Til sintaksisi va semantikasi
Xar qanday til sintaksis va semantikaga ega. Tilda mumkin bo‘lgan gaplarni aniqlovchi qoidalar to‘plami – til sintaksisi deb nomlanadi. Sintaksis tilni shaklini beradi, yani zanjirlarni qaysi ko‘rinishda yozilishini ta’riflaydi.
Tildagi gaplarni ma’nosini aniqlovchi qism til semantikasi deb nomlanadi. Ko‘pincha semantika erkin , noformal, tushuntirish usullar bilan beriladi.
Leksika – bu tilni so‘zlar to‘plami. Leksema, yoki so‘z – bu alfavit belgilaridan tuzilgan sodda bo‘linmas konstruksiyalar. Tabiiy tillarda bu lug‘atda keltirilgan so‘zlardir. Programmalash tillarda leksema bu kalit so‘zlar, identifikatorlar, konstantalar, amallar va ajratuvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |