Abu Hamid al-G’azzoliyning iqtisodiy fikrlari.
(1058-1111 yillar)
Al-G’azzoliy (1058-1111 yillar), boshqa arab olimlari kabi jamiyatning falsafiy, sotsiologik va iqtisodiy tomonlarini o’z davrining ustuvor diniy e’tiqodlariga bog’lagan asarlar yozgan. U o’rta asrlar islom dunyosining eng yirik zakovat egalaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari Avliyo Tomas Akvinskiyga o’z ta’sirini o’tkazgaligi ma’lum. Uning bozorda ko’ngilli almashuvlarga bergan ta’rifi o’n birinchi asrda mehnat taqsimoti bilan bog’liq munosabatlarni muvofiqlashtirishni amalga oshirishga imkoniyat bergan.
Dastlabki vaqtlarda, bir kishi bug’doyni ekkan, o’rgan va yanchgan, so’ng xamir qilib non yopgan, vaholanki bu holat bir oilaning mehnati natijasi bo’lishi mumkin. Al-G’azzoliy o’z davrida bitta non mingta yoki undan ko’proq ishchi mehnatining mahsuloti bo’lishi mumkinligini kuzatgan. Kengayib borayotgan ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti iqtisodiy almashinuvga olib kelinishini tushunib, barterning qiyinchiiklarini yengillashtiradigan pulga bo’lgan munosabatni ko’rsata olgan. U davlat xarajatlari, soliqqa tortish va qarz olish; tanga pullar va tanga pullarning arzonlashuvi; foiz va sudxo’rlik; qay tarzda eng yaxshi usul bilan soliq solish, jamiyat bo’ylab soliq yukini engillashtirish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni ham o’rgandi.
Ibn Xaldunning iqtisodiy fikrlari.
Ibn Xaldun (1332-1406 yillar) tomonidan ko’p “iqtisodiy” masalalar: foyda, taklif, talab, narx, jami ortiqcha miqdorlar va sarmoyaning shakllanishi kabi holatlar chuqur o’rganilganligi va tahlil qilinganligini ko’rish mumkin. Ayrim manbalarda Ibn Xaldun islom dunyosida ilk iqtisodiy qarashlar bilan shug’ullangani qayd etiladi, ayrim bahs va munozaralarga ko’ra bunday taniqlilik al-G’azzoliyga tegishli. Ulardan avval ming yillik davomida mashhur bo’lib kelgan Aristotel va Platon kabi, arab faylasuflari iqtisodiyotga nisbatan ko’proq fundamental muhimlikka ega bo’lgan masalalarni o’rganish jarayonida iqtisodiy faoliyatni dastlabki tadqiqotlarida ayrim qiziqarli yutuqlarga erishdilar.
Bizgacha etib kelgan eng qadimgi qo’lyozmada (Qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o’rtasidagi munosabatlar to’g’risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to’la shakllanmagan bo’lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali yoki oddiy aholidan bo’lishidan qat’i nazar) kerak deyilgan.
Qadimgi Misr — Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qadimiy davlat. Miloddan avvalgi 10—6 ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terichilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shug’ullanishgan. Ular orasida qadimiy som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar bo’lib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4ming yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka o’tishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo bo’lishiga olib kelgan. Dehqonchilik qilish uchun kanallar, to’g’onlar qurish zaruriyati tug’ilgan, buning uchun esa o’zaro urushlarda asir tushgan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish ro’y berib, urug’ zodagonlari ajralib chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular o’rtasidagi kurash natijasida, shimolda Quyi Misr, janubda Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan 3ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo bo’lgan. Misrning keyingi tarixi 4 ta asosiy davrga bo’linadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000— 2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), O’rta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi podsholik (miloddan avvalgi 1580—1070), So’nggi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332).
Do'stlaringiz bilan baham: |