Таянч тушунчалар:
Метод, методология, методика, метафизика, янги метафизика, софистика,
эклектика, синергетика, хусусий илмий методлар, фан методлари, фанлараро тадқиқот
методлари, хусусий фанлар методлари, эмпирик, кузатиш, эксперимент, социометрия
методи, ўйин методлари,
фан категориялари, фалсафий категориялар, априор, миқдор,
сифат, моҳият, айният, тафовут, тушунча, нарса, алоқа, қарама-қаршилик, зиддият,
зиддиятларнинг турлари, инкорни-инкор қонуни, ҳаракат, ривожланиш, яккалик,
хусусийлик, умумийлик, айримлик, бутун, қисм, яхлитлик, механик яхлитлик.
Falsafa o’rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan
bog’liq ekanligini ko’ramiz. Borliq muammosi falsafadagi har qaysi dunyoqarash
va metodologik muammolarning asosi xisoblanadi.
Dunyoning mavjudligi, ya’ni borligi to’g’risida baxs yuritgan faylasuflar bu
masalaga turlicha yondoshganlar: ularning ba`zilari, dunyo avval ham bo’lgan,
hozir ham mavjud, bundan keyin ham mavjud bo’ladi deyishsa; boshqalari, dunyo
avval mavjud bo’lmagan, ilk borliq bu olamdagi barcha narsa va hodisalarni
yratunchi Xudodir.
Ilk borliq, ya’ni birinchi mavjud-Tangri Olloh barcha mavjudod borlig’ining
birinchi sababidir deyiladi.
«Ilk bor bo’lgan, (Yhni Tangri)-deydi Farobiy, o’zining asl mohiyati bilan
boshqa barcha narsrlardan farqlidir» (Abu Nasr Farobiy «Fozil odamlar shahri»,
131 bet). Chunki, u modda ham emasdir, subhekt ham emasdir, uning surhati ham
bo’lmaydi, uning bir o’zi bu borliqda ykayu-ygonadir, u shu jiµatdan ham
birinchidir.
Fan va amaliyot taraqqiyoti natajasida dunyoning yratilganligi, uning fazo va
vaqtda chegaralanganligi,cheklanganligi to’g’risidagi oldingi qarashlar asta-sekin
cheksiz chegarasizligi, shu bilan birga uning bir butunligi, doimiyligi, abadiyligi
to’g’risidagi qarashlar bilan almashinib borgan.
Abadiy dunyodagi barcha narsalar, turli-tuman jonsiz va jonli organizmlar,
insonlar va ularning faoliyti xatto, bir butun jamiyt ham, shubhasiz vaqtincha
o’tkinchidir. Demak, borliq abadiy, ammo undagi barcha narsalar o’zgarishda va
rivojlanishda; bir xolatdan ikkinchi xolatga, bir turdan ikkinchi turga o’tishda,
chunki ular bordan yo’q, yo’qdan bor bo’lmaydi.
Borliq tushunchasi falsafiy kategoriy sifatida bilishning yuqori bosqichi-
abstrakt tafakkurgagina xos bo’lib, fikrlash jarayonida kishilar bu tushuncha orqali
dunyodagi alohida narsalar, ularning konkrekt belgilari va xossalari haqida emas
balki, dunyodagi barcha narsalar, voqea hodisalar, jarayonlar o’rtasidagi eng
umumiy jixat-ularning realligi haqida fikr yuritadilar. Borliq tushunchasi
yordamida kishilar dunyoning ob`yektiv mavjudligi, uning cheksizligi, abadiyligi
va bir butunligi haqida ilmiy va falsafiy tasavvurga ega bo’ladilar.
Borliqning asosiy shakllarini tabiiy borliq yoki tabiat borlig’i, inson borlig’i,
ma`naviy borlig’i tashkil etadi.
Tabiiy borliq o’zaro bog’liq, lekin bir-biridan farq qiluvchi quyidagi ikki
ko’rinishdan iboratdir:
1 .Tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy borlig’i;
2.Tabiytdagi narsa va hodisalar asosida inson tomonidan yratilgan
narsalarning tabiiy borligi.
Tabiiy borliqning birinchi ko’rinishi insongacha insondan va uning ongidan
tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan xolda mavjud bo’lgan narsa va hodisalar,
jarayon va xolatlarni o’z ichiga olgan tabiatdir. Bu bahzi adabiyotlarda «birlamchi
tabiat» deb ham ataladi. Bu «birlamchi tabiat» makonda, cheksiz zamonda
abadiydir, u hamma yerda doimo mavjud. Inson shu «birlamchi tabiat»
materiyallari asosida amaliy faoliyti va ongi bilan «ikkilamchi»tabiatni yratadi.
«Ikkilamchi tabiat» narsa va hodisalari ijtimoiy hayotda inson extiyojini qondirish
zaruriyti, ijtimoiy turmushda biron bir funktsiyni bajarish zaruriyti tufayli yratiladi.
«Birlamchi» va «ikkilamchi» tabiatlar borlig’i o’zaro aloqadorlikda bo’lib,
bir tomondan, bir biri bilan umumiylikka , o’xshashlikka, birlikka ega bo’lsa,
ikkinchi tomondan, bir-biriga nisbatan ma`lum farqlarga ham ega.
«Birlamchi tabiat» makonda cheksiz, zamonda abadiy va doimiy bo’lsa,
«ikkilamchi tabiat» inson mavjudligi bilan, uning faoliyti va ongi bilan, bir butun
jamiyt bilan bog’liq xolda mavjud bo’ladi, u fazo va vaqtda ibtidoga va imtixoga
ega.
«Birlamchi tabiat» inson unda yshab, uni bilib borayotgan bitmas- tuganmas,
cheksiz dunyo (olam) bo’lsa; «ikkilamchi tabiat» esa inson tabiat qonunlarini bilib
olish tufayli, ular asosida yratgan narsa va hodisalar, jarayonlar dunyosidir.
«Ikkilamchi tabiat» bir tomondan , «birlamchi tabiat» kabi, ob`yektiv, real
borliq bo’lib, u inson ongidan tashqarida mavjud bo’lsa, ikkinchi tomondan, u
insonga bog’lq hamdir, chunki unda kishilarning maqsadlari, g’oylari, bilim va
mehnatlari mujassamlashgan bo’ladi. «Ikkilamchi tabiat», «birlamchi tabiat» va
kishilik (inson) borlig’ini bog’lovchi, ular chegarasidagi borliq bo’lib, tabiiy
borliqning o’ziga xos shakli sifatida «birlamchi tabiat» borlig’iga nisbatan ham,
inson borlig’iga nisbatan ham nisbiy mustaqil borliqdir.
Borliqning o’ziga xos shakllaridan yna biri – bu inson borlig’idir. Inson
borlig’ida, avvalo, insonning tabiat taraqqiyotining maxsuli sifatida tabiiy
borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot
maxsuli sifatida unda ijtimoiy va ma`naviy borliqning ham barcha shakllariga xos
tomonlarning yig’indisi majassamlashgandir.
Inson borlig’i jamiyt taraqqiyotining birdan bir manbaidir. Ijtimoiy borliq
hodisalarning barcha turlarini o’z ichiga qamrab oladi. Jamiyt bir-biri bilan uzviy
bog’liq bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ijtimoiy etnik, oilaviy va x.k.
munosabatlardan tarkib topgan, doimo taraqqiy etib, rivojlanib turadigan jonli
organizmdir. Jamiyt tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir.
Jamiytning moddiy texnika bazasi, iqtisodiy asoslari, siyosiy tashkilotlari:
davlat va xokimiyt idoralari, armiy, politsiy, sud, prokuratura, siyosiy partiylar,
turli-tuman jamoat tashkilotlari maorif sistemasi, madaniyt, fan va texnika, ilmiy
tadqiqot institutlari va laboratoriylari, ommaviy axborot muassasalari, aloqa
bo’limlari va x.k. ijtimoiy borliqning har xil ko’rinishlarini tashkil etadi.
Borliq faqat moddiy shaklda emas, ma`naviy, ruxiy shaklda ham namoyon
bo’ladi. Ma`naviy borliq inson tomonidan yratilgan rang-barang madaniyt va
sanhat asarlari, til, ilmiy kashfiyotlar, g’oylar, axloq-odob qoidalari, falsafiy,
estetik, badiiy, siyosiy, tafakkurlash madaniyti, ruhiy kechinmalar, diniy
tasavvurlar, tushunchalar va x.k. majmui kiradi.
Kishilarning ichki xolati, kechinmalari, his-tuyg’ulari, ruhiy ma`naviy
dunyosi, o’y-fikrlari, maqsad va manfaatlari hamda kayfiytlari ham ma`naviy
borliqning ko’rinishlaridir.
Ma`naviyat, jamiyat, shaxs, millat taraqqiyotining manbaidir. Shuni aloxida
qayd etish lozimki, mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ko’p asrlik boy tarixi,
ilmiy, madaniy va diniy merosini o’rganish, undan xalqning umumiy va bebaho
mulki sifatida foydalanishga keng yo’l ochildi. I.A.Karimov aytganlaridek,
«Ma`naviyt insonning, xalqning, jamiytning, davlatning kuch kudratidir. U yo’q
joyda xech qachon baxt-saodat bo’lmaydi». Shuning uchun ham xalqning
ma`naviy ruxini mustaxkamlash va rivojlantirish O’zbekistonda davlat va
jamiytning eng muxim vazifasi bo’lib hisoblanadi. Ushbu borliq shakllari (narsalar
borlig’i, inson borlig’i, ijtimoiy borliq, ma`naviy borliq) bir butun dunyoning
alohida ko’rinishidir. Borliq ana shu alohida shakllar o’rtasidagi bog’liqlikni,
umumiylikni ko’rsatadi. Borliqning umumiy aloqadorligi alohida narsalarning
mavjudligi bilan namoyon bo’ladi.
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada
materiy haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga sababchi bo’ladi.
Umuman materiya — bu tushuncha, abstraktsiy, fikrning maxsulidir, chunki,
olamda «umuman materiy» uchramaydi, balki materiyning konkret ko’rinishlari
uchraydi. Shunday qilib faylasuflar barcha moddiy obhektlarga xos xususiytlarni
umumiy tarzda ifodalash uchun qo’llaydigan tushuncha bu «materiy»dir. Olamdagi
barcha narsa va hodisalarning umumiy belgisi, xususiyati shundan iboratki, ular
bizning ongimizdan tashqarida, mustaqil ravishda mavjuddir. Hamma narsaga xos
bo’lgan bu umumiy xususiyt materiy tushunchasida o’z aksini topadi. Demak,
materiy tushunchasining falsafiy mazmuni:
a) narsalarning bizning ongimiz, xoxishimizga bog’liq bo’lmagan xolda
mavjud ekanligi;
b) ular bizning sezgi va bilimlarimiz manbai ekanligini bildiradi.
Materiyning falsafiy tushunchasi faqat hozirgi davrda fanga ma`lum bo’lgan
obhektlargina emas, balki kelgusida kashf qilinadigan narsalarni ham o’z ichiga
oladi, bu ma`noda uning metodologik ahamiyti kattadir. Materiy abadiy, bepayon,
cheksiz, xech qachon yo’qolmaydi. Materiyning abadiyligi uning hech kim
tomonidan yratilmaganligini, hamda mavjud bo’lishini, har bir yngi kashfiyot
tufayli uning yngi tomonlari ochilishini bildiradi. Materiy tushunchasining tabiiy-
ilmiy ma`nosi uning tuzilishi, bitmas tuganmas xususiytlarining xilma-xilligini
bildiradi va ular tabiat haqidagi alohida fanlar-fizika, ximiy, biologiy kabilar
tomonidan o’rganiladi.
Materiy ikki xil modda va maydon ko’rinishida mavjud. Modda
ko’rinishidagi materiy tinchlik massa ko’rinishiga ega bo’lib, bular majmuasiga
proton, neytron, elektron va pozitronlarni, ulardan tashkil topgan atom va
malekulalarni kiritish mumkin. Malekulalardan tarkib tongan mikroskopik jismlar
hozirgi zamon fani bergan ma`lumotlarga asosan har xil xolatda bo’lishlari
mumkin: suyuq, qattiq, gazsimon, plazma, epiplazma, fizik vakuum xolatida.
Materiyning maydon ko’rinishi modda ko’rinishidan harakatdagi massaga ega
bo’lishi va yorug’lik tezligiga yqin tezlik bilan harakat qilishi orqali farq qiladi.
Elektromagnit maydon, ydro maydoni gravitatsion maydon – bular materiyning
maydon ko’rinishlaridir. Tajribalar orqali materiyning modda va maydon
ko’rinishining bir-biriga aylanishini ko’rish mumkin. Demak, materiyning modda
va maydon ko’rinishining bir-biriga aylanishi zarralarning zarra va antizarralardan
tashkil topganligini ko’rsatadi.
Materiyning benihoyligi va cheksiz tuzilishi, murakkab xususiytlari haqidagi
masala moddiy olamning sifat jixatdan bitmas-tuganmasligini o’z ichiga oladi. U
organiq jixatdan dunyoning moddiy birligi printsipi bilan bog’liq.
Dunyoning moddiy birligini quydagilardan yqqol ko’rishimiz mumkin:
1. Borliq, materiy ob`yektiv reallikdir, u inson ongi irodasi, xoxishi va
istagidan tashqari real mavjuddir. Demak, dunyoning moddiy birligi insonning
sezgilari va tushunchalariga bog’liq bo’lmay, bu birlik inson ongidan tashqaridagi
undan mustaqil va abadiy mavjud bo’lgan materiyning xususiytlari bilan
ifodalanadi.
2. Dunyo moddiydir, barcha narsalar va hodisalar materiyning turli
shakllaridagi ko’rinishidan iborat. Olamda faqat materiy va uning aniq sifati va
xususiytlari mavjud. Masalan, oddiy chang zarrasidan suv tomchisigacha,
murakkab malekuladan mineralga qadar bo’lgan narsalarni olib ko’raylik, ular turli
ko’rinishga sifat va xususiytga ega bo’lib, bir-biridan juda farq qiladi. Ularning
hammasi materiyning muayyn ko’rinishidir, bularning zaminida hamma jismlar
uchun umumiy bo’lgan substatsiy-materiy yotadi. Mana shuni birlik deb ataymiz.
Bunday birlik yolg’iz bizning sayyoramizdagina emas, balki cheksiz koinotning
barcha bepayon tomonlarida ob`yektiv mavjuddir.
3. Olamdagi barcha narsa va hodisalar qanday mazmunga, shaklga ega
bo’lishidan va koinotning qaysi yerida joylashishidan qathiy nazar o’zaro
chambarchas bog’liq hamdir. Bu boliqlik olamning shunday bir umumiy zaruriy
tomoniki, tabiatdagi biror predmet yoki jamaytdagi biror hodisa shu bog’lanishdan
chetda qola olmaydi. Barcha mavjud narsalar va hodisalar, ularing sifat va
xususiytlari o’rtasidagi bu bog’lanish ham olamning birligini ko’rsatuvchi dalildir.
Fazoda cheksiz va vaqtda abadiy harakat qilib turuvchi materiy butun
mavjudodning negizi va manbaidir.
Tabiat va jamiytda hamma narsa harakatda o’zgarishda, o’zaro tahsirda va
o’rin almashishdadir. Xech bir mutloq tinch turgan, harakatsiz narsa yo’q.
Olamdagi narsalar harakatda bo’lib, ular bir-biriga aylanadi, biri ikkinchisini
yo’qotadi, biri ikkinchisidan paydo bo’ladi. Har qanday narsaning mavjud
bo’lishining o’zi avvalombor uni tashkil etuvchi elementlarning o’zaro tahsirda
bo’lishini taqozo etadi. Masalan, atom qobig’ini tashkil etunchi ydro va elektron
o’rtasida muayan o’zaro tag’sir bo’lgani sababligina atom mavjuddir; tirik
organizmda ham uni tashkil etuvchi molekulalar, hujayra va to’qimalar o’rtasida
o’zaro tahsir jarayonlari sodir bo’ladi; jamiytning mavjud bo’lishi uchun ham
kishilar faoliytlari o’rtasida o’zaro munosabatlar bo’lishi zarurdir. Demak, o’zaro
tahsir materiy xossalarini, munosabat va xolatlarini o’zgarishga olib keladi.
Ilmiy falsafa ta`limotiga ko’ra harakatning falsafiy ma`nosi shuki, u
materiyning borliq shaklidir. Materiy harakati qanday shaklda bo’lmasin u
ob`yektiv ravishda materiydan ajralmagan xolda sodir bґladi. Materiyning
mavjudlik shakli bo’lgani uchun harakatning ob`yektiv real bo’lish xususiyti
materiyning ham xususiyti hisoblanadi. Eng umumiy tarzda harakat umuman
o’zgarishdan, moddiy obhektlarning har qanday o’zaro ta`siridan iborat. Materiy
harakati xech qanday tashqi to`rtkiga, g’ayri tabiiy kuchga muxtoj emas. Materiy
o’ziga xos ichki qarama-qarshiliklarga ko’ra harakat qiladi, rivojlanadi. Materiy
harakati va taraqqiyotining manbai ichki qarama-qarshiliklardir.
Harakatni rivojlanish tushunchasi bilan aralashtirmaslik kerak. Harakat real
voqealikda ro’y beradigan hamma o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Rivojlanish
deganda esa, jadal surhatlar bilan ilgarilab boruvchi o’zgarishlar tushuniladi.
Rivojlanish sifat o’zgarishlarining natijasi bo’lib, u o’zgarish narsa va
hodisalardagi qarama-qarshi tomonlar orasidagi kurashning natijasidir. Bunday
o’zgarishlar natijasida eski o’rnida yngisi paydo bґladi. Shuning uchun «harakat»
tushunchasi «rivojlanish» tushunchasiga qaraganda kengroq tushuniladi.
Harakatning bir-biridan farq qiluvchi shakllari mavjuddir. Harakat shakllarini
turkumlashda quyidagi qoidalarga taynadilar.
1) harakat shakllari bir-biri bilan sifat jixatdan farq qilib, ularning har biri
materiyning tashkiliy tuzilishi darajalarining muayyn bosqichida namoyon bo’ladi;
2) harakat shakllari bir-biri bilan kelib chiqish jixatidan (genetik jixatdan)
ketma-ket bog’langandir, yhni harakatning murakkab shakllari uning nisbatan
soddaroq shakllaridan kelib chiqіandir;
3) harakatning yuqori shakllari tarkibida quyi darajadagi harakat shakllari
qatnashadi, yhni harakatning quyi shakllari uning yuqori shakllariga ham
mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o’zidan quyi shaklidagi harakatga
mansub emasdir. Shu qoidalarga tayangan xolda haraktning bir necha shaklini
ajratib ko’rsatish mumkin. Ular quydagilar:
1) mexaniq harakat (jismlarning fazodagi siljishi);
2) fizik harakat (issiqlik, yorug’lik, elektr, magnitizm);
3) kimyoviy harakat (kimyoviy birikish va parchalanish, agregat xolatlarning
bir-biriga o’tishi)
4) Biologik harakat (organiq hayot)
5) ijtimoiy harakat.
4 – masala
Materiyning cheksiz ravishda sodir bo’lib turadigan harakati, o’sishi,
o’zgarishi va taraqqiyoti hamisha fazo bilan vaqtda yuz beradi. Harakat singari
fazo va vaqt ham materiy mavjudligining tub ob`yektiv shaklidir. Demak, harakat
materiydan ajratish mumkin bo’lmaganidek, fazo va vaqtni ham materiydan ajratib
bo’lmaydi.
Fazo harakatdagi materiy mavjudligining tub ob`yektiv shaklidir. Fazo
tushunchasi moddiy obhektlaring birgalikda mavjudligini va bir biridan uzoqligini,
ularning ko’lamini, bir-biriga nisbatan joylashish tartibini ifodalaydi.
Vaqt ham materiyning mavjudlik shakli bo’lib, moddiy jarayonning keng
yoyilish izchilligini, bu jarayonning turli bosqichlari, bir-biridan ajralganligi,
ularning davom etishini, ularning rivojlanishini bildiradi. Har bir narsa o’z
o’tmishi, hoziri va kelgusiga ega. Narsa va hodisalarning bahzi birlari avvalroq,
boshqalari keyinroq bo’ladi. Bular esa vaqt tushunchasini ifodalaydi. Fazo va vaqt
o’rtasida umumiy, o’xshash tomonlar hamda ayrim farqlar mavjuddir:
-birinchidan, fazo bilan vaqtning ob`yektivligi, inson ongi, irodasi va
g’oylariga bog’lik emasligi, ular o’rtasidagi umumiylikning muxim tomonlaridan
birini tashkil etadi,
-ikkinchidan, fazo bilan vaqt abadiy azaliydir. Fazo bilan vaqtning abadiyligi
materiyning abadiyligidan kelib chiqadi,
-uchinchidan, fazo bilan vaqt cheksiz chegarasiz bepayondir.
Fazoning o’ziga xos xususiyti va vaqdan farqi, uning uch o’lchovga ega
bo’lishidadir. Bu uch o’lchov materiy bo’yiga va balandligiga, oldiga va orqasiga
qarab uning cheksiz ekanligini ko’rsatadi. U turli narsa va hodisalarda har xil
bo’ladi. Hozirgi zamon fizikasining nisbiylik nazariysida to’rt o’lchovli geometrik
fazo haqida so’z boradi. Bunda to’rtinchi o’lchov sifatida vaqt olingan.
Vaqt fazo bilan chambarchas bog’liq bo’lsada, lekin o’zining ayrim
xususiytlari bilan undan farq qiladi. Vaqtning muxim xususiyti uning bir
o’lchovligidadir, qaytarilmasligidadir. Moddiy narsalar fazoda bir xil
joylashishlari, turli tomonga harakat qilishlari mumkin, lekin vaqtga kelganda ular
faqat bir tomonga qarab yo’nalishda bo’ladi, vaqt xech qachon orqaga qarab
harakat qilmaydi. O’tgan zamonning qaytarilishi va hozirgi zamonning yo’q
bo’lishi mumkin emas.
Materiyga xos xususiytlar fazo va vaqtga ham xosdir. Materiyning tuzilishi va
xossalari haqidagi bilimimizning o’sishi kabi, fazo va vaqt to’grisidagi
bilimlarimiz ham ortib boradi.
Tabiat va jamiyat hodisalari hamma vaqt ketma-ket sodir bo’ladi vaqda
harakat qiladi. Materiy vaqtda harakat qiladi, demak materiy, harakat, fazo va vaqt
dialektik bog’langan. Ularning dialektik birligi umumiy aniq fanlar uchun ham
amaliy jixatdan metodologik asos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |