EdrawSoft Edraw Max – diagramma, grafik, biznes rejalar va boshqa sxemalarni yaratishga mo`ljallangan ko`p funksiyali dasturiy vosita hisoblanadi. Dasturiy vosita nafaqat professional shakldagi bloksxemalar, tashkiliy sxemalar, tarmoq diagrammalari yoki biznes xaritalarini yaratish, shu bilan birga xaritalar, UML–diagramma, ish jarayoni, yaratiladigan dastur strukturasi, tarmoq diagrammasi, grafiklar, yo`naltiruvchi xaritalar hamda ma`lumotlar bazasining xaritalarini yaratish imkoniyatlariga ham ega dastur hisoblanadi.
Edraw Max biznes grafik dasturi bo'lib, taqdimot ehtiyojlari uchun diagrammalar, diagrammalar, infografikalar, illyustratsiyalar va biznes adabiyotlarini yaratishni osonlashtiradi. Bu vektor ilovasi, shuning uchun o'rnatilgan kutubxonadagi barcha shakllar vektor grafikasining barcha afzalliklari bilan tahrirlangan. Standart vektor muharrirlaridan asosiy farqi konnektorlarning mavjudligi - bog'lovchi chiziqlar va strelkalar bo'lib, ular dasturiy ravishda raqamlarga yopishadi va raqamlar ko'chirilganda ular bilan birga harakatlanadi. Edraw Max MS Visio-ning analogidir. Ikkala dasturning ishlash printsipi va interfeyslari o'xshash. Kundalik ishda, albatta, farqlar bo'ladi.
5000 dan ortiq yaratilgan vektorli simvollari ham mavjudki, ular yordamida diagramma, grafiklarni chiziq juda ham oson va yengil amalga oshiriladi. Dasturdagi mavjud tayyor shablon va misollar asosida turli tipdagi taqdimotlarni va biznes rejalar yaratish imkoniyatlari ham mavjud. Shuningdek, dasturiy vosita bilan ishlashda bir vaqtning o`zida bir oynada bir nechta loyihalar bilan ham ishlash imkoniyatlari mavjud.
Ushbu dasturiy vositaning mualliflari haqida: «EdrawSoft» - EdrawSoft kompaniyasi diagramma va chizma sxemalar uchun asosiy provayder hisoblanadi. 2004 yilda asos solingan ushbu kompaniya webdasturlari uchun turli tipdagi grafik komponentlar hamda diagrammalarni ishlab chiqish bilan shug`ullanadi. EdrawSoft dasturiy ta`minoti yangi texnologiyadagi grafiklar, tashkiliy strukturalar, blok-sxemalar, HR-diagrammalar, ish jarayoni sxemalari va ma`lumotlar oqimi, fizik va mantiqiy tarmoq sxemalar va boshqa shakllarni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi.
Dasturiy ta`minotni yaratilish davri 2004-2011 yillarni o`z ichiga oladi.
Ko`rinishi dastur va instrumentlar
Dasturiy ta`minot vaqtincha tekin, aslida pullik
Dastur interfeysi uchun rus va o`zbek tillari mavjud emas.
Dasturni ishlatish uchun alohida registrasiya talab qilinmaydi.
Dasturni to`g`ridan-to`g`ri internet tarmog`idan ko`chirib olish mumkin. Shuningdek, dasturni sotib olish ham mumkin.
Dasturni funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat: «Edraw Max» — bu dasturiy ta`minot Edraw funksiyalari va bibliotekasini o`zida mujassamlashtirgan bo`lib, u o’quvchilar, o`qituvchilar hamda xususiy
strukturadadagilar uchun barcha turdagi diagrammalarni yaratish, vizuallashtirish va namoyish qilish uchun o`zining g`oyalarini ifodalashga mo`lajallangan.
Foydalanish uchun manbalar:
http://www.edrawsoft.com/salesfaq.php - FAQ, foydalanuvchilarga qo`llanmalar va videodarslari mavjud.
Matnlar uchun rus tili, Yoki kiril alifbosini qo`llab quvvatlaydi
Matn va rasmlarni yuklash va foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Microsoft Project, Excel, Outlook i XML tipida fayllarni saqlash imkoniyatlari mavjud.
Dasturga nisbatan cheklanishlar mavjud emas.
Dasturiy ta`minot bilan ishlash uchun Yordam bo`limi mavjud.
Mobil telefonlarida foydalanish imkoniyati mavjud emas.
Mahorat darslarini olib borishda Edraw_Max dasturi yordamida zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`quvchilarga bilim berish uchun turli xil fanlardan didaktik, tarqatma materiallar yaratib umumta`lim maktab o`quvchilarining bilimini yanada mustahkamlash uchun pedagogik professional dastur sifatida foydalanish mumkin.
Edraw Max dasturi didaktik tarqatma materiallar va flayer dizaynini yaratishga mo`ljallangan professional dastur. Dastur interfeysi qulay va sodda. Funksiyalarni bajarish oson va tushunarli. Edraw Max dasturi professonal ko`rinishga ega bo`lgan, flayer, sertifikat va boshqa turdagi tarqatma materiallarni tayyor shablonlar yordamida yaratish imkoniyatini beruvchi uskunalar paneliga egadir. Dastur avtomatik ravishda gipermurojaatlar va tasvirlar qo`shish imkoniyatiga egadir. Tayyor maxsulotlarni PDFga, MS PowerPoint formati, MS Word dasturi va boshqa grafik formatlarga eksport qilish imkoniyatiga ega.
Dastur yordamida pedagogik tarqatma materiallar va ular ustida turli qo`shimcha amallar bajarish imkonini beradi.
Edraw Max dasturning umumiy interfeysi quyidagicha:
Topshiriqlar:
Edraw Max dasturi imkoniyatlaridan foydalanib mashg`ulotlar uchun didaktik tarqatma materiallar tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |