2-мавзу Хўжалик ҳисобининг турлари Режа: Ҳисобнинг турлари


Hisob turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari



Download 63 Kb.
bet3/4
Sana06.06.2022
Hajmi63 Kb.
#642552
1   2   3   4
Bog'liq
2 лек

2.Hisob turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari.
Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlarga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda olim va amaliyotchilar rivojlangan mamlakatlarda bu sohada yaratilgan yangiliklarga ko‘rko‘rona yondoshayotganlari yo‘q. Xorijiy mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish O‘zbekiston Respublikasida hisob tizimining takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Xozirda respublikamiz hisob tizimida quyidagi o‘lchov birliklaridan foylalaniladi:
– natura o‘lchovi birligi;
– vaqt (mehnat) o‘lchov birligi;
– pul o‘lchov birligi.
Natura o‘lchov birligi tezkor hisobda, statistik hisobda, buxgalteriya hisobining analitik hisobida keng qo‘llaniladi. Bu o‘lchov birligi bir turdagi buyumlar hisobi uchun kerak bo‘ladi. Masalan, bolalar oyoq kiyimini, muzlatkichlar soni, gazlama metri va shu kabilar (metr, kg, dona, juft, litr va h.k).
Pul o‘lchov birligi xo‘jalik jarayonlari (operatsiyalar) va vositalarini yagona o‘lchovda (pulda) umumlashtirishda qo‘llaniladi, ya’ni barcha mablag‘lar qiymat o‘lchov birligida ifodalaniladi. O‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchov birligi sifatida so‘m, tiyin qabul qilingan.
Vaqt (mehnat) o‘lchov birligi (oy, kun, soat, minut, sekunt) esa biror bir statistik yoki xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan ishchi kuchi, ishchi soni, ish soati va hokazolarni aniqlashda qo‘llaniladi. Savdo korxonasida esa ma’lum bir tovar oborot miqdori uchun sarf etilgan ish vaqtida, ish soati, ish kuni, ishchi kuchi va hokazoni aniqlashda kerak bo‘ladi. Vaqt o‘lchov birligi xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblarni olib borishda ham ahamiyatlidir. Vaqt o‘lchov birliklari natura o‘lchov birliklari bilan birgalikda mehnat unumdorligini bildiradi.
Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham hisob turlariga talab mavjud bo‘lgan. Chunki xo‘jalik hisobi insoniyat uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. Har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini hamda mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi. Xuddi shu vazifani esa xo‘jalik hisobi bajaradi.
Tovar ayirboshlash davrida hisobning ahamiyati ko‘paydi, chunki tovar ayirboshlashda umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni tashkil etish, to‘g‘ri yurgizish orqaligina ega bo‘lish mumkin, ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan xo‘jalik hisobi ahamiyati oshgan, jamiyatning hamma sohalarida mulklarni hisobga olish va ishlatilishi ustidan nazorat olib borish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. Iqtisodiy faoliyatni boshqarish hisob turlari orqali olingan ma’lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qaror va qonun hamda qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun xo‘jalik faoliyati boshqariladi.



Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish