Abu Hanifa an-Nu`mon hanafiya mazhabiga asos solgan, barcha islom tarqalgan hududlarda o`z mavqeiga ega bo`lgan. Bu mazhabning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu Mansur Moturidiy (vafoti 944 y.) ning «Tavhid» va «Ta`vilot» asarlarida va Burhoniddin al-Marg`inoniy (1123-1197) ning «Hidoya» to`plamida o`zining yorqin ifodasini topgan. Ularning asarlarida aql maqomi va mantiq ilmiga, ilm va dalilga keng o`rin ber ilgan.
Muhammad al-Xorazmiy (783-850) va Ahmad al-Farg`oniy (taxm. 797-865) butun musulmon Sharqi va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo`shgan buyuk allomalardir. Muhammad al-Xorazmiy arab xalifaligining poytaxti Bag`dodda «Donishmandlik maskani» («Bayt ul-hikma») ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», «Hind hisobi to`g`risida risola», «Quyosh soati to`g`risida risola», «Musiqa haqida risola», «Tiklash va qarshi qo`yish hisobiga oid muxtasar kitob» kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi.
Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor bo`lgan Ahmad al-Farg`oniy (taxm. 798 y. da Quvada tug`ilgan) astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning «Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «Astronomiya asoslari», asarlarida koinot xaritasi tuzildi. yer va fazoviy saYoralar hajmi, iqlimlar, jo`g`rofiy kengliklar to`g`risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma`lumotlar ber ilgan, ilm-fanning yangi yo`nalishlariga asos solingan. Qo`lga kiritilgan ma`lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida Dunyoqarashni shakllantirishning muhim omillari bo`lib keldi va undan keyin yashagan ilm ahliga ta`siri sezilib turdi.
Falsafa, tabiashunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy va Ibn Sinosiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Abu Nasr Forobiy (873-950) – musulmon Sharqida Arastudan keyin «ikkinchi ustoz» unvoniga muyassar bo`lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo`lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolar sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qilishga bag`ishlangan. Mutafakkir olamni ikki ko`rinishda: «Vujudu vojib» (olloh) va «vujudi mumkin» (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar «vujudi vojib» tufayli yashash huquqiga ega bo`ladi. Ular o`zaro bir-biri bilan sababiy tarzda bog`lanadi. Sababsiz oqibat bo`lmaganidek, oqibasiz sabab ham bo`lmaydi, deydi Forobiy.
Olam sifat, miqdor, javhar, aksidensiya (muhim bo`lmagan xossa), imkoniyat, zaruriyat va tasodifiyat, makon va zamon, harakat va rivojlanish kabi tushunchalarda ifodalanadi. Ular fazoviy jismlar, aqlli mahluq (inson), aqlsiz jonivorlar, o`simliklar, minyer allar va to`rtta unsur-suv, olov, havo va tuproq kabi oltita ko`rinishda namoyon bo`ladi.
Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yuzaga keladi. Bilishda aql va mantiq ilmining maqomi beqiyosdir. Aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Mutafakkir o`z asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, unga erishish yo`llari, davlatning xususiyatlari, ahloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to`g`risida ilg`or g`oyalarni ilgari surgan. Forobiyning Sharq xalqlari falsafiy tafakkuri rivojiga bo`lgan ta`siri sezilarli bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |