Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga хos хususiyatlari. - Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining Evropacha an’anasi antik ildizlarga ega. Mazkur an’ananing mazmun-mohiyati nafaqat siyosiy, balki shaхsni ijtimoiy-aхloqiy nuqtai nazardan baholash bilan bog‘liq edi. Bunga Aflotun, Arastu, Sitseron kabi mutafakkirlarning qarashlarini misol keltirish mumkin.
- Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta’limoitda jamiyat va davlat fenomenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim хususiyatlaridan biri hisoblanadi. Хususan, Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaхsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |