bilan e‘tirof etilsa, u - o‗z uslubiyoti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o‗rnining
yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga
turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat, ijtimoiy psixologiyaning fan
sifatida tan olinishi xususida so‗z borar ekan, uning rasman e‘tirof etilishi 1908 yil
deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V. Makdugall o‗zining "Ijtimoiy
psixologiyaga kirish" kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa "Ijtimoiy
psixologiya", deb nomlangan kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi
marta alohida fan - ijtimoiy psixologiyaning mavjudligi tan olindi va uning
predmetiga ta‘rif berildi. Ikkala muallif ham - biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog
bo‗lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik
taraqqiyot qonuniyatlarini uyg‗unlikda o‗rganishdir, degan umumiy xulosaga
kelishgan.
Rus olimasi G.M.Andreeva ta‘kidlaganidek, ―Sotsial psixologiya sohasida
ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi psixologmi, faylasufmi yoki
sotsiologmi - uning ushbu fan predmetiga yondashuvida o‗z aksini topadi, chunki
agar u sotsiolog bo‗lsa, ijtimoiy qonuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi
an‘analar va umumiy qoidalar tilida tushuntirishga intilsa, psixolog konkret
olingan shaxs sixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonun-qoidalariga
tadbiq etishga harakat qiladi.‖
3
Shuning uchun ham G.Andreeva sotsial psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi
hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o‗rinda uch xil yondashish:
sotsiologik, psixologik, ham sotsiologik va psixologik mavjud ekanligini asoslaydi.
Nima bo‗lganda ham, shuni asosli tarzda e‘tirof etish zarurki, ijtimoiy
psixologiyaning alohida fan bo‗lib ajralib chiqishiga sabab bo‗lgan ilmiy manbalar
ikki fan - psixologiya va sotsiologiya fanlarining erishgan yutuqlari va har
qaysisining doirasida ma‘lum muammolarning yechilishi uchun yana qo‗shimcha
alohida fanning bo‗lishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Shuning uchun
ham uzoq yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqotlar olib
borayotgan shaxsning kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu
yondashuv - psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol ko‗zga
tashlandi. Demak, bu fanning tug‗ilishi, o‗z predmeti sohasini aniqlab olishiga
sabab bo‗lgan sotsiologiya va psixologiya fanlaridir va bu fanlar aslida uning "ota-
onalaridir".
Do'stlaringiz bilan baham: