instinkti, ya’ni seksual instinkt bajara boshlagan. Freyd barcha biologik instinktlarni (himoya, ovqat izlash va ko‘payish, ya’ni seksual) bitta so‘z bilan Id deb atagan.«Id» ongda aks etmaydi, u ong ostida joylashgan, to‘g‘rirog‘i, ong ostiga tiqishtirilgan. «Id» qoniqish prinsiplariga asoslanib faoliyat ko‘rsatadi. Bu yerda jinsiy qoniqish alohida o‘rin tutadi. Z. Freyd jinsiy mayl tushunchasini bag‘oyat kengaytirib yuboradi. Ya’ni uning ta’limoti bo‘yicha jinsiy mayl odamning xatti-harakatini tug‘ilganidan buyon boshqarib keladi. Z.Freyd qondirilmagan his-tuyg‘u yoki maylning ruhiy quvvati ong ostida to‘planib boradi va o‘z ifodasini topishga urinadi, deb fikr yurgizadi. Mayllar ichida u libidoni asosiy o‘ringa qo‘ygan.
Id tajovuzkormi?«Id» doimo «men» va «super-men» bilan murosasiz jang olib boradi, chunki ular «id» ni doimo nazorat qilishga intiladi-da. «Id» kuchli quvvatga ega bo‘lsa-da, «men» uni ong ostidan suzib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun ham «id» tajovuzkordir.«Men» nazoratni to‘la qo‘lga olgunga qadar instinktlar go‘yoki odamning hayot tarzini, ya’ni xulq-atvorini belgilab bergan. «Men»ning rivojlanishi odamning hayot tarzini o‘zgartirib yubordi va uning xulq-atvorini nazorat ostiga oldi. Shunga qaramasdan, psixoanalitiklar «id» ga odamning hayot tarzini belgilab beruvchi asosiy manba sifatida qarashadi. «Id» o‘zgarmas, «men» esa rivojlanib va o‘zgarib boradi.
Ego – bu Men degani!Odam boshqa jonzotlardan aql-zakovat, ya’ni ongning borligi bilan farq qiladi. Demak, ong «men» demakdir. Agar odam faqat «id» qonuniyatlariga bo‘ysunib yashaganida edi, uning hayot tarzi hayvonlarnikiga o‘xshab qolardi. Vaholanki, odam faoliyati ongli jarayon ekan, u o‘z xatti-harakatlarida ham, asosan ongga tayanadi. Biroq bu xatti-harakatlarni “id” belgilab beradi.Psixoanalitiklar odamni, aniqrog‘i uning ruhini, tirik hujayraga o‘xshatishadi. Bunda hujayraning tashqi pardasi «men» bo‘lsa, uning ichki tarkibi «id» dir. Hujayraning ichida moddalar almashinuvi natijasida katta energiya to‘planadi va kuchli energiyaga ega bo‘lgan «id» tashqariga yorib chiqqisi keladi. Bunga esa hujayraning tashqi pardasi, ya’ni «men» yo‘l qo‘ymaydi.
Id va Men orasidagi munosabatlar yaxshimi?Z. Freyd «men» va «id» orasidagi munosabatlarni chavandoz bilan ot orasidagi munosabatlarga qiyoslab ham tushuntirib bergan (rasmga qarang)Chavandoz otni o‘zi boshqarsa-da, faqat uning quvvati hisobiga harakatlanadi. Kerak paytda chavandoz o‘zanni qattiq ushlab otni to‘xtatishi va o‘zi xohlagan tomonga yo‘naltira olishi zarur, aks holda u yiqilib qattiq jarohat oladi yoki halok bo‘ladi. Ba’zi vaziyatlarda qachon to‘xtash va qaysi tomonga yurish kerakligini chavandoz emas, balki otning o‘zi tanlaydi. Masalan, chavandoz uxlab qoladi, charchaydi yoki kasallanadi.«Men» (chavandoz) ning ahvoli «id» (ot) ning ahvoliga qaraganda biroz murakkabroq. Chunki, «men» bir tomondan atrof-muhitning, ya’ni tashqi olamning qonun-qoidalariga amal qilishi kerak, ikkinchi tomondan kuchli ot («id») ni boshqarishi kerak. «Men» ham tashqi olam, ya’ni «super-men»ning talablarini, ham «id»ning ehtiyojlarini qondirishi uchun doim xavotirda yashaydi. Bu talablarni bajarish uchun «men» doim sergak bo‘lib turishi kerak, bu talablar bajarilmasa, aybdorlik hissi aynan “men” bo‘yniga tushadi. Demak, «men» doimo o‘zini himoya qilish yo‘llarini izlaydi. Z. Freyd nevrozlarning kelib chiqishini ushbu ziddiyatli munosabatlardan izlagan.
Keyinchalik Z. Freyd yaralangan harbiy xizmatchilarda ham nevroz va isteriya holatlarini kuzatadi. Bu kasalliklarni jinsiy mayl bilan izohlab bo‘lmasdi, albatta. Endi Z.Freyd ong ostiga qamalgan va qondirilmagan ehtiyojlarni boshqacha yo‘l bilan qondirish yo‘llarini izladi, ya’ni u seksual faoliyatni boshqa faoliyat bilan almashtirish (sublimasiya) mumkinligini ilgari surdi. Bu faoliyat nima? Ular axloq qonunlariga zid kelmaydigan faoliyatlar (fan, madaniyat, sport, ijod va h.k). Bu nazariyani Z. Freydgacha ham o‘rganishgan. Biroq Z. Freyd insoniyat yaratgan madaniy boyliklarni ana shu xil evrilish (sublimasiya) mahsuli deb bildi.
Super-Ego – bu Super-Men!Xo‘sh unda «Super-men» nima? Ma’lumki, hujayralar to‘plami to‘qimani, to‘qimalar a’zolarni, a’zolar esa organizmni tashkil qiladi. Demak, «Super-men» – barcha «men»lar yig‘indisi. Hujayra organizmda hayot kechirgani kabi, organizm ham hujayrasiz yashay olmaydi. Organizm — bu «super-men». «Super-men» — bu jamiyat qonunlari, axloq prinsiplari va din talablari. “Men” “Super-Men” talablariga bo‘ysunib yashashi kerak. Aks holda u halokatga uchraydi. Demak, bu 3 ta tuzilmadan “Men” ga og‘ir. Chunki u bir tomondan “id” ni qoniqtirishi kerak, ikkinchi tomondan “Super-Men” talablariga amal qilishi kerak. Freyd fikricha shuning uchun ham “Men” da nevroz rivojlanadi.
Psixoanalitik qanday davolaydi?Psixoanalitiklar nevrozlarni psixoterapevtik yo‘l bilan davolashda “Id”, “Men” va “Super-Men” orasidagi ziddiyatlarni kamaytirishga yoki to‘xtatishga harakat qilishadi. Oddiyroq qilib tushuntiradigan bo‘lsam, psixoanalitik va mijoz bir xonada yolg‘iz qolishi kerak. Mijoz o‘zini erkin qo‘yib ko‘zlarini yarim yumgan holda kresloga suyanib yotadi. Psixoanalitik undan xayoliga kelgan barcha fikrlarini va unga azob berayotgan voqea va hodisalarni oqizmay-tomizmay so‘zlab beradi. Bu yerda birorta ham sir qolmasligi va bemor uyalmasligi kerak. Ma’noli so‘zlarmi, ma’nosizmi, bemor ularni psixoanalitikka ochib tashlashi shart. Ana shundagina, Z. Freyd ta’biri bilan aytganda, ruhiy poklanish, ya’ni «katarsis» ro‘y beradi va tuzalish jarayoni jadal kechadi. Z. Freydning fikricha, eng muhimi mazkur assosiasiyalar ong tomonidan boshqarilmasligi kerak va bemor fikrini erkin ifodalashi zarur. Shu talab saqlangandagina ong ostiga qamalgan xohish-istaklar va ong tomonidan taqiqlangan ziddiyatli muammolar o‘z yechimini topadi. Buning natijasida mijoz yillar mobaynida uni qiynayotgan muammolardan xalos bo‘ladi yoki nevroz belgilari butunlay chekinadi.
D.B.Elkonin (1904—1984) bolada insoniyatga xos bo‘lgan qobiliyatlar rivojlanishining asosi sifatida bola tomonidan nasliy insoniy faoliyat usullarini o‘zlashtirish muammosini o‘rgangan. D.B.Elkoninning bola tug‘ilgan onidanoq ijtimoiy mavjudot hisoblanishini ta’kidlab, ≪jamiyatda bola≫ (bola va jamiyat emas) formulasinigina tan olgan. Bolaning bilish jarayoni ikki turdagi munosabatlar tizimida kechadi: ≪bola-ijtimoiy predmet≫ va ≪bola- ijtimoiy ulg‘aygan inson≫. ≪Ijtimoiy ulg‘aygan inson≫, predmetlar bilan ≪harakatning ijtimoiy ishlab chiqilgan usullari≫, hayotning mazmun va me’yorlarini gavdalantiruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Madaniyat asoslarini egallagan sari bola hayot sharoitlariga moslashmaydi, balki faoliyatning faol subekti sifatida namoyon bo‘ladi va faoliyatni amalga oshirish jarayonida unda turli xildagi psixik yangi tuzilmalar yuzaga kelib, rivojlanadi. Bolaning tug‘ilganidan to 17 yoshigacha bo‘lgan psixik rivojlanishining keng tarqalgan davrlashtirilishi D.B.Elkonin tomonidan yaratilgan bo‘lib, ≪Bolalik yoshidagi psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosiga≫ (1971) maqolasida taqdim etilgan. D.B.Elkonin bolalarning rivojlanishida, shunchaki vaqt oraliqlarini emas, balki yosh davrlari, bosqichlarini ajratishni zarur deb hisoblagan. D.B.Elkonin yoshni — ≪bola rivojlanishining umumiy egri chizig‘ida uning o‘rni va funsional ahamiyati bilangina muhimligi belgilanadigan, nisbiy, alohida davr≫ sifatida ko‘rib chiqqan.
Har bir psixologik yosh o‘zaro murakkab munosabatlarda bo‘lgan ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 1) rivojlanishning ijtimoiy holati; 2) yetakchi faoliyat; 3) asosiy yangi tuzilmalar. Rivojlanishning ijtimoiy holati bolaning ijtimoiy sharoitlardagi haqiqiy o‘rni, uning ularga munosabati va undagi faoliyat xarakteri sifatida aniqlanadi. Ma’lum bir ijtimoiy vaziyatdagi bolaning hayoti bilan, uning ikkinchi muhim tavsifini tashkil etuvchi ushbu yosh uchun xarakterli bo‘lgan bolaning faoliyati chambarchas bog’liq. A.N.Leontev tomonidan ishlab chiqilgan yetakchi faoliyat tushunchasidan D.B.Elkonin psixologik yoshlarni ajratish mezoni sifatida foydalangan. Har bir yoshda faoliyatning turli xil ko’rinishlari tizimi mavjud, lekin yetakchi faoliyat unda alohida o’rinni egallaydi. Yetakchi faoliyat birdan tayyor shaklda yuzaga kelmaydi, balki shakllanish rivojlanishning uzoq yo’lini (kattalar rahbarligida) bosib o’tadi. Yetakchi faoliyat — bu bolaning ko’p vaqtini oluvchi faoliyat emas. Bu psixik rivojlanish uchun uning ahamiyatiga ko’ra, asosiy faoliyatdir: yetakchi faoliyat shaklida yuzaga keladi va uning ichida faoliyatni boshqa yangi turlari farqlanadi; (masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi o’yinda o’rganish elementlari birinchi marta yuzaga keladi va
shakllanadi); yetakchi faoliyatda ayrim (xususiy) psixik jarayonlar shakllanadi yoki qayta tuziladi (o’yinda bolaning faol tasavvur jarayonlari shakllanadi); yetakchi faoliyatdan, rivojlanishning ushbu davrida kuzatiladigan bola shaxsining o’zgarishlari bog’liqdir (o’yinda bola inson xulq-atvorining motiv va me’yorlarini egallaydi, bu esa shaxs shakllanishining muhim tomonini tashkil etadi). D.B.Elkonin bolalikdagi psixologik yoshlar ketma-ketligini quyidagicha taqsimlagan: chaqaloqlik davri inqirozi; go’daklik (2 oylikdan 1 yoshgacha); kattalar bilan bevosita emosional muloqot; 1 yosh inqirozi; ilk bolalik (1—3 yosh); vositali — predmetli (predmetli — harakatli) faoliyat; 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi (3—7 yosh); rolli o’yin; yetti yosh inqirozi; kichik maktab yoshi (8-12 yosh) o’quv faoliyati; 11-12
yosh inqirozi; o’smirlik yoshi (11—15 yosh) tengdoshlar bilan intim (jinsiy) shaxsiy munosabat; 15 yosh inqirozi.
Faoliyat ichida psixologik yangi tuzilmalar yuzaga keladi va rivojlanadi. Bir yetakchi faoliyatning boshqasi bilan almashinuvida inqiroz sodir bo‘ladi (masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘yin faoliyatini kichik maktab yoshidagilar uchun xos bo‘lgan o‘quv faoliyati bilan almashinuvi). Mazmun-mohiyatidan (tuzilishidan) bog‘liqlikda munosabatlar inqirozi (3—11 yosh) va dunyoqarashlar inqirozi (1—7 yosh) farqlanadi. D.B.Elkonin o‘zining bolalikdagi psixik rivojlanish chizmasida ontogenezda faoliyatning ikki turini almashinishi, davriy almashinuv g‘oyasini ishlab chiqqan. Ushbu qadam predmetli harakatning tuzilishi va shakllanishiga bag‘ishlangan. A.V.Zaparojets psixik jarayonlarni oriyentasion jarayonlarning bir ko‘rinishi deb hisoblagan. Misol uchun, idrok — bu predmetlar xususiyatlari va sifatlariga diqqatni qaratish, tafakkur— ularning aloqalari va munosabatlariga diqqatni qaratish, emosiya esa — shaxs ahamiyatiga diqqatni qaratishdir. A.V.Zaparojets ixtiyoriy harakatlar va ularni bolalarda shakllanishi tadqiqotlarida, harakatning yetakchi qismi sifatida oriyentasiya roli va oriyentasiyani bir qancha bosqichlarini tashqi yo‘nalgandan, ichki yo‘nalganga bosib o‘tishi haqidagi xulosaga keldi. P.Ya.Galperin ichki, aqliy faoliyatning rivojlanishini o‘rgangan. P.Ya.Galperin harakatning uch komponentidan (tarkibiy qismidan) — oriyentasiya, bajarish va nazoratdan, ko‘proq ahamiyatga ega deb oriyentasiyani hisoblaydi. To‘g‘ri yo‘naltirilgan oriyentasiya asosi
birinchi urinishdayoq harakatni to’g‘ri bajarish imkonini beradi.Asta-sekin (bosqichma-bosqich) harakatlar interiorizasiyasi va uni ichki, aqliy harakatga aylanishi sodir bo‘ladi. Shunday qilib, har bir inson harakatida uning ikki tomoni, ikki qismini oriyentasion va bajarishni ajratish mumkin. Oriyentasiya fazasi (davri) bajarishdan oldin kechadi. U ayniqsa yangi predmetli harakatni egallashning boshlang’ich bosqichlarida keng tashkil etiladi. Harakatning aynan oriyentasion qismi interiorizasiyaga uchraydi va psixika funsional rivojlanishining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Faoliyatda ikki — motivasion va operasion tomonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular bir tekis rivojlanmaydi, xususan har bir yosh davrida faoliyatning alohida tomonlarini rivojlanish sur’ati o‘zgaradi. D.B.Elkonin faraziga muvofiq, barcha bolalik yoshlari ikki turga bo‘linishi mumkin: birinchi turdagi yoshlarda (bu go‘daklik, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, o‘smirlik yoshi) bolada ko‘proq biror faoliyatning ijtimoiy motivasion tomonlari rivojlanadi; bolaning munosabatlar, motivlar
inson harakatlari mazmuni tizimidagi oriyentasiyasi shakllanadi; birinchi turdan keyingi, ikkinchi turdagi yoshlarda (bu ilk bolalik, kichik maktab yoshi, ilk o‘spirinlik) bolada ushbu faoliyatning endi operasion tomoni rivojlanadi Bir yosh davrining (bolalarda ehtiyoj va motivlar ko‘proq shakllanadi) ikkinchi boshqa yosh davri bilan (bolalarda u yoki bu faoliyatning aniq operasiyalari shakllanadi) qonuniyatli almashinuvi sodir bo‘ladi. Misol uchun, go‘daklikda kattalar bila emosional muloqotga, predmetli olamni egallash va ishbilarmon — hamkorlik ehtiyojlari va motivlari yuzaga keladi, ular muvofiq keluvchi operasiyalar shakllanganda, ilk yoshda, predmetli faoliyatda amalga oshadi. Biroq, maktabgacha tarbiya yoshida o‘yin faoliyatida keyingi kichik maktab yoshida yetakchi bo‘ladigan faoliyatning ehtiyoj va motivlari ko‘proq rivojlanadi. Shuning uchun ikki ma’lum bir turdagi yoshlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘langandek va bu ≪bog‘lanish≫ (yoki D.B.Elkonin so‘zlari bilan aytganda ≪era≫) butun bolalik davomida amalga oshadi (yoki davriy takrorlanadi). Shunday qilib, D.B.Elkonin oriyentasiyaning ilgarilab rivojlanish qonuniyati
bajaruvchi qismiga nisbatan faqatgina funsional emasbalki psixikaning yosh davriga bogliq rivojlanishida ham ta’sir ko‘rsatadi, deb taxmin qiladi: bolaning rivojlanish jarayonida avval faoliyatning motivasion, so‘ngra operasional texnik tomonlarini egallash sodir bo‘ladi. D.B.Elkonin nuqtayi nazariga ko‘ra, faoliyatning motivasion va operasion tomonlarini
rivojlanish darajalari o‘rtasida doimiy ravishda uzilish yuzaga keladi, biri oldinga chiqib boshqasidan o‘zib ketadi hamda orqada qolgan tomon rivojlanishning zarur darajasiga yetishi
uchun faoliyatni o‘zgartirishi zarur. Rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar bola tomonidan faoliyatning predmetli va motivasion tomonlarini egallash jarayonida shakllanadigan qarama-
qarshilik (ziddiyat) bilan bog‘liq. D.B.Elkonin tomonidan shakllantirilgan, bolaning psixik rivojlanishidagi davriylik farazi L.S.Vigotskiyning g‘oyalarini ijodiy rivojlantiradi, u bolada
nafaqat bilish, balki shaxsning motivasion — ehtiyoj sohasi ham shakllanishini, bola tomonidan insonlar va predmetlar olamini o‘zlashtirilishini tushuntirib, psixik rivojlanishda o‘zo‘zini rivojlantirish mexanizmini ochib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |