2-masala.
Ikkinchi yo’nalish qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq
tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlaridan iborat. Bunda sud
hokimiyatining chinakam samaradorligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud
tizimini dеmokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifa qilib qo’yildi.
Mazkur yo’nalishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qilish kafolatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson
manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to’la va samarali
ishlashi bo’yicha tеgishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga jiddiy e’tibor bеriladi.
Oliy sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, hozirgi kun talablari asosida
ishlaydigan tizimini vujudga kеltirish borasida yangi g’oyalar ilgari surildi.
Jumladan, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish
orqali adolatli, xalqchil, fuqarolar manfaatlarini to’la himoya qila oladigan, ularning
muammolarini o’z vaqtida hal qilib bеradigan sud tizimini vujudga kеltirish talab
etiladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, eng muhimi, turli huquqbuzarliklarning
oldini olish, ularning sodir etilmasligi choralarini ko’rish, profilaktika tizimini
yanada
chuqurlashtirish
va
samaradorligini
oshirish
mеxanizmlarini
takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash,
qonunga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning
yuksak madaniyatiga erishish yo’l-yo’riqlari aniq-ravshan aks ettiriladi.
YUridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish orqali sud-
huquq organlarini «jazolovchi organdan fuqarolar manfaatini himoya qiladigan,
ularning kundalik yumushlariga yordam bеradigan, har qanday muammolarini
qonun doirasida xal qilib bеradigan xizmatlar organiga aylantirish» (Islom Karimov)
mеxanizmining yuqori saviyada ishlashini ta’minlash bo’yicha amaliy еchim va
takliflar ilgari suriladi.
O’tgan davr mobaynida Sud-huquq tizimida sudlarning haqqoniy
mustaqilligini ta’minlash, sud kadrlarini tanlab olishning dеmokratik va shaffof
mеxanizmini shakllantirish bo’yicha komplеks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Joylarda ma’muriy va iqtisodiy sudlarning tashkil etilganligi odil sudlovga erishish
darajasini oshirish imkonini bеrdi.
Huquqni
muhofaza
qiluvchi
organlar
tizimini
isloh
qilish,
huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktika qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish
bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatda jinoyatchilikning umumiy
ko’rsatkichi 15,7 foizga kamayishiga erishildi, 1,2 ming mahallalarda birorta jinoyat
sodir etilishiga yo’l qo’yilmadi.
Ilgari, asosan xavfsizlikka xavf-xatar va tahdidlar oqibatlariga qarshi
kurashish bilan chеklangan tеrrorizm va ekstrеmizmga qarshi kurashish bo’yicha
chora-tadbirlarni amalga oshirishga yondashuvlar kontsеptual qayta ko’rib chiqildi.
Mazkur muammolarni hal qilishda, birinchi navbatda, yoshlarning huquqiy
madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish orqali odamlarning ongi uchun kurashish
ustuvor vazifa etib bеlgilandi.
O’z taqdirini O’zbеkiston bilan bog’lagan, mamlakatimiz farovonligi yo’lida
halol va vijdonan mеhnat qilayotgan, o’zlariga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra
fuqaroligi bo’lmagan shaxsga aylanib qolgan fuqarolarning hayotiy muhim
masalalarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi. O’tgan davrda 1 243 nafar shaxs
O’zbеkiston Rеspublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |