2-mavzu. Innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solish



Download 28,66 Kb.
bet3/4
Sana16.03.2022
Hajmi28,66 Kb.
#496518
1   2   3   4
Bog'liq
2-MAVZU. INNOVATSION FAOLIYATNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Har bir sub’yektning huquqlar va majburiyati bo‘lgani kabi, innovatsion faoliyat sub’yektlari ham quyidagi huquqlarga ega:

  • innovatsion faoliyatni amalga oshirish;

  • basharti innovatsion faoliyat jarayonida olingan ilmiy-texnikaviy natijalar davlat, xizmat yoki tijorat sirini tashkil qiluvchi ma'lumotlardan iborat bo‘lmasa, olingan ilmiy-texnikaviy natijalarni e'lon qilish;

  • innovatsion faoliyat natijasida olingan intellektual mulk ob’yektlari mualliflari yoki mulkdorlari deb tan olinishi;

  • innovatsion faoliyat natijasida olingan intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilinishi;

  • ular tomonidan yaratilgan intellektual mulk ob’yektlariga nisbatn huquqlari himoya qilinishi;

  • innovatsion faoliyat natijalarini amalga oshirishdan daromad olishga;

  • qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar;

  • ilmiy munozaralar, konferensiyalar, simpoziumlar, respublika innovatsion yarmarkalari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;

  • innovatsion ilmiy-texnikaviy loyihalar tanlovlarida, shu jumladan davlat innovatsion dasturlari doirasida bajariladigan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, shuningdek byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonun hujjatlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan bajariladigan tanlovlarda ishtirok etish.

  • Innovatsion faoliyat sub’yektlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Innovatsion faoliyat sub’yektlari quyidagi majburiyatlarga ega:

  • ular tomonidan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;

  • soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash;

  • yuridik shaxslar tomonidan innovatsion faoliyatni amalga oshirishga mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to‘lash qismida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga rioya qilishi;

  • yuridik shaxslar tomonidan mehnatni muhofaza qilish qismida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga rioya qilishga;

  • yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya qilish;

  • yuridik shaxslar tomonidan texnik tartibga solish va mehnatni muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlariga rioya qilish;

  • yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq buxgalteriya, tezkor va statistik hisobini yuritish.

  • Innovatsion faoliyat sub’yektlari ushbu Qonunda va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Innovatsion faoliyat ob’yektlari davlat innovatsion dasturlari, shuningdek innovatsion va ilmiy-texnikaviy loyihalar, innovatsion faoliyat natijalari, intellektual mulk ob’yektlari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, kompyuter dasturlar, nou-xau va qonunchilikda nazarda tutilgan intellektual faoliyatning boshqa natijalari va individuallashtirish vositalari hisoblanadi.
Agrobiznesda innovatsion faoliyat sub’yektlariga agrobiznes bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar o‘z faoliyatida innovatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi sub’yektlar hamda innovatsion infratuzilma su'ektlari hisoblanadi.

Download 28,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish